2. STI ishlarni rejalashtirish va unga qo’yilgan pedagogik talablar
Sinfdan
va
maktabdan
tashqari
ishlarga
rahbarlik
qiluvchi
tashkilotchilarning vazifalari ham ko’p qirralidir. Sinfdan va maktabdan tashqari
ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni
nazorat qilish.
2. O’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni
o’quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish.
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik
qilgan holda o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy
yordam ko’rsatish.
4. Umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy
tadbirlarda qatnashish.
5. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat
muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada
tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko’rish mumkin: tashkilotchilik,
uslubiy va ma’muriy.
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur
faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. CHunki sinfdan tashqari ishlarda
olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. SHu asosda yangi bilimlar hosil
qilinadi. O’quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar bilan
muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. SHuning uchun
ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa,
ularning munosabatlari shunchalik munosabat doirasi keng va ma’naviy o’sishi
samarali bo’ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar
jamoadagi ishlarni o’rganadilar. Ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. Ishlab
chiqarish mehnatiga qo’shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi
uchun kurashishga otlanadilar. Maktabdan tashqari faoliyatga quyidagilar kiradi:
1. Og’zaki ish usullari: majlislar, yig’inlar, ma’ruzalar, kutubxonalar,
konferentsiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radio va jurnallar.
2. Amaliy ish olib borish usullari turli joylarga sayyohatlarga, sport
musobaqalari,
tabiatshunoslar
to’garaklari, shanbaliklar, yangi kitoblar
ko’rgazmalari.
Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga solishga taqozo
etadi. Sinf rahbarligi kursi bilan maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar
metodikasi kursi bir-biriga bog’liq va uning davomiyligidir.
Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o’quvchilar turli
qo’llanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni
o’rganadilar, o’z-o’zini tekshirish uchun turli ma’lumot va tayanch materiallarini
jalb etish ko’nikmalarini egallaydilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishni rejalashtirish bolalarning yosh
xususiyatlariga, maktabning joylashgan shart-sharoitlariga, ijodiy birlashmalariga,
ilmiy markazlar bilan o’zaro aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor
o’rinbosarining faoliyati, o’z ifodasini topgan xujjatlar ro’yxati, xalq ta’limi
tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi.
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» kontseptsiyasi xalq
vazirligi tomonidan 1993 yilda tasdiqlangan.
Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun
tarbiyaning asosi bo’lgan barcha g’oyalar qaytadan ishlab chiqiladi.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda o’qituvchining yo’naltiruvchi
ta’siri ostidagi o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan
kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida o’tkaziladigan
mustaqil mashg’ulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari
ishda ta’limning moddiy bazasi: qo’shimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari
laboratoriya uskunalari, ko’rgazmali qo’llanmalar, didaktik materiallar, texnika
vositalaridan oqilona foydalanish ko’zda tutiladi. Ular o’z ichiga quyidagilarni
oladi:
- darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini
olgan, nazariy bilimlarni o’zlashtirishni ta’minlovchi;
- tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni bajarishni, asboblarni loyihalashni,
maketlar, modellar va hokazolarni tayyorlashni olgan mustaqil ishlash uchun
topshiriqlar sistemasi maqsadga muvofiqdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar metodikasi fani va bo’limiga sinf
rahbarlarining ishlari, maktab ma’muriyatining tarbiyaviy ishlari kiritiladi. Bunda
o’qituvchilarning o’quvchilar bilan muomilasi, adolatli bo’lishi, ta’sir ko’rsata
olishi kerak.
O’quvchi yoshlarni hozirgi zamon ma’naviyati bilan ongini sug’orish, ya’ni
singdirish kerak. O’quvchilarni qadriyatlarimiz asosida urf-an’analarimiz asosida
tarbiyalash har bir o’qituvchining vazifasi.
O’quvchi atrofini o’rab turgan vositalar, yaxshi-yomon odatlar,
o’qituvchilar, maktabning muhiti, o’quvchilar tarbiyasini to’g’ri, ongli ravishda
o’rganish va qabul qilish. Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar
bir necha xilda bo’lishi mumkin:
To’garak turlari:
1. Fan to’garaklari.
2. Mohir qo’llar.
3. Duradgorlik.
4. Sport musobaqalari.
5. Badiiy havaskorlik.
Ko’rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida
to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.
Tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda
xalqning boy, milliy ma’naviy an’analarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga
asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir.
Tarbiyaning asosiy vazifasi- shaxsning aqliy-axlooqiy tarbiyalashda erkin
fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish
uchun imkoniyat yaratishdir. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda quyidagi
pedagogik talablar mavjud:
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining to’garak qatnashchilari ongida
yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo’lishi kerak. To’garak
qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning so’nggi yutuqlaridan
xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band
qilish o’rin tutadi. To’garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan
bo’lishi, ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilish
kerak. Maktabdan tashqari ta’lim o’qishlariga, hohishlariga asoslangan holda
darsdan bo’sh vaqtlarda o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va quyidagi yo’nalishlar
bo’yicha to’garak qatnashchilariga talablar qo’yilishi kerak:
1. Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi;
2. Estetik ta’lim;
3. Sayyohli yo’nalishi bo’yicha to’garaklarga qatnashish.
4. Ekologik ta’lim yo’nalishi bo’yicha to’garaklar;
5. O’quvchilarni ma’naviy axloqiy yo’nalishi bo’yicha;
6. Xuquqiy ta’lim yo’nalishi bo’yicha;
7. Texnik ijodkorlik yo’nalishi bo’yicha;
8. Istiqlol bolalari va iste’dodli yoshlar;
9. Iqtisodiy ta’lim.
O’quvchilarning mustaqilligi turli darajada bo’lganida mustaqil
tayyorgarlik amalga oshirilish mumkinligini hisobga olish muhimdir, albatta bu esa
ular shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta’sir ko’rsatadi. Ayrim o’quvchilarning
ishdagi faol va mustaqil holati tarbiyachining aralashuvini talab etmaydi, chunki
o’quvchilarning o’zlari oldilarida turgan vazifalarini va ularni hal etish yo’llarini
ancha yaxshi tushunadilar.
Bolalar tarbiyachi yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda tarbiyachining
aralashuvi maqbul emas. Chunki bunday holat bolalarning mehnatsevarligini,
bilish ehtiyojlarini shakllantirishda eng katta imkoniyatga egadir.
O’quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o’z ishini tarbiyalashning fikri va
bahosiga bog’liq qilib qo’ygan paytda tobe mustaqil holat vujudga keladi. Ish
qiziqish va ishtiyoq bilan bajarilsa ham mustaqil ishni bajarayotgan harakatlarida
ishonchsizlik jihatlari mavjud bo’ladi.
3. Sinf rahbarining rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan
o’quvchilar toifasida majburiy ijro etish holati paydo bo’ladi. Bunda o’quvchilar
ishga unchalik qiziqish bildirmaydilar. Ular ko’pincha sinf rahbarining yordamini
so’rab murojaat qiladilar, kuchli o’quvchilarning qo’llab-quvvatlashidan
foydalanishga intiladilar, agar bunday qo’llab-quvvvatlash bo’lmasa, ishni davom
ettirishga irodalarini ishga solmaydilar. Bunday o’quvchilarda tashqaridan majbur
qilish vaqtida harakat qilish odati mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror
bo’lib qolsa, u o’quvchining faqat aqli emas, shu bilan birga ma’naviy
rivojlanishiga ham to’sqinlik qilishi mumkin.
Maktabda va sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni bir-biriga hurmati,
axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o’quvchilarning bir-biriga
bo’lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. O’quvchi o’qituvchiga taqlid
asosida yoki do’stlari orasida o’rgangan tarbiyasi muomilasiga ta’sir qilish
mumkin. O’qituvchi o’quvchilar orasida muomala-madaniyatni shakllantirish
uchun avvalambor o’quvchining o’ziga bo’lgan muomalasini etiborini o’rganishi
kerak.
O’quvchi maktab qoidalariga rioya qilish bilan birga, o’qituvchi talabiga
ham javob berishi lozim. O’qituvchi talablariga:
1. Darslarga to’liq qatnashish.
2. O’quv qurollari bilan ta’minlanganligi.
3. O’qituvchini diqqat bilan eshitish.
4. Topshiriqlarni o’z vaqtida bajarish.
5. Tashkiliy ishlarga faol qatnashish.
6. Sinf intizomiga rioya qilish.
7. Tozalikka rioya qilish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni nazoratsiz ijro etish holati rasmiy
ijrochilik, ishtiyoq va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga
intilayotgan o’quvchilarda kuzatiladi. Bunday holatning uzoq vaqt mavjud
bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, aks holda o’quvchilarda ishiga nisbatan rasmiy
munosabat jihatlari paydo bo’ladi, bu esa ularni mehnatdagi tashqi faollikni yo’qqa
chiqaradi.
Sinfdan va maktabdan tashqaridagi ishlarda o’quvchilarning hatti-
harakatlari oldindan juda qattiq tartibga solib qo’yilganligi xususida e’tirozlar
bildirilmoqda.
Mustaqillikni tarbiyalash vazifasi qo’yilmagan, bolaning har bir qadami
pedagogning irodasiga bo’ysungan joylarida ana shunday holat mavjuddir. Xuddi
huning uchun mustaqil tayyorgarlik samaradorligi, o’kuvchilarning mustaqilligini
rivojlantirish to’g’risida g’amxo’rlik qiladigan o’qituvchi, sinf rahbari
o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish vositalarini puxta o’ylab tanlaydilar, ularning
ishlashi uchun oqilona shart-sharoit yaratishga intiladilar.
Maktab o’quvchilarining mustaqil tayyorgarligiga pedagogik rahbarlik
shunday qurilish kerakki, u o’quvchilarni charchatib qo’ymasin, doim bir xil tusda
bo’lmasin, yoki haddan tashqari oson, aqliy va irodaviy kuch-g’ayratini sarflashni
talab qilmaydigan bo’lmasin.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishda
tarbiyachi eng muhim vazifa o’quvchilarni o’quv vazifalarini hal etishga
o’rgatishdan, buning uchun harakat usullarini to’g’ri tanlashdan, o’z hatti-
harakatlariga rahbarlikni faoliyatini nazorat qilishdan, mustaqil ish ko’nikmalarini
boshqa muhim xayotiy vaziyatlarga o’tkazishdan kelib chiqishdan lozim ekanligini
nazarda tutish lozim. Bunda mustaqillik mazmuniga fikrlash faoliyatining
mustaqilligi, intizom, uyushqoqlik va o’z-o’zini nazorat qilish kabi to’rt tarkibiy
qismi kirishini hisobga olish muhimdir.
Mazkur jihatlarni shakllantirish ustidan nazoratni amalga oshirish sinfdan
tashqari ishlarga rahbarlik qilayotgan o’qituvchining muhim va murakkab
vazifalaridan biridir. Buning uchun o’quvchi faoliyati natijalarini hisobga olishni
va bu jarayonni tahlil etishni uyushtirish zarur. O’qituvchi sinf-dars faoliyati uchun
xos bo’lgan shakllarni istisno etib, nazorat qilishning bir qancha usullarini qo’llashi
mumkin. Eng kuchli va qobiliyatli o’quvchilarga homaki yozuv bilan ishlash
xuquqi beriladi. Unda qoida ko’rsatiladi, bu qoidani tasdiqlovchi misollar
keltiriladi, o’quv vazifasi qayd etiladi. Yozuv juda qisqa bo’ladi, lekin u
o’quvchining fikrlashi qanday borganligini ko’rsatadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’quvchilarni ayrim ko’nikmalarga
o’rgatishni nazorat vositasi deb hisoblash kerak. O’z-o’zini tekshirish, o’zaro
tekshirish usullariga o’rgatish o’qituvchining o’quvchilar bilan shunday aloqasini
talab etadiki, bunda ularning fikrlash ishi jarayoni ravshan bo’ladi.
O’quvchilarning o’zlari harakatni taklif etadilar vash u bilan pedagogga mo’ayyan
ma’lumot beradilar.
Sinf rahbari ishida o’quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa
hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi tamoyilidir.
Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi yangi pedagogikada to’la ishlab
chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kurslarida bayon etilgan
jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi
qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy
asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo’yish, faollarni tarbiyalash, o’quv-
mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil
etish, sog’lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va
ko’paytirish.
Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish
uchun qo’llanma hisoblanadi.
4. O’rta umumta’lim maktablarida sinfda va maktabdan tashqari ishlarda
sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi.
Sinfda va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar xayotidagi
tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashi to’g’ri shakllanishiga va
axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab
chiqarish bilan bog’lanishaga zamin yaratadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining
vazifalari ham ko’p qirralidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining
vazifalariga quyidagilar kiradi: Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish
va amalga oshirish.
O’quvchilarni maktabdan va sinfdan tashqari ko’p qirrali ishlarni
pedagogik jamoa, o’quvchilar, tashkilotlar, sinf faollari yordamida yo’lga ko’yish.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda
o’qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalar o’quvchilar, tashkilotchilar sinf faollariga
yordam ko’rsatish. Umummaktab va maktablararo tarbiyaviy tadbirlarga
qatnashish. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat
muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
Bu borada tashkilotchilar faolligini 3 ta asosiy tomonini ko’rish mumkin:
tashkilotchilik, umumiy va ma’muriy.
Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’ladi. Tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi
bir qator ishlarni kiritish mumkin:
1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil
qilish;
2. Tarbiyaviy ishlarni maqsad va vazifalarini aniqlash.
3. Tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni
hamda shakl usullarini aniqlash.
4. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni guruhlashtirish boshqaruvchi
shaxslarni aniqlash.
SHular asosida yangi bilimlarni hosil qiladi. O’quvchilar maktabdan
tashqari ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayan munosabatga kirishadilar.
Turli vaziyatlarga duch keladilar. SHuning uchun ham maktabdan tashqari
faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy
bo’ladi. Maktab tashqaridagi ishlarda o’quvchilar jamoadagi ishlarini o’rganadilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni maktabning ma’naviy-
ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z ishini reja asosida olib boradi va
uning bajarilishini ham nazorat qilib boradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni
maktabning umumiy rejasi, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, yetakchi ota-onalar
qo’mitasi, ish rejalari ishini ham e’tiborga olishi kerak.
Sinf rahbarining o’quvchilarga nisbatan mehr va muhabbat, pedagogik
jamoasiga va ota-onalarga nisbatan talabchan bo’lgan holda ish tutishda va
muntazam o’z ustida ishlab, sabr-bardoshli, o’z fikrlarini puxta bayon qilib,
o’zgalarni o’ziga jalb qila oladigan xislatlarni o’ziga mujassamlaydi.
Davlat va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlar
mohiyatini, Prezident asarlarini yaxshi bilishi, uni o’quvchi-yoshlar orasida targ’ib
eta olishi, xalq pedagogikasi an’analarini, o’zbek xalqi milliy urf-odatlari,
qadriyatlari, allomalari o’gitlarini yaxshi bilishlari lozim.
– Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilishi va doimo uni
o’z faoliyatida hisobga olishi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy asoslari
hamda yangicha usul va metodlarini yaxshi bilishi;
– radio, televidenie va ommaviy axborotning boshqa vositalari orqali
berilgan eng so’nggi yangiliklardan boxabar bo’lishi hamda ularning mohiyatini
o’quvchilarga yetkaza olishi;
– sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o’tkaza bilishi;
– tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarda
ishtirok etishi;
– maktabda o’quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borayotganlarga
metodik tavsiyalar berib borishi;
– muntazam ravishda o’z malakasini oshirib turishi, o’z sohasi bo’yicha
o’tkaziladigan seminarlarda ishtirok etish.
Fuqarolik faoliyati o’z davlati oldidagi huquq va burchlarini tan olishni,
jamiyat belgilagan yashash va axloq me’yorlariga ongli rioya etishni, mehnat va
jamoada faollikni, ma’naviy yetuklikni barqaror etadi:
– islohotlarning taqdiri va samarasi uchun javobgar, yurtimizning ertangi
kuni va istiqboli uchun fidoyi shaxslarni shakllantirish borasida ustuvor davlat
siyosati yurituvchi;
– siyosiy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni davlatning ichki va xalqaro
siyosatini tushunish va idrok qilish. Vatanparvarlik va baynalmilallikni his etish,
ijtimoiy siyosiy hayotda faol qatnashishga shay turish;
– xalq, davlat oldidagi fuqarolik burchi, ya’ni qonunchilik tamoyillarini,
o’zining Vatan, mahalla, oila oddidagi huquq va burchlarini bilishi, ularga qat’iy
amal qilishi. Qonunchilikning buzilishiga murosasiz munosabatda bo’lish;
Tarbiya jarayonining mohiyatini chuqur bilib, uni tashkil etishda tashabbus
ko’rsatish, ishbilarmonlik va epchillik, barcha yangi va ilg’or narsalarni amalda
samarali qo’llay bilish maktab o’quvchisi shaxsini rivojlantirish jarayoniga
rahbarlik qilish printsiplaridan biridir.
Samarali sinf rahbarlik uslubini maktab hayoti va faoliyatiga tatbiq,
etishishshg namunasi bo’lgan kollegial va yakka rahbarlikning birga qo’shib olib
borilishi bolalar takdiri, ularning tarbiyasiga pedagoglar jamoasi javobgarligini va
direktorning shaxsiy javobgarligini ta’minlaydi.
Sinf rahbarlikning zarur printsipi rejalilik bo’lib, uning yordamida
pedagogik ta’sirlar tizimi va tarbiyaviy ishda izchillikka erishiladi. Rejalilik sinf
rahbariga tarbiyaning barcha masalalarini aniq amalga oshirish istiqbollarini
namoyon qiladi.
Mazkur ta’limotga asosan maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish va
uning amalga oshirilishiga rahbarlik hamda nazoratni uyushtirib borish maktab
ichki boshqaruv tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning umummaktab rejasini ma’naviy
va ma’rifat bo’yicha direktor o’rinbosari rahbarligida, sinf rahbarlari, metodik
birlashmasi, tajribali o’qituvchilar, maktab kutubxonasi, o’quvchi-yoshlar
tashkiloti, o’quvchilar uyushmasi, ota-onalar komiteti hamda to’garak
rahbarlarining faol ishtirokida tuzish hamda uni maktabning yig’ilishida
muhokamadan o’tkazib tasdiqlash maqsadga muvofiqdir.
Maktabning tarbiyaviy jarayoniga rahbarlik qilishda direktor boshlang’ich
va o’quv sinflar tarbiyaviy ishida izchillikka rioya qilishga alohida e’tibor beradi,
bu bilan ta’lim jarayonida ham, shuningdek, darsdan tashqari vaqtda ham
tarbiyaning uzluksizlik va pritsipini amalga oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |