1-mavzu: sug’urta ishi fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari reja



Yüklə 5,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/222
tarix06.07.2023
ölçüsü5,26 Mb.
#135909
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   222
Суғурта иши (3)

Anderrayter –
1) turli risklarni sug‘urtalash vakolatiga ega, sug‘urta 
kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. Sug‘urta kompaniyasini sug‘urta 
portfeli shakllanishi uchun javob beradi. U sug‘urta shartnomalarini tuzish, 
risklarni baholash va sug‘urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli 
malakaga ega bo‘lishi zarur; 2) Lloyd sug‘urta polislarini beradigan Lloyd sug‘urta 
korporatsiyasini a’zosi; 3) potensial mijozlarga sug‘urta polisini sotish bilan 
shug‘ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug‘urta sohasi bo‘yicha yuqori 
darajada maslahat xizmatlarni ko‘rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs. 
Anderrayter siyosati- sug‘urtalash bilan bog‘liq yangi takliflarni ko‘rib 
chiqish va mazkur taklifni qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida xulosalar 
chiqarishga qaratilgan siyosat. 
Annuitet –
renta va nafaqalarni sug‘urtalashning hamma turlarini 
umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga bir 
vaqtning o‘zida yoki bir necha yillar davomida tegishli sug‘urta mukofotlarini 
to‘laydi. Keyin sug‘urtalanuvchi butun hayoti davomida sug‘urta kompaniyasidan 
daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fuqarolarning yillik 


36 
daromadini sug‘urtasi bugungi kunda Buyuk britaniyada, Fransiyada va AQSHda 
keng rivojlangan.
Dispasher –
dengiz transportida umumiy avariya sodir bo‘lganda ko‘rilgan 
zararni kema, yuk va fraxt o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadigan 
mutaxassis. 
Rivojlangan 
mamlakatlarda 
dispasher 
funksiyasini 
maxsus 
kompaniyalar bajaradi. Zararlarni taqsimlash bo‘yicha hisob-kitoblar dispasha 
deyiladi va dispashani tuzganlik uchun haqni manfaatdor tomonlar (kema egasi, 
yuk egasi, yukni sotib oluvchi shaxs) to‘laydi. 

Yüklə 5,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   222




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin