1-Mavzu: “Statistika” faniga kirish



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə24/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,87 Mb.
#209092
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
маъруза статистика

7.2 Darajali o’rtachalar.
O’rtacha miqdor o’zgaruvchan miqdorlarning o’rtacha qiymatidir. U to’plam uchun xos bo’lgan umumiy tendentsiyani, qonuniyatni ifodalashi bilan bir qatorda belgining ayrim qiymatlarini niqoblaydi. Vaholanki, bozor iqtisodiyoti hayotiy masalalarni yechishda belgining aniq qiymatlariga tayanishni taqazo etadi. Masalan, kiyim-kechak va poyafzalga bo’lgan talab ularning o’rtacha o’lchami bilan emas, balki har bir o’lchamning aniq soniga nisbatan belgilanadi. SHuning uchun taklif istiqbolini belgilash ham ana shunday ma’lumotlarga asoslanadi. Avtomashina uchun benzinga, butlovchi qismlarga, balonlarga bo’lgan talab ham ularning o’rtacha belgi qiymatlariga binoan emas, balki ularning aniq turlariga qarab aniqlanadi. Taklif ham shunday ko’rsatkichlarga asoslanadi.
Milliy valyutani qadrsizlanishi inflyatsion jarayon kechishi - bozor iqtisodiyotining yo’ldoshi va xususiyatidir. Bu jarayonni o’rganish bozor baholari ustidan muntazam kuzatish olib borishni talab qiladi. Ammo baholar uchun kuchli konьyukturaviy tebranish xos bo’lib, ular savdo shaxobchalari, ayrim sotuvchilar va oluvchilar va vaqt sayin keng ko’lamda o’zgarib turadi. Ayni bir xil va bir miqdordagi mahsulot uchun bozorda turli tuman baholar kuzatiladi. SHu sababli ularning hammasini qayd qilib bo’lmaydi, amalda har bir mahsulot uchun bozorda eng ko’p uchraydigan baho darajasi qayd qilinadi, xolos.
7.3 Tuzilmaviy o’rta ko’rsatkichlar.

Tuzilmaviy o’rta ko’r-satkichlar deganda taqsimot qatorida ma’lum o’rinda joylashgan varianta qiy-mati tushuniladi.
To’plamlar tuzilishidagi xususiyatlarni va qonuniyatlarni oydinlashtirish, ularning birliklarini ma’lum oraliqda zichlashib to’planishini tahlil qilish ham o’rtacha miqdorlar bilan bir qatorda taqsimot qatorlarining o’rta tuzilmaviy ko’rsatkichlar deb nomlanuvchi tavsifiy parametrlarini (miqdorlarini) aniqlashni talab qiladi. Bunday ko’rsatkichlar qatoriga moda, mediana va kvantililar kiradi.

Moda to’plamda eng ko’p uchraydigan belgi qiy-matidir.
Moda deb to’plamda eng ko’p uchraydigan belgi qiymatiga ataladi. Diskret qatorlarda u eng ko’p sohiblar (variantalar) soniga ega bo’lgan varianta qiymati bilan belgilanadi.
Oraliqli qatorlarda moda quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

(5.10)


Bu yerda 0 -moda;


X0 - modal oraliq (guruh) ning quyi chegarasi;
f0-modal oraliqdagi birliklar (variantlar) soni;
f0-1 -undan olingan oraliq (guruh) dagi birliklar soni;
f0q1 -undan keyingi oraliqdagi birliklar soni.

Mediana - bu to’plamni teng ikki qismga bo’luvchi belgi qiymatidir.


Mediana deganda to’plamni teng ikkiga bo’luvchi belgining qiymati tushuniladi. Saflangan qatorlarda mediana o’rtada joylashgan varianta qiymatiga teng. Agarda saflangan qator toq hadli bo’lsa, masalan, 9 yoki 15 haddan iborat bo’lsa, u holda 5-had yoki 8-had mediana bo’ladi.
Toq oraliqli qatorlarda mediana quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
(5.11)
Juft sonli oraliqli qatorlarda esa: .
Bu yerda: e -mediana;
x0-mediana bo’lgan oraliq (guruh)ning quyi chegarasi;
fe-1-medianadan oldingi oraliq uchun jamlama birliklar soni;
fe-mediana bo’lgan oraliqdagi birliklar soni;
ie -mediana oralig’ining kattaligi;
K-oraliqlar (guruhlar) soni;
fj-hamma guruhlardagi birliklarning jamlama soni.

Kvantililar to’plamni ma’lum qadamda teng (4, 5, 10, 100 va h.k.) qismga bo’luvchi belgi qiymatidir
Variatsion qatorni teng, masalan, 4, 5, 10 va 100 bo’laklarga (qismlarga) bo’luvchi hadlar (varianta qiymati) kvantililar deb ataladi. qatorni to’rtta teng bo’lakka ajratuvchi miqdor (varianta qiymati) kvartili, besh qismga bo’luvchi - kvintili, o’n bo’lakka ajratuvchi - detsili va yuz bo’lakka bo’luvchi pertsentili deb nomlanadi. Har bir qator 3 ta kvartili, 4 ta kvintili, 9 ta detsili va 99 ta pertsentiliga ega. Ular medianaga o’xshash tartibda hisoblanadi. Masalan, quyi kvartili saflangan qatorning shunday variantasining qiymatiki, to’rtdan bir qism to’plam birliklarida belgining qiymati undan kichik uchdan to’rt qismida esa katta bo’ladi. Yuqori kvartili aksincha holatga ega bo’ladi, ya’ni uchdan to’rt qism to’plam birliklarida belgi qiymati undan kichik, 1/4 qismida esa katta bo’ladi. quyi kvartili Q1 va yuqori kvartili Q3 ishorasi bilan belgilanadi.

quyida birinchi va so’nggi kvintili, detsili va pertsentililarni oraliqli qatorlarda hisoblash formulalari keltirilgan.


7.2-jadval
Oraliqli qatorlarda boshlang’ich va so’ngi kvintili va detsili va pertsentililarni aniqlash formulalari


Ko’rsatkichlar

boshlang’ich (birinchi) ko’rsatkich

So’nggi ko’rsatkich

1. Kvintili (W)





2. Detsili (D)





3. Pertsentili (F)





Simmetrik taqsimotda arifmetik o’rtacha, moda va mediana bir biriga tengdir. Ammo asimmetrik qatorlarda ular farq qiladi. O’ng yoqlama og’ishgan qator grafigida ular quyidagi tartibda joylashadi chap yoqlama assimmetriyali grafikda esa .



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin