1-Mavzu. Statistika faniga kirish


- Mavzu: MILLIY HISOBLAR TIZIMI – IQTISODIY STATISTIKANING ASOSIY USLUBI, ASOSI VA MARKAZIY BO`LIMI



Yüklə 35,05 Kb.
səhifə5/6
tarix23.06.2023
ölçüsü35,05 Kb.
#134672
1   2   3   4   5   6
конспект статис

13- Mavzu: MILLIY HISOBLAR TIZIMI – IQTISODIY STATISTIKANING ASOSIY USLUBI, ASOSI VA MARKAZIY BO`LIMI


MHT – jahonning ba rcha mamlakatlarida qo`llanilayotgan makrodarajadagi bozor iqtisodiyotining holati va uning rivojlanishini o`rganishga foydalaniladigan zamonaviy axborotlar tizimi bo`lib hisoblanadi. Bu tizimning ko`rsatkichlari va tasniflari o`zida bozor iqtisodiyoti tarkibini, uning institutlari va faoliyat mexanizmini aks ettiradi. MHT davlatni boshqaruvchi organlar tomonidan bozor iqtisodiyotini tartibga solish maqsadida 1953 yildan boshlab, faqat rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo`llanilgan bo`lsa, hozirgi kunda 150 dan ortiq mamlakatlarda qo`llanilmoqda.
MHTda buxgalteriya hisobining ba`za muhim jihatlari (masalan, operatsiyalarni ikki yoqlama yozish printsipi)dan foydalaniladi va uning maqsadi ko`p jihatdan buxgalteriya hisobining maqsadlariga mos tushadi: boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun informatsiya bilan ta`minlanadi. Lekin buxgalteriya hisobidagi ma`lumotlar korxona (kompaniya) darajasidagi qarorlarni qabul qilish uchun foydalanilsa, MHTda esa butun mamlakat iqtisodiyoti bo`yicha qaror qabul qilish uchun foydalaniladi. SHuning uchun u ma`lum darajada butun iqtisodiyotning buxgalteriya hisobi hisoblanadi.

18 -MAVZU:TASHQI IQTISODIY ALOQALAR STATISTIKASI


O’zbekiston Respublikasi bozor iqtisodiyotini barpo eta borib, asta sekin qadamba- qadam jahon hamjamiyatiga kirib bormoqda.Ma’lumki,jahon miqyosida mehnat taqsimoti mavjud bo’lib, bu holat mamlakatlaroro iqtisodiy aloqalar bo’lishini taqoza etadi,mamlakatlar ba’zi mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga moslashgandir.
Mamlakat ichki iqtisodiyoti tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirishda iski iqtisodiy faoliyat ham muhim rol o’ynaydi,chunki jamiyatning talab va ehtiyojlarini faqt ichki ishlab chiqarish hisobiga qondirib bo’lmaydi.
Bunday ixtisoslashuv mamlakatlarning tabiiy sharoiti,ishlab chiqarish tajribasi va taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi.Masalan, yevropa uchun kampyuter va mashinalarni, AQSH uchun samolyotlarni ,Hindiston va Pokiston uchun choyni ,O’zbekiston uchun esa paxtani eksport qilish qulay hisoblanadi.
SHunday qilib, tashqi iqtisodiy aloqa – bu turli mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar bo’lib,iqtisodiy naf ko’rish maqsadida olib boriladi.
Bu munosabatlar quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

      • tashqi savdo;

      • ishlab chiqarish kooperatsiyasi;

      • kapital migratsiyasi;

      • ish kuchi migratsiyasi;

      • o’zaro to’lovlar va hisob valyuta munosabatlari va .h.k.

O’zbekiston Respublikasi bojxona statistikasida tovarlarning quyidagi kategoriyalari hisobga olinadi:
Import:

      • erkin muomala uchun olib kirilgan tovarlar;

      • reimport tovarlar;

      • bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarlar;

      • bojxona nazorati ostida qayta ishlash uchn olib kirilgan tovarlar;

      • reeksport tovarlar;

      • shaxslar tamonidan olib kirilib,davlat foydasiga o’tkazilgan tovarlar;

      • poshlinasiz savdo dukonlariga keltirilgan chet el mollari;

      • bir va undan ortiq muddat bilan ijaraga qo’yish uchun keltirilgan tovarlar.

Eksport:

      • bojxona rejimi bo’yicha chetga chiqarilgan tovarlar;

      • bojxona hududida qayta ishlashdan so’ng chiqarilgan tovarlar;

      • reeksport rejimi bo’yicha chetga chiqarilgan tovarlar;

      • poshlinasiz savdo dukonlariga chetga chiqarilgan O’zbekiston va chet mamlakatlar tovarlari;

      • bir yil va undan ortiq muddat bilan ijaraga qo’yish uchun chetga chiqarilgan tovarlar.

Yüklə 35,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin