1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   222
Суғурта иши (3)

Avariya sertifikati -
mol-mulk sug‘urta hodisasi tufayli zararlanganda, 
ko‘rilgan zararning miqdori va xarakterini tasdiqlovchi hujjat. Avariya sertifikati 
avariya komissari (adjaster) tomonidan tuziladi va tegishli vositachilik haqi 
hisobiga 
sug‘urtalanuvchiga 
taqdim 
etiladi. 
Avariya 
sertifikati 
sug‘urtalanuvchining sug‘urta qoplamasini olish to‘g‘risidagi arizasiga ilova etiladi 
va qoplamani to‘lashda sug‘urta kompaniyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Adjaster -
sug‘urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan sug‘urtalanuvchi 
tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda sug‘urta kompaniyasining 
manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. U sug‘urtalanuvchi 


35 
bilan unga to‘lanadigan sug‘urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi. 
Adjaster sug‘urta hodisasini ro‘y berish sabablarini o‘rganadi va tahlil etadi. Ushbu 
tahlil natijalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi hamda 
avariya 
komissari 
funksiyasini 
bajaradi. 
Adjaster 
vazifasini 
sug‘urta 
kompaniyasining tarkibiy bo‘limi yoki ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirishi 
mumkin. 
Aktuariy -
lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma’noni bildiradi. 
Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o‘zlashtirib olgan sug‘urta matematikasi 
sohasidagi mutaxassis. U sug‘urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab 
chiqish, uzoq muddatli sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta zahiralarini shakllantirish 
bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi paytda 
Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko‘rsatmoqda. Aktuariylarning xalqaro 
uyushmasi mavjud. 
Aktuar hisob-kitoblar
- sug‘urta tarifi stavkalarini hisoblashning iqtisodiy-
matematik usullari yig‘indisi. Ushbu hisob-kitoblar katta sonlar qonuniga 
asoslanadi. Aktuar hisob-kitoblarning metodologiyasi, ehtimollar nazariyasi, 
demografiya qonuniyatlariga asoslanadi, tarif stavkasini miqdori sug‘urta 
hodisalari ro‘y berishining ehtimoliyligiga bog‘liq. Demografiya ma’lumotlaridan 
fuqarolarning hayotini sug‘urtalashda sug‘urtalanuvchilarning yoshiga mos 
ravishda sug‘urta tarifi stavkasini tabaqalashtirishda foydalaniladi. Uzoq muddatli 
hayotni sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summalari sug‘urtalangan shaxs vafot etganda 
yoki u ma’lum bir yoshga etganda to‘lanadi. Etarli miqdordagi sug‘urta fondini 
shakllantirish uchun, sug‘urtalovchi shartnoma amalda bo‘lgan davrda qancha 
shaxs vafot etishi yoki ma’lum bir yoshga etishi ehtimoliyligini bilishi zarur. Aholi 
o‘limi darajasi haqidagi statistik ma’lumot asosida turli yoshga etishi ehtimolligini 
hisoblash hamda fuqarolarning o‘limi to‘g‘risidagi jadvalni tuzish mumkin. Bu 
jadval asosida nafaqani va hayotni sug‘urtalash bo‘yicha tarif stavkalarni hisoblash 
mumkin. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin