1-Mavzu: “Statistika” faniga kirish


Tashki iqtisodiy aloqalar» (tashki dunyo) sektori



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə48/56
tarix07.01.2024
ölçüsü0,87 Mb.
#209092
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56
маъруза статистика

Tashki iqtisodiy aloqalar» (tashki dunyo) sektori asosan,
xorijiy davlatlar xamda mamlakat institutsion birliklari (rezidentlari) o’rtasidagi operatsiyalarni hisobga olishda karaladi.
Operatsiyalar – iqtisodiy birliklar o’rtasida resurslar oqimi. Iqtisodiy operatsiyalar amalga oshirilishiga karab bir tomonli va ikki tomonli bo’ladi. Ikki tomonli operatsiyalarga misol kilib deyarli barcha maxsulot etkazish va xizmat kursatish operatsiyalarini keltirish mumkin.


13.3Milliy hisoblar tizimi hisoblamalri tasnifi va ularni tuzish tamoyillari.

«Milliy hisoblar tizimi» fanining predmeti – ichki va tashqi iqtisodiyot bo’yicha milliy hisoblamalar tizimini tuzish uslubiyatini, jumladan, hisoblamalarni tuzish usullari va qoidalari, uning mazmuni, milliy hisoblamalarning ko’rsatkichlar tizimi, ularni hisoblash usullari va o’zaro bog’lanishlari; sektor hisoblamalarini tuzish xususiyatlari va maqsadi; har bir hisoblamaning iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishdagi o’rni, tashqi iqtisodiy faoliyatni tavsiflash, milliy hisoblar kontseptsiyalari asosida tarmoqlararo balansni o’rganish hisoblanadi.


Milliy hisoblar tizimi – asosan balans usuliga asoslangan bo’lib, har bir hisoblamada (balans) uning resurslari va foydalanish qismi orasidagi tenglik balanslashtiruvchi moddani hisoblash yo’li bilan ifodalanadi. Har bir hisoblamada balanslashtiruvchi modda o’rganilayotgan iqtisodiy jarayonlarning natijalarini xarakterlashda mustaqil ahamiyatga ega. SHuningdek, bu balanslashtiruvchi modda oldingi hisoblamani keyingi hisoblama bilan bog’lovchi bo’g’in sanaladi. Milliy hisoblar tizimi uzining tuzilishiga ko’ra buxgalterlik hisobi bilan uxshash. Ularning xar ikkisi xam «T»-ko’rinishidagi shaklga ega. Schyotlarni balanslashtiruvchi ikki xil yul mavjud. Ayrim schyotlarni balans moddasi yordamida balans metodi bilan balanslashtiriladi. Balans moddasi keyingi schyotning birlamchi moddasiga aylanadi. Boshqa schyotlar esa “tarif” usuli bilan balanslashtiriladi. “Tarif” usuli bilan balanslashtiriladigan schyotlarga tovar va xizmatlar schyoti misol bo’ladi. Milliy hisoblar tizimi schyotlari ikki kimdan iborat, ya’ni resurslar va foydalanish (buxgalteriya hisobidagi kabi debet-kredit emas). Shunisi muhimki, resurslarga aloqador o’lar yig’indisi foydalanishdagi aloqador qaydlar yig’indisiga teng bo’ladi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin