1-mavzu: sotsiologiya fan sifatida. Reja: Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy shart-sharoitlar. Uning obyekti va predmeti


Sotsiologiya fanining rivojlanish bosqichlari



Yüklə 159,22 Kb.
səhifə2/9
tarix05.12.2023
ölçüsü159,22 Kb.
#173708
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ma\'ruza 1

Sotsiologiya fanining rivojlanish bosqichlari. Sotsiologiya mustaqil fan sifatida XVIII asrdagina G‘arbiy Yevropada paydo bo‘lgan bo‘lsa ham uning ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Odamzod har doim o‘z xatti-harakatining sabablari bilan qiziqqan, ularni yuzaga chiqaruvchi omillarni o‘rgangan. Shuning uchun ham, eng qadimgi falsafiy tizimlar ijtimoiy hayotni va tarixiy taraqqiyot tendensiyalarini o‘zi-ga xos holda tushuntiradigan biron-bir ijtimoiy falsafani o‘z ichiga oladi.
Lekin, ming yillar davomida bu urinishlar tafakkurning avloddan av-lodga o‘tib kelayotgan va diniy tushunchalarga tayangan an’anaviy usul-lariga asoslanadi. Inson xatti-harakati hamda kishilik jamiyatini muttasil ravishda bir tizimga solib o‘rganish asosan keyingi 200-300 yillar ichidagi yutuqlardan biridir.
«Sotsiologiya» atamasini fanda birinchi bo‘lib fransuz faylasufi Ogyust Kont 1839-yilda qo‘lladi. Uning fikricha, sotsiologiya bir butun organizm deb hisoblangan jamiyat haqidagi bilimlarni birlashtirishi va ularni dalillarni o‘rganish orqali ilmiy asoslashi lozim. Sotsiologiyaning fan sifatida rivojlanishini, albatta, sotsiologiya so‘zining kashf etilishi bilan bog‘lash to‘g‘ri emas. Aniqrog‘i, sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida vu-judga kelishi Yevropada «jamiyat» so‘zining keng miqyosda qo‘llanilishi, uning nazariy asoslarining ishlab chiqilishi bilan bog‘liq. XVIII asrda avtonom fan sifatida tarix falsafasi, jamiyat taraqqiyoti qonunlarini va xarakterlanuvchi kuchlarini o‘rganishga bag‘ishlangan edi.
Sotsiologiya o‘z oldiga ikki asosiy vazifani qo‘yadi:

  • jamiyatni bir butun tizim sifatida o‘rganish;

  • jamiyatni pozitiv (ilmiy-vositaviy) usullar yordamida o‘rganish.

Sotsiologiya fani jamiyatni dalillar tahlili va ilmiy umumlashmalar orqali emas, balki mavhum muhokama qiluvchi falsafadan farq qiladi.
Shuningdek, ijtimoiy xulq-atvor va o‘zaro munosabatlarning tipik gu-ruhiy namoyon bo‘lishi bilan emas, individlar xulq-atvorini o‘rganuvchi psixologiyadan ham farqlanadi.
Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi va ilmiy bilimning tabaqalanishi sotsiologiyaning falsafadan ajralib, mustaqil fanga aylanishini muqarrar qilib qo‘yadi. Sotsiologiya ijtimoiy munosabatlarni nazariy tahlil qilishni ijtimoiy (sotsial) dalillarni empirik tadqiq qilish bilan qo‘shib olib boruvchi mustaqil fanga aylandi. XVIII asrda vujudga kelgan turli ijtimoiy qarashlar ijtimoiy hayot tarkibini, shu bilan ijtimoiy hodisalarning, guruh va indi-vidning o‘zaro aloqadorligini nazariy tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.
Sotsiologiya XVIII asrda ma’rifatparvarlik g‘oyalari asosida, shu bilan birga fransuz revolutsiyasiga javob tariqasida vujudga keldi. U muayyan vaqt va jamiyatning mahsuli bo‘lib, keyinchalik ijtimoiy voqelikka o‘zi ham ta’sir ko‘rsata boshladi. Sotsiologiya o‘z davridagi ma’naviy va siyosiy oqimlar bilan bog‘liq bo‘lsa ham, ijtimoiy fikr faqatgina sotsio-logiyada ifodalanib qolmagan. Ko‘plab mutafakkirlarning o‘zlarini so-tsiolog deb hisoblamaganliklari bundan dalolat beradi.

  1. asrga kelib, sotsiologiya so‘zini ijtimoiy tartib haqidagi ma-salani intellektual asoslash muammosi bilan boglaganlar. Sotsiologiya fani ijtimoiy tartib haqidagi savolga javob tariqasida vujudga keldi Ijtimoiy hayot haqida yangi maxsus fan paydo bo‘lgan bo‘lsa, o‘zini «sotsiologiya» deb hisoblagan, ayni paytda, ijtimoiy muammolarni turli tomondan o‘rganayotgan qator sohalar mavjud edi. Hozirgi paytda sotsiologiya muammolari doirasi kengaydi, yo‘nalish yoki pa-radigma deb nom olgan ko‘plab muqobil munosabatlar vujudga keldi.

  2. asrning 20-yillaridan jahon sotsiologiyasining markazi G‘arbiy Yevropadan AQShga ko‘chdi va faoliyati rasmiy tus oldi. AQShda sotsiologiya fani oliy o‘quv yurtlarida o‘rganila boshlandi. 1892-yilda Chikago universitetida jahonda birinchi Sotsiologiya kafedrasi va fa-kulteti ish boshladi. 1901-yildan boshlab oliy o‘quv yurtlarida sotsi-ologiya fan sifatida o‘qitildi. AQShdagi sotsiologiyaning taraqqiyoti yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o‘tish jarayonini tezlashtirdi.

Sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishini quyidagi shartsharoitlar bilan bog‘lash mumkin:

  1. o‘z ratsionalligiga ega bo‘lgan, Shuning uchun ham, siyosiy- institutsional tartibi mavjud bo‘lgan davlatga bo‘ysunavermaydigan, ko‘pincha unga qarama-qarshi turuvchi va mustaqil hisoblangan ta-biiy-ijtimoiy tartib g‘oyasi bilan;

  2. bozor iqtisodiyotining rivojlanishi bilan;

  3. narsalar va hodisalarni ular rivojlanishida, ularni belgilovchi aniq tarixiy shart-sharoit bilan aloqadorligida bilish g‘oyasi bilan;

  4. fan va ilmiy progress zamonaviy konsepsiyasining ishlab chiqilishi bilan.

Shunday qilib, sotsiologiya fani atigi bir asr muqaddam falsafadan ajralib, mustaqil fan sifatida taraqqiy etgan bo‘lsa-da, ularning aloqasi uzviydir. Falsafa sotsiologiyaning nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi.

Yüklə 159,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin