1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   222
Суғурта иши (3)

 
3-MAVZU:
SUG’URTADA RISK TRANSFERI

REJA: 
1. Raqobat sharoitida sug‘urta xizmatlariga narx-navoni shakllanish 
xususiyatlari va sug‘urta tarifi tushunchasi. 
2. Sug‘urta tarif stavkasining tuzilishi va tarkibi. Brutto va netto-stavkani 
hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlari va umumiy tamoyillari. 
1. Risklar transferini funksional mazmun-mohiyatiga ko‘ra o‘zaro uzviy 
bog‘liq bo‘lgan sug‘urta xizmatlarini tashkil etish hamda ularni ko‘rsatish sa’y-
harakatlari majmuasi, deb ta’kidlash mumkin. Mazkur faoliyatning asosiy maqsadi 
iqtisodiyot sub’ektlarining talablariga ko‘ra, ularni sug‘urta risklaridan himoyasini 
ta’minlashga qaratilgandir. Bu jarayonda risklar yuz berishi oqibatida ko‘rilishi 
ehtimol bo‘lgan zararlarni qoplashda sug‘urta tizimi barqarorligini ta’minlashning 
ahamiyati ortmoqda.
SHunga ko‘ra, risklar transferida tariflarni optimal darajada belgilash sug‘urta 
tizimi barqarorligini ta’minlashning muhim omili sifatida qaralmoqda. 
Risklar transferida tariflarni belgilash qator uslubiyatlarga, xususan, 
ehtimollik nazariyasiga binoan sug‘urtachilarda shakllantirilgan ma’lumotlar 
bazasiga asoslangandir.


17 
Xususan, tariflarni belgilashda har bir shartnoma bo‘yicha quyidagi: 
- sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimoli; 
- sug‘urta mukofotining o‘rtacha kattaligi; 
- to‘lanishi ehtimol bo‘lgan sug‘urta qoplamasining o‘rtacha summasi kabi 
omillar e’tiborga olinadi. 
Risklar transferi bo‘yicha tariflarni aniqlash uslubiyatlarida ob’ektlarning 
o‘ziga xosligi to‘liq aks etmagan. SHuni ta’kidlash kerakki, tariflarni belgilashda 
unga ta’sir etuvchi qator omillar qat’iy e’tiborga olingan uslubiyatning samarasi 
kutilgan darajada bo‘lishi mumkin. Xususan, bunday uslubiyat:
- sug‘urta ob’ektlarini tasniflash (guruhlash); 
- har bir guruhning o‘ziga xos tomonlarini aniqlashtirish; 
- o‘ziga xos xususiyatlarni son jihatdan baholash uslubiyatini ishlab chiqish; 
- har bir guruh ob’ektlarining umumiy tomonlarini aks ettirgan ma’lumotlar 
bazasini shakllantirish; 
- tariflarini hisoblashning dasturiy ta’minotini yo‘lga qo‘yish kabi bir qator 
sa’y-harakatlarni amalga oshirishni talab etadi. 
Sug‘urta faoliyatida zararlilik ko‘rsatkichilari o‘zgarishi sug‘urtachining 
sug‘urtalanuvchilardan undirgan mukofotlari summasi jamlashi va ularni 
investitsiyalar bozorida joylashtirishi jarayonidagi vositachi sifatidagi roli bilan 
ham izohlanadi. 
Investitsion faoliyatdan olingan foyda summasi sug‘urta kompaniyasining 
tarif siyosatiga ta’sir etuvchi muhim omil sanaladi. Qayd etish lozimki, sug‘urta 
operatsiyalaridan ko‘rilgan zararni investitsiya faoliyatidan olingan foyda 
hisobidan subsidiya qilinishiga bo‘lgan munosabat ham turlichadir. Xususan, 
bunday faoliyat, bir tomondan, mablag‘lar taqchilligida raqobatga mos bo‘lgan 
tarif 
siyosatini 
yuritish 
uchun 
aynan 
investitsiyalar 
bozorida 
qulay
kon’yunkturaning yuzaga kelishi hisobiga zaxirani talab darajasida shakllantirish 
imkoniyatini yuzaga keltirsa, boshqa tomondan, aynan shunday faoliyatdan 
olingan daromad hisobiga texnik natijalarni tenglashtirish uchun sug‘urta 
fondidan jalb etiladigan mablag‘lar etarli darajada bo‘lishini ta’minlovchi omil
sifatida qaralayotganligini ham qayd etib o‘tish lozimdir. Mazkur holat 
sug‘urtachining o‘z javobgarligiga qabul qilgan risk bo‘yicha nazorati 
sustlashuvining omili bo‘lmasligi lozim. 
Hozirga qadar, sug‘urta amaliyotida majburiyatlar hajmi, erkin aktivlarning 
tuzilishi va bahosi, moliyaviy kafillik ta’minlanganligi, sug‘urta portfelining 
ratsional shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan risklar taqsimoti, sug‘urta zaxiralari 
shakllantirilishi borasida yagona bir konsepsiya ishlab chiqilmagan. SHu bois 
sug‘urta tashkilotlari bu muammolarni empirik tarzda hal etishga majbur 
bo‘lmoqda.
Har qanday sug‘urta turi bo‘yicha tariflar hisob-kitobi (aktuar hisob-
kitoblar)da aniq sug‘urta ob’ektining qiymati hisoblab chiqiladi. Umuman aktuar 
hisob-kitoblar yordamida sug‘urta xizmatini hamda sug‘urtachi tomonidan 
sug‘urtalanuvchiga ko‘rsatiladigan xizmatining qancha turishi aniqlanadi. 
Sug‘urtani amalga oshirish xarajatlarini hisoblash «aktuar kalkulyasiya» 


18 
(actuary) deb ataladi. Uning yordamida shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotlari 
hamda sug‘urtachining ish yuritish xarajatlari summasi, ya’ni mazkur xizmat 
tannarxi hisoblab chiqiladi. Sug‘urta faoliyatida aktuar hisob-kitoblarning o‘ziga 
xos tomonlari ham mavjud va ular quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:
- baholanayotgan risk doimo ehtimollik xarakteriga ega bo‘lishi;
- ayrim yillarda umumiy qonuniyatga zid turkum tasodifiy hodisalar yuz 
berishi, ularning ta’siri, o‘z navbatida, sug‘urta tashkilotidan talab etiladigan 
sug‘urta qoplamasi to‘lovi summasining sezilarli o‘zgarishini taqozo etishi; 
- sug‘urtachi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat tannarxi sug‘urta 
munosabatlari yig‘indisidan keltirilib chiqarilishi;
- sug‘urtachi ixtiyorida bo‘ladigan maxsus zaxirani ajratish, uning optimal 
hajmini aniqlash talab etilishi; 
- sug‘urta shartnomalari ko‘rsatkichlarini (inglizcha «storno») bashorat 
qilish hamda ular bo‘yicha ekspert bahosi talab etilishi; 
- qarz (ssuda) foizlari me’yorlarini va aniq vaqt oralig‘ida ularning o‘zgarish 
an’analarini tadqiq etish taqozo etilishi; 
- sug‘urta hodisasi bilan bog‘liq holda to‘liq yoki qisman zararlar yuzaga 
kelishi hamda ular kattaligining kenglik va vaqtda taqsimlanishiga maxsus 
jadvallar yordamida o‘zgartirishlar kiritish talabi namoyon bo‘lishi; 
- ekvivalentlik tamoyiliga amal qilish, ya’ni sug‘urta mukofotlari va sug‘urta 
tashkiloti tomonidan tarif davrida ko‘rsatilayotgan sug‘urta ta’minoti o‘rtasida 
o‘zaro tenglik o‘rnatilishi taqozo etilishi;
- umumiy sug‘urta doirasida risklarni aniqlashtirish va ularni guruhlash talab 
etilishi kabilar. 
Sug‘urta to‘lovlari hajmining hisob-kitoblari aynan bir mamlakat, alohida bir 
hududning o‘ziga xos tomonlarini inobatga olgan holda, shuningdek risk yuz 
berishi ehtimolining vaqt va kenglikdagi xilma-xilligi asosida aniqlanadi. Masalan, 
sug‘urtalangan ob’ektlar soni 100 ta, har bir ob’ekt bo‘yicha sug‘urta summasi 2 
mln. so‘m bo‘lsa, risk ehtimoli 2 foiz darajasida (0,02 x 100 x 2 mln. so‘m) hamda 
zarar sug‘urta summasiga teng yoki undan katta bo‘lganida, mazkur umumiy 
sug‘urta doirasidagi bu sug‘urta turi bo‘yicha yillik sug‘urta qoplamasi, ya’ni 
netto-stavka aynan 4 mln. so‘mni tashkil etadi. 
Aniqlangan sug‘urta qoplamasini sug‘urtalangan ob’ektlar soniga bo‘lsak, 
umumiy sug‘urta zaxirasiga har bir sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘lanishi kerak 
bo‘lgan sug‘urta mukofoti 40 ming so‘m (0,02 x 2 mln. so‘m) ekanligi aniqlanadi. 
Har bir sug‘urtalanuvchi aynan shuncha sug‘urta mukofotini to‘lashi kerak. 
Sug‘urta summasining birligi sifatida 1000, 100 yoki 1 so‘m olinishi mumkin.
Tarif stavkasi yordamida har bir sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta 
shartnomasi bo‘yicha to‘lashi kerak bo‘lgan sug‘urta mukofoti aniqlanadi. Buning 
uchun shartnomada qayd etilgan sug‘urta summasi tarif stavkasiga ko‘paytiriladi. 
Masalan, tarif stavkasi har 100 so‘mdan 2 so‘m darajasida belgilangan bo‘lsa, 
shartnoma bo‘yicha sug‘urta summasi 5 mln. so‘mga teng bo‘lganda, sug‘urta 
mukofotining kattaligi quyidagicha aniqlanadi: 
(2 so‘m x 5 mln. so‘m) : 100 so‘m = 100 000 so‘m. 


19 
Sug‘urta tarifi stavkasi sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda 
belgilanadi. Uning to‘g‘ri hisoblab chiqilganligi muhimdir. Sug‘urtachi sug‘urta 
tarifi asosida undirilgan sug‘urta mukofotlari hisobidan o‘z zimmasiga olgan 
majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarilishini ta’minlaydi, ya’ni sug‘urta faoliyatini 
amalga oshirish xarajatlarini qoplaydi.
Sug‘urta risklari sezilarli darajada kam yuz bergan yoki sug‘urta hodisasi 
oqibatida ko‘rilgan zarar ko‘lami katta bo‘lmagan yillar hisobiga sug‘urtachining 
daromad (foyda) olish ehtimoli ortadi. SHuni ham nazarda tutish lozimki, aniq 
natijalar hisob-kitobida hisobot davri davomida xabar qilingan, ammo sug‘urta 
qoplamasi amalga oshirilmagan zarar sug‘urta tashkiloti faoliyatining moliyaviy 
ko‘rsatkichlariga ham sezilarli ta’sir etadi.
Sug‘urta tarifining risk yuz berishi ehtimoliga nisbatan yuqori darajada 
ko‘rsatilishi bir tomondan, mijoz bilan sug‘urta shartnomasi tuzilmay qolishiga 
sabab 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, sug‘urtachining sug‘urta bozoridagi 
raqobatbardoshligiga ham salbiy ta’sir etadi. Va, aksincha, tarif stavkasining past 
darajada belgilanishi sug‘urtachi mablag‘larining taqchilligini keltirib chiqarishi 
oqibatida, sug‘urtalanuvchi ko‘rgan zararning sug‘urta qoplamasi amalga 
oshirilmay qolinishiga olib kelishi mumkin, ammo, bunday holat amaliyotda 
deyarli uchramaydi.
2. Sug‘urta mukofotlarining stavkalari tarif davri uchun hisoblab chiqiladi
ya’ni tarif hisoblari asosida belgilangan davr uchun ekvivalentlik ta’minlanadi. 
SHunday qilib, har qanday sug‘urta turi bo‘yicha tarif stavkasi brutto-stavka 
sifatida qaraladi va u ikki qismdan: netto-stavka (sug‘urta qoplamasi to‘lovlari 
uchun zaxira summasi) va sug‘urtachining faoliyat yuritish xarajatlaridan (odatda u 
«yuk» deb ataladi) iborat bo‘ladi. Brutto-stavkada bu ikkala qismning nisbati, 
ularning mohiyatidan kelib chiqib, turlicha foizlarda belgilanishi mumkin. Netto-
stavka brutto-stavkaning asosini tashkil etadi va uning hissasiga, sug‘urta turiga 
qarab, 60-95 foizgacha ulush to‘g‘ri kelishi mumkin. «YUk» hisobiga esa, shunga 
mos ravishda odatda 5-40 foiz ulush belgilanadi.
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qancha sug‘urta turi sug‘urtalanayotgan 
bo‘lsa, netto-stavka ham shuncha qismdan iborat bo‘ladi. Masalan, hayotni aralash 
sug‘urtalash bo‘yicha netto-stavka belgilangan davrgacha yashaganligi uchun, 
o‘lim holati yuz berganligi uchun, mehnat faoliyatini yo‘qotish holati uchun kabi 
netto-stavkalardan tashkil topadi.
«YUk»da sug‘urta ishini olib borish xarajatlari aks etadi. U quyidagi 
qismlarni o‘z ichiga oladi:
- ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari (uning asosini tashkilot shtatidagi xodimlarga 
to‘lanadigan maoshlar summasi tashkil etadi); 
- sug‘urta polislarini joylashtirganligi uchun haqlar; 
- sug‘urta agentlari, menejerlar uchun haqlar. 
To‘lov shakllari, odatda brutto-stavka yoki «yuk»ka nisbatan foizlarda 
aniqlanadi. Foiz to‘lovlaridan tashqari rag‘batlantirishlar ham amalga oshirilishi 
mumkin.
Umumiy sug‘urta qilish tarmog‘i klasslari bo‘yicha «yuk» sug‘urta ishini 


20 
yuritish xarajatlaridan tashqari ogohlantirish zaxirasiga ajratmalar qilish va 
rejalantirilgan foyda summalarini ham o‘zida aks ettiradi. Brutto-stavkani 
hisoblashda, dastlab netto-stavka aniqlab olinadi, so‘ngra unga «yuk» (odatda 
brutto-stavkaga nisbatan foizlarda) qo‘shib hisoblanadi. Brutto-stavka 
qo‘yidagicha aniqlanadi: 
MS=
(%)
100

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin