1-Mavzu. Statistika faniga kirish


-Mavzu. Tasviriy statistika ko‘rsatkichlari



Yüklə 35,05 Kb.
səhifə3/6
tarix23.06.2023
ölçüsü35,05 Kb.
#134672
1   2   3   4   5   6
конспект статис

5-Mavzu. Tasviriy statistika ko‘rsatkichlari


Statistik kuzatish, svodkalash va guruhlash amalga oshirilgandan so`ng o`rganilayotgan hodisa va jarayonlarning hajmini, miqdorini, darajasini ta`riflovchi qator ko`rsatkichlarga ega bo`lamiz. Bunday ko`rsatkichlar boshlang’ich hisob ma`lumotlari asosida umumlashtirilgan va qayta ishlangan miqdorlar bo`lib, ular:



  • mutlaq;

  • nisbiy;

  • o`rtacha ko`rinishda bo`lishi mumkin.

Statistikada ko’rsatkichlar o’rganilayotgan hodisalarning miqdoriy va sifat
tomonlarini ifoda etadi. Ular o’rganilayotgan jarayonlarning sonini, hajmini
(aktsiyalar soni, aktsiyalar qiymati, tovar oboroti), darajasini, nisbatini va shu
kabilarni tavsiflaydi. Ma’lumki, amaliyotda iqtisodiy hayotning turli jabhalariga
tegishli ko’rsatkichlar hisoblanadi.
Statistik ko’rsatkichlar iqtisodiy kategoriyalarni aks ettirib, o’zaro
bog’langan miqdor va sifat tomonlarga egadir. Masalan, korxona xarajatlarini
olaylik. Uning miqdor tomoni ma’lum bir summa hisoblanadi. Sifat tomoni,
korxona xarajatlariga qanday xarajatlar qo’shiladi va qanday xarajatlar
qo’shilmaydi. Buni bilish uchun xarajatlarning iqtisodiy tabiatini va maxsus
hujjatlar (yo’riqnomalar)ni o’rganish talab etiladi.


6-Mavzu O`RTACHA MIQDORLAR


Ijtimoiy hayotda sodir bo‘lgan va bo‘ladigan ommaviy ho­disalarni o‘rganishda, iqtisodiy-statistik tahlil etish va jara­yon­lar­ning o‘zgarish natijalariga baho berishda mutlaq va nisbiy miq­dorlar bilan bir qatorda o‘rtacha miqdorlar ham keng qo‘l­lani­ladi.


Mutlaq va nisbiy miqdorlarning yuqorida ko’rsatib o’tilgan bir qancha
ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning kamchiligi shundan
iboratki, ular o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib ta’rif bera
olmaydilar.Bu vazifani statistikada o’rtacha miqdorlar bajaradi.
O’rtachalar metodi raqamlarni soddalashtirishning texnik usuli degan fikrni R.Fisher, Dj.Yul, Frederik S.Mills va boshqalar ham qo’llab quvvatlaganlar. O’rtachalarning mohiyatini to’g’ri tushunish, ularning alohida o’rni va vaznini aniqlaydi.
Kundalik hayotimizda, turmushimizda o`rtacha miqdorlarni har qadamda uchratamiz va qo`llaymiz, ammo odatda o`rtacha so`zining o`zini iboramizda kam ishlatamiz. Bir nechta misollar keltiraylik. Bozor narx-navosini aniqlayotib, ayrim mahsulotlar qanday baholarda sotilayotganini surishtiramiz. Odatda unisi muncha so`m, bunisi buncha so`m degan javob eshitamiz. Ammo hamma sotuvchilar o`z mahsulotlarini o`sha baholarda sotayotgani yo`q, albatta. Bu erda, demak, o`rtacha baholar nazarda tutiladi. Qancha ish haqi olayapsiz degan savolga oyiga shuncha so`m deb javob qilamiz. Aslida hamma oylarda o`sha miqdorda ish haqi oayotganimiz yo`q, bu erda ham o`rtacha oylik ish haqi nazarda tutilyapti.



Yüklə 35,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin