1-mavzu: sotsiologiya fan sifatida. Reja: Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy shart-sharoitlar. Uning obyekti va predmeti


Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy



Yüklə 159,22 Kb.
səhifə6/9
tarix05.12.2023
ölçüsü159,22 Kb.
#173708
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ma\'ruza 1

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy (899-959) Buxoro yaqinidagi Narshax (hozirgi Vobkent tumanida) qishlog‘ida 899 yilda tavallud topgan. Narshaxiyning ilmiy asarlari to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. Uning faqat “Tarixi Buxoro” (“Buxoro tarixi”) asari bizgacha yetib kelgan. Asar qo‘lyozma nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy tarixiy adabiyotlarda “Tarixi Narshaxiy”, “Taxqiq ul-Viloyat” (“Viloyat haqiqatini aniqlash”), “Axbori Buxoro” (“Buxoro haqida xabarlar”)kabi nomlar bilan atalib kelingan.
Biz o‘rganayotgan davr IX-XII asr fan va madaniyatining ravnaqini Abu Rayhon Beruniysiz (973-1048 y.) tasavvur qilish mumkin emas. Beruniy Xorazmda yashagan vaqtda hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi asboblar ixtiro qilgan. Beruniy 22 yoshida o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanni tashlab ketishga majbur bo‘ladi va avval Rayga, keyin Jurjonga keladi. Bu yerda mashhur tabib, astronom, faylasuf Abu Saxl Iso al-Masixiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi. Beruniy o‘zining mashhur asarlaridan biri bo‘lmish “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini Jurjonda yoza boshlagan.
Beruniy 1030 yilda “Hindiston” nomi bilan mashhur bo‘lgan eng yirik asarini yozadi. Bu asar juda katta ahamiyatiga ega bo‘lgan asar bo‘lib, bu haqda juda ko‘p g‘arb va sharq olimlari o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirganlar. Beruniyning bu asari ustida 20 yil ish olib borgan E.Zaxau uning arabcha tanqidiy teksti bilan ingilizcha tarjimasini 1888 yilda Londonda nashr ettiradi.
Abu Rayhon Beruniy o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Minerologiya”, “Hindiston” asarlarida ijtimoiy hayot masalalarini yoritgan.
“Mineralogiya” asarining muqaddimasida inson va uning ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan.
Beruniy o‘z davrining etnosotsiologi ham edi. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida turli xalqlar: forslar, yunonlar, yahudiylar, xristian molikiylar va xristian nasturiylar, majusiylar, sobitlar, budparast arablar, musulmon arablar, turklar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar yozib qoldirgan.

Yüklə 159,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin