1-Mavzu. Statistika faniga kirish


-Mavzu. STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH



Yüklə 35,05 Kb.
səhifə2/6
tarix23.06.2023
ölçüsü35,05 Kb.
#134672
1   2   3   4   5   6
конспект статис

3-Mavzu. STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH


O'rganilayotgan hodisa bo'yicha statistik kuzatish o'tkazish natijasida u haqida ko'pdan-ko'p va turIi-tuman targoq ma'lumotlar to'planadi. Bu ma'lumotlar asosida hali hech qanday fikr yuritib bo'lmaydi, chunki ular tarqoq va har xildir. Shuning uchun ham navbatdagi vazifa to'plangan ma'lumotlarni bir tizirnga keltirish, tartibga solish, umumlashtirishdan iboratdir. Bu rnuamrno statistikada jamlash (svodkalash) metodini qo'llash bilan hal etiladi. lamlashdan statistik tekshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi
Statistik svodkalash deganda to'plangan ma'lumotlarni ilmiy tekshirishdan ko' zlangan maqsad va vazifalar nuqtayi-nazaridan qayta ishlash tushuniladi.
Svodkalash oldindan tuzilgan va tasdiqlangan dastur hamda reja asosida amalga oshiriladi. Dasturda ayrim belgilar bo`yicha ajratilishi lozim bo`lgan guruhlar ro`yxati, shu guruhlar uchun hisoblanadigan ko`rsatkichlar tizimi, qaysi hudud chegarasida va ma`muriy tomondan tobelik jihatidan materiallarni svodkalash lozimligi kabi masalalar echiladi. Svodkalash rejasida esa kim va qanday tartibda svodkalashning bajarilishi, uning natijlarini qanday rasmiylashtirish va matbuotda ma`lumotlarning qaysi qismini nashr etish kabi tashkiliy masalalar yoritiladi.


4-Mavzu. Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklarda tasvirlash


Statistik ma`lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo`lsin, ularni o`qish va tushunish oson bo`lsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud: matnda so`z bilan bayon etish, jadval zuhurida va grafiklar orqali tasvirlash.


Statistika jadvallari tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ularni birinchi bo’lib
buyuk rus olimi N.K.Kirilov o’zining iqtisodiy-statistik tadqiqoti “Butun Rossiya
davlatini gullash darajasi” (1727 y.) asarida qo’llagan. Ayrim manbalarda statistik
jadvallarni yaratuvchisi deb Anxsersen (Daniya) hisoblanadi. Lekin uning asari
1747 yilda chop etilgan. Shunday qilib statistik jadvallar XVIII asrda paydo
bo’lgan.
Statistik jadvallar deb o’rganilayotgan hodisa va voqealar to’g’risidagi
ma’lumotlarni tartibli, ko’rgazmali ifodalashga aytiladi.
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so`z bilan bayon etishga qaraganda o`rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi.



Yüklə 35,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin