To’garak ishlari: maktabdagi har bir to’garak o’zining doimiy ish kunlari
va soatlarig ega bo’lishi lozim. To’garakda qat’iy intizom bo’lishi: to’garak
a’zolari mashg’ulotlariga kechikmasdan kelishlari, to’garak topshiriqlarini batartib
bajarishlari, to’garakning moddiy boyliklarini ehtiyot qilishlari kerak.
Sinfdan tashqari yakka tartibdagi ish: Har bir o’quvchi mayl va
qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu ishda sinfdan tashqari o’qish
katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir sinf uchun sinfdan tashqari o’qish dasturi
bor. O’quvchining nima o’qiyotgani va o’qigan narsalarini qanday idrok
qilayotganini o’qituvchi bilishi juda muhim. SHuning uchun o’qituvchining
sinfdan tashqari o’qishga rahbarligi eng yaxshi kitoblarni targ’ib qilish va
o’quvchilarda o’qilgan darsliklarni to’g’ri, chuqur idrok etishni rivojlantirishdan
iborat.
Individual topshiriqlarning turlari juda ko’p bo’lib, o’simliklar o’stirish,
gullar, svzvotlar yetishtirish ham ana shunday topshiriqlar jumlasiga kiradi.
Individual topshiriqlarda har bir o’quvchining imkoniyat va qiziqishlari hisobga
olinsa, ular bolalarning qobiliyatlari, iste’dodlarini o’stirishga yordam beradi.
O’qituvchi ta’lim jarayonida bolalarning madaniy ehtiyojlari va kamolot
darajalarini aniqlash bilan shug’ullanadi. Ularga muvofiq tarzda ayrim
o’qituvchilar, gruppa yoki butun sinf bilan olib boriladigan sinfdan tashqari
ishlarni rejalashtirish.
Sinfdan tashqari ishlar bolalarning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan
holda, ularni ihtiyoriy ravishda, aktiv va mustaqil qatnashishlari sharoitida tashkil
qilinadi.
Tuman, shahar, o’lka va respublika hamda maktab o’quvchilari saroylari va
uylari – ancha keng tarqalgan maktabdan tashqari muassasalardir. Ular xalq
maorifi organlari rahbarligi ostida ishlaydilar.
Maktabdan tashqari mussasa bolalar kutubxonasining ishi diqqatga
sazovor. Bolalar kutubxonalari maktablarning I-VIII sinflari o’quvchilariga,
shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi kitob o’qiy oladigan bolalarga xizmat
ko’rsatadi. Kutubxonaning butun ishi bolalarga yaxshi tarbiya berishga, fan
asoslarini o’rganishda o’quvchilarga yordamlashishga, bolalarda o’qish
madaniyatini tarbiyalashga, mustaqil ravishda bilim olish malakalarini hosil qilish
va mustahkamlashga qaratilgan.
Ko’pgina maktabdan tashqari muassasalarning ishlari misolida, maktabdan
tashqari muassasalar o’quvchilar bilan olib boriladigan t’lim-tarbiya ishida maktab
va oilaga jiddiy yordam bermoqdalar degan xulosaga kelish mumkin. O’qituvchi
muayyan aholi yashaydigan joyda maktabda qanday muassasalar borligini bilib,
ular bilan hamkorlikda qilinadigan ishni yo’lga qo’yadi, o’quvchilarning
qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni to’garaklarga yo’llaydi. Maktab
bolalalari bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishni rejalashtirishda maktabdan
tashqari muassasalardan olishi mumkin bo’lgan yordamni ham nazarda tutadi.
Maktabning tarbiyaviy ish rejasini bolalar muassasalarining rejasiga moslashtirish
zarur. Maktab tarbiyaviy ish rejasini o’quvchilar bilan sinfdan va maktabdan
tashqarida olib boriladigan ishlarning forma va metodlarini, ularni oqilona yo’lga
qo’yishni o’z ichiga oladi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar tashkilotchisi, maktab tarbiyaviy
ishining umumiy rejasini tuzadi hamda o’quvchilarga har tomonlama tarbiya
berishda maktab o’qituvchilari, maktabdan tashqari muassasalar hamda maktabni
otaliqqa olgan tashkilotlarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.
Kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimizni bilgan holda
aqlan yetuk, jismonan sog’lom qilib tarbiyalash biz murabbiylar, ustozlar
zimmasidadir. Shunday ekan mashaqqatli, ammo sharafli kasbimizni bajarishda
izlanuvchan ijodkor bo’lishimiz zarurdir.Chunki yurtboshimiz aytganidek,
”Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli,bilimli,dono va albatta baxtli bo’lishlari shart.
Nazrorat savollari:
1. Sinfdan tashqari ishlar deganda nimani tushunasiz?
2. Sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati nimada?
3. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy mazmunini qanday tushunasiz?
4. Sinfdan tashqari ishlarning qaysi turlarini bilasiz?
5.Hozirgi zamon darslarining mazmuni va o’tkazish metodlariga qo’yladigan
asosiy talablar nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: |