47
bartaraf qilinmagan, sodir bo‘lgan lekin xabar qilimaganzararlar bo‘yicha zaxiralar
sug‘urta tashkilotlari tomonidan majburiy tarzda tashkil qilinadi. Ammo, sug‘urta
tashkilotlarining zararlilikni tebranish bo‘yicha sug‘urta zaxirasi ixtiyoriy tartibda
amalga oshiriladi. Sug‘urta tashkilotlarida zararlilik tebranishi doimiy xarakterga
ega. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi yuz berayotgan sharoitda zararlilikni
tebranishi yanada ortadi. Zararlilikni tebranishini ixtiyoriy tartibda shakllantirilishi
zararlar miqdori oshgan hisobot davrida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
barqarorligi yomonlashishi mumkin. CHunki ushbu zaxira turi sug‘urta
tashkilotlari tomonidan shakllantirilmasligi ham mumkin. Zararlar miqdori oshgan
davrda sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida
zararlilik tebranishi bo‘yicha tashkil qilishni majburiy o‘rnatishni taklif qilinadi.
Ushbu taklifni amalga tadbiq qilinishi sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
barqarorligini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini samarasini oshishiga
olib keladi.
Sug‘urta zaxiralarini investitsiyaga yo‘naltirish sohasida ham ayrim
kamchiliklar mavjud. Sug‘urta tashkilotlarining aktivlarini joylashtirishga
qo‘yilgan talablarga e’tibor qilsak, kredit uyushmalarining depozitlariga sug‘urta
tashkilotlarining ustav kapitalini 10% miqdorigacha joylashtirish mumkinligi
me’yorlashtirilgan. Ammo, hozirgi vaqtda kredit uyushmalari qo‘yilgan
depozitlarga bank muassalariga nisbatan katta miqdordagi foyiz to‘lanadi. SHu
sababli, joylashtiriluvchi aktivalarning daromadlik darajasini oshirish maqsadida
kredit uyushmalariga qo‘yiluvchi depozit miqdorini chegarasini 10% dan 20%
gacha oshirish taklif qilinadi.
Bundan tashqari, davlat sug‘urta nazorati ruhsati bilan tasischilarga qarz
berish ruhsat berilgan, agar qarz miqdori ustav kapitalining 30% dan miqdorda
bo‘lsa. Bunday holatlarda berilgan qarzni nazorat qilish imkoniyatlari cheklandai.
CHunki tasischilar o‘zlarining mavqeylaridan foydalanib, sug‘urta tashkilotlariga
bosim o‘tkazishi mumkin. Bunday noxush holatlarga barham berish maqsadida
tasischilarga qarz berishni taqiqlash zarur. Ushbu taklifni amalga tadbiq qilinishi
sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlanishiga imkon
beradi.
O‘zbekiston sug‘urta bozorida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy
barqarorligini ta’minlash asosiy usullaridan biri qayta sug‘urta mexanizmidan
foydalanishdir. Afsuski respublika sug‘urta bozorida qayta sug‘urta faoliyati talab
darajasida rivojlanmagan. O‘zbekiston sug‘urta bozorida ixtisoslashgan tartibda
faqat bitta sug‘urta kompaniyasi qayta sug‘urta xizmati ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarisida, chet el sug‘urta kompaniyasiga
beriladigan majburiyat miqdori, har –bir sug‘urta shartnomasi bo‘yicha , 95% dan
oshmasligi talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: