1-mavzu: sotsiologiya fan sifatida. Reja: Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy shart-sharoitlar. Uning obyekti va predmeti


Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Forobiy



Yüklə 159,22 Kb.
səhifə5/9
tarix05.12.2023
ölçüsü159,22 Kb.
#173708
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ma\'ruza 1

Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Forobiy 873 yilda Forob (O‘tror) yaqinidagi Vasij shaharchasida tavallud ko‘rgan va 951 yilda Damashqda vafot etgan. O‘rta Osiyoning yirik qomusiy olimlaridan biri, Sharq uyg‘onish davrining eng ko‘zga ko‘ringan arbobi, Sharq falsafasining otasi Forobiy avval Forob, Buxoro va Samarqandda bilim oldi va turli tillarni o‘rgandi. Bag‘dodga kelgach fanning turli sohalari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishda davom etdi. U ilmiy darajasini oshirgach, fanning deyarli barcha sohalarini egallab, 160 dan ortiq asar yozdi. Forobiyning riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va adabiyotga oid asarlari butun olamga mashhur bo‘ldi. U yozgan “Aristotelning “Metafizika” asari maqsadlari haqida”, “Tirik mavjudot a’zolari haqida”, “Musiqa kitobi”, “Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Siyosat al Madaniya” (“Shaharlar ustida siyosat yurgizish”), “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Qonunlar haqida kitob”, “Tafakkur yurgizish mazmuni haqida”, “Mantiqqa kirish haqida kitob”, “Falsafaning mohiyati haqida kitob” va boshqa asarlar buyuk olimning ilm va dunyoqarash doirasining beqiyos darajada kengligi va chuqurligidan dalolat beradi.

  1. Abu Nasr Farobiy o‘zining “Fozil shahar ahli qarashlari haqida kitob”, “Siyosat al – madaniya” kabi asarlarida oliyjanob jamiyat, adolatli tuzum, odil hukmdorlar haqida o‘z fikr va mulohazalarini bayon qilgan. U o‘zi yashagan davrning ijtimoiy tizimini, uning ziddiyatlari va bu ziddiyatlarning kelib chiqishidagi muammolarni nazariy jihatdan tahlil qilishga uringan.

  2. Davlat va jamiyat masalalarida davlatni ijtimoiy tizimni boshqaruvchi tashkilot deb, uni muvaffaqiyatli boshqarish esa ko‘p jihatdan davlat boshlig‘i, hokimning xarakteriga, fazilatlariga bog‘liq deb bilgan. “Fozil shahrining birinchi boshlig‘i”, deb ta’kidlaydi Farobiy, - shu shahar aholisiga imomlik qiluvchi oqil kishi bo‘lib, u tabiatan o‘n ikkita hislat fazilatni o‘zida birlashtirgan bo‘lishi zarur:

  3. Hokimning 4 muchali sog‘lom bo‘lib, o‘ziga yuklangan vazifalarni oson bajarilishi lozim;

  4. Nozik farosatli, xotirasi yaxshi, zehnli, fikrini ravshan tushuntira oladigan bilim, ma’rifatga havasli bo‘lishi shart;

Taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat bo‘lmasligi, o‘zini tiya oladigan bo‘lishi va haqiqatni sevadigan, yolg‘on va yolg‘onchilarni yomon ko‘radigan, oliyhimmat bo‘lishi, oliy ishlarga intilishi zarur;
Mol – dunyo ketidan quvmaydigan;
Tabiatan adolatparvar, iste’dod va jabr-zulmni yomon ko‘ruvchi, sabotli, jur’atli, jasur bo‘lishi, qo‘rqoqlik va xadiksirashlarga yo‘l qo‘ymasligi kabi xislatlar kiradi.
“Madaniy jamiyat va madaniy shahar shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb - hunarda ozod, hammaga baravar bo‘ladi, kishilar o‘rtasida farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi ozod bo‘ladilar” - kabi fikrlari Farobiyning jamiyat hayotini chuqur tahlil
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg‘oniy 797-865 yillarida yashab ijod qilgan vatandoshimizdir. Ahmad Farg‘oniy o‘z asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi. U matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Ahmad Farg‘oniyning ijodiy faoliyati Bag‘dodda ulug‘ mutaffakir olim Al-Xorazmiy rahbarligidagi “Bayt-ul-Hikma” bilan bog‘liqdir. U arab atamashunosligini paydo bo‘lishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar qurilishida shaxsan qatnashdi. Ahmad Farg‘oniyning kitoblari dunyoga ma’lum va mashhurdir. “Kitob fi Usul ilm an-Nujum” (“Falakiyot ilmining usullari haqida kitob”), “Falakiyot risolasi”, “Falak asarlari sababiyati”, “Al-Majistiy”, “Ilm-xayya”, “Al Farg‘oniy jadvallari”, “Usturlob bilan amal qilish haqida”, “Oy yerning ustida va ostida bo‘lganida vaqtni aniqlash risolasi”, “Yetti iqlim hisobi”, “Usturlob yasash haqida kitob” asarlarining qo‘lyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Misr, Hindiston, AQSH va Rossiyada saqlanmoqda.

Yüklə 159,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin