1-mavzu: sotsiologiya fan sifatida. Reja: Sotsiologiya fanining vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-nazariy shart-sharoitlar. Uning obyekti va predmeti



Yüklə 159,22 Kb.
səhifə4/9
tarix05.12.2023
ölçüsü159,22 Kb.
#173708
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ma\'ruza 1

Aniq – empirik;
Xususiy;
Umumiy;
Shunga muvofiq ravishda sotsiologiya empirik sotsiologik tadqiqot, maxsus sotsiologik tadqiqot, umumsotsiologik tadqiqot jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Sotsiologiya kursining predmeti boshqa fanlar predmetiga o‘xshash fanning asosiy vazifasi, maqsadi va funksiyasi, qonun va kategoriyalarini belgilab berish bilan bu fan nimani o‘rganadi va nimani o‘rgatadi kabi yo‘nalishlarini ham aniqlab beradi.
Bu fanning predmetini aniqlashda sotsial- ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu hodisa va jarayonlardagi sifat ko‘rsatgichlarga e’tibor beriladi, jamiyatning sotsial vaijtimoiy munosabatlarini vujudga keltiradigan holatlarni, uni aniqlaydigan shakl va forma, mazmunlarinio‘z ichiga oladigan jarayonlar asosiyrol o‘ynaydi. Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. «O‘zaro insoniy aloqalar», «o‘zaro guruh aloqalari va munosabatlari», «uning natijalari», «insoniy sotsial munosabatlar», «sotsial institutlar», «sotsial tashkilotlar va ularning insoniy xarakterga munosabatlari», «sotsial harakatlar sistemasi», insoniy jamiyat va inson xarakteri (qiyofasi)», «ijtimoiy tartib va tartbsizlik tabiati», «sotsial guruhlar», «qishloq jamiyati formalari», «insoniy mavjudot va uning konteksti», «qishloq jamiyatining asosiy strukturasi», «sotsial jarayonlar», «ijtimoiy madaniy holatlar», «sotsial hayotni ilmiy o‘rganish» va hokazolar birinchi guruh fikrlaridir.
2. Ikkinchi guruh fikrlariga qo‘yidagilar kiradi (ya’ni ikkinchi guruh olimlari fikri):
Xalqaro sotsial-ijtimoiy ensiklopedik olimlar fikricha bu fan predmeti shundan iboratkim, ya’ni bu fan – «sotsial ijtimoiy-siyosiy agregatlar, guruhlar va ularning institutsional (ya’ni ijtimoiy-siyosiy faoliyatlari ko‘rinishi), tashkilotlar, uyushmalar, institutlar va ularning faoliyatlari va bu institutlar va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar sistemasi va faoliyatlari jarayonidagi tub o‘zgarishlar»ni o‘rganadi deb ko‘rsatiladi.
3. Uchinchi guruh olimlar fikricha, ya’ni sotsial guruhlar ularning vakillari asosida tashkil topgan birlikda faoliyat ko‘rsatiladigan kishilar hayotida yuz beradigan butun voqealar, hodisalar, tashkilotlarning rivojlanishi jarayonlarini» o‘rganish, - deb hisoblaydilar.
Yana bir qancha ana shunday fikrlarni keltirish mumkin.Ammo, hali uning konkret predmeti aniq emas. Bu fikrlarning qanaqa bo‘lishidan qat’iy nazar bu fan iqtisodiy-siyosiy hayotda kishilar ijtimoiy-siyosiy faoliyatining hamma jabhalarini – iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g‘oyaviy, madaniy va boshqa tomonlarini qamrab oladi va ularga taaluqli ijtimoiy-siyosiy protsesslarni nazariy va amaliy jihatdan o‘rganadi.
Shunday qilib, bu fan – ma’lum tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllangan, faollashgan ijtimoiy-siyosiy sistemalarning umumiy va spetsifik xarakterini, mazmunini, ularning sotsial siyosiy qonun va qonuniyatlarining vujudga kelishi, taraqqiyoti va faolligini o‘rganadigan fandir. Bu fan jamiyatning sotsial-siyosiy taraqqiyoti, rejali rivojlanishi, sotsial-siyosati, sotsial munosabatlari, sotsial-siyosiy sistemasining mohiyatini, uning iqtisodi, siyosati, ijtimoyiyati va mafkuraviy-ma’naviy, madaniy qiyofasi va ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi. Shu bilan bu fan:
1. Jamiyatdagi turli guruhlar, individlar va ularga xos ijtimoiy-siyosiy hayotning ijtimoiy-siyosiy munosabatlarini;
2. Shunga muvofiq hozirgi davrga muvofiqlashgan ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni (iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g‘oyaviy) va ularga muvofiq har bir individning o‘zaro holatlarini (o‘rni, huquqi, ahvoli, bog‘liqligi, erkin, tenglik, ozodlik, adolatlilik, demokratik holati va h.k.);
3. Turli individ va guruhlar (ko‘proq millat, sinflar, sotsial qatlam va h.k.) bir-biriga jamiyatd tutgan o‘rniga, ijtimoiy hayotda yuz berayotgan voqea va hodisalar asosida bo‘lgan munosabatlarni;
4. Va oqibat natijada turli xil individlar, guruhlarning ijtimoiy-siyosiy jamiyatdagi o‘zaro faoliyati va uning natijalarini o‘rganadigan fandir.
Bu ijtimoiy-siyosiy munosabatlar majmuasi fan sifatida sotsial-demokratikobyektivlik metodi, uslubi asosida nazariy-ilmiy va amaliy natiajalarni analiz qilish orqali o‘rganiladi.
Shu asosda bu fanning o‘ziga xos spetsifik xususiyatga ega bo‘lgan funksiyalari vazifalari vujudga keladi.
1.2.Antik davrning qomusiy olimlari va Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy ta’limotlari (Platon, Aristotel, Forobiy, Ibn Haldun va boshqalar) zamonaviy sotsiologiyaning muhim manbalari sifatida.
Sotsiologiyani fan sifatida tasavvur etish uchun eng avvalo uning vujudga kelishi va tarixiy rivojlanish bosqichlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy hayot rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilgan ta’limotlar, qarashlar eramizdan avvalgi IV asrdayoq yunon faylasuflari asarlarida yoritilgan.
Suqrot (er.av 470–399). Aflotuning «Suqrotni alqab» asari bor. Suqrotni faqat shu asar orqali bilish mumkin. Sababi, Suqrot yozgan asarlar bizgacha yetib kelmagan. Ammo u omma orasida ijtimoiy fikrlari bilan dong taratgan, obru topgan. Suqrot aytadiki, «Husndorlar o‘z husnlariga dog‘ tushirmaslik uchun, xunuklar esa o‘z xunukligini aql-zakovatini tarbiyalash bilan bezamoq uchun tez-tez ko‘zguga qarab tursinlar». U xotiniga «Biz yashamoq uchun yeymiz, boylar esa ovqat yemoq uchun yashaydilar» deydi. Suqrotning ijtimoiy qarashlarini yana quyidagi hikmatnoma aytimlardan ham bilsa bo‘ladi: “Har qanday yomonlikning ildizi nodonlikda», «Haqiqatni o‘zingdan izla». «Haqiqatga bahs orqali erishish mumkin».
Aflotunning (er.av 427–347). Falsafiy qarashlari «Bazm», «Teetet», «Fedon» nomli dialoglarida, siyosiy qarashlari esa «Davlat», «Qonunlar» nomli asarlarida bayon etilgan. Aflotun fikricha, olamda “g‘oyalar dunyosi” birlamcha bo‘lib, moddiy dunyo esa uning mahsuli, soyasidir. “G‘oyalar dunyosi” zamon va makonga bog‘liq bo‘lmay, mangu harakatsiz va o‘zgarmasdir, haqiqiy dunyodir. “G‘oyalar dunyosi”da eng oliy g‘oya – yaxshilik va baxt g‘oyasi – xudodir. Boshqa g‘oyalarning hammasi u bilan bog‘liq.
Arastu (er.av. 384–322) «Metafizika» (yoki «Birinchi falsafa»), «Fizika», «Jon to‘g‘risida», «Analitika», «Kategoriyalar», «Siyosat tugrisida», «Ritorika», «Etika» kabi asarlari bilan sotsiologik an’analar rivojiga katta hissa qo‘shdi. Uning ta’limoticha, jamiyatning qul va qul egalariga bo‘linishi, quldorlarning hukmronligi va qullarning qulligi tabiiy holatdir. Axloqiy fazilatlar faqat erkin kishilarga, qul egalariga xosdir. U xalqni 2 yo‘l bilan - qurquv urug‘ini sochib boshqarish; mehr-muhabbat qozonib boshqarish mumkin, deydi. «Platon va Aristoteldan keyin T. Gobbs, J. Lokk, J. Mil, G. Leybnits, T. Kampanella, B. Paskal, Sh. Monteskye, J.J. Russo, F. Gizo, B. Konstan, M. Veber va boshqalar jamiyat va davlatni boshqarishda parlamentarizm muammolariga o‘z munosabatlarini bildirganlar.»7 «J. Lokk o‘z davridayoq fuqarolik jamiyatining xavfsizligi va uni muhofaza qilish institutlari genezisi haqida fikr yuritar ekan, xalq qonun chiqaruvchi hokimiyat senat, parlament deb yoki boshqa nomda atash mumkin bo‘lgan mushtarak organ qo‘liga berilmaguncha na xavfsizlikka, na xotirjamlikka ega bo‘lmagan, na fuqarolik jamiyatida yashamayabman deb his eta olmagan»8 deb yozgan edi.
Markaziy Osiyoning mutfakkirlari bo‘lmish Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo kabi ulug‘ allomalar o‘z davri ijtimoiy hayotning turli sohalarini ilmiy asosda tadqiq qilganlar va o‘zlarinig ijtimoiy qarashlarini asarlarida yozib qoldirganlar.

Yüklə 159,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin