Sug’urta mukofoti- sug’urta xizmatini ko’rsatganlik uchun to’lanadigan
haq. Sug’urta mukofotining miqdori sug’urta summasiga nisbatan foizlarda
aniqlanadi. Sug’urta mukofotining miqdori aniq summalarda ham ifodalanishi
mumkin. Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolik
javobgarligini sug’urtasida sug’urta mukofoti aniq pul birligida ko’rsatiladi.
Sug’urta puli - sug’urta majburiyatini bajarish hamda sug’urta
operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs
maqomiga ega bo’lmasdan o’zaro kelishgan holda bir qancha sug’urta
kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug’urta puli, asosan, xavfli, yirik
ob’ektlarni sug’urtalash maqsadida tashkil etiladi. har qaysi kompaniya o’z
sug’urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig’ilgan sug’urta
mukofotlarining bir qismini oladi.
Sug’urta ob’ekti - shaxsiy sug’urtada fuqarolarning hayoti, sog’ligi,
mehnat qobiliyati bilan bog’liq manfaati; mulkiy sug’urtada binolar, qurilmalar,
transport vositalari uy-joy mulki, tashiladigan yuklar va boshqa moddiy boyliklarni
saqlashga bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarning manfaati; jismoniy yoki
yuridik shaxsning o’z hatti-harakati bilan uning shaxsga zarar keltirish fuqarolik
mas’uliyati - mas’uliyatni sug’urtalashda sug’urta ob’ektlari bo’lib hisoblanadi.
Riskni baholash maqsadida sug’urta ob’ekti sug’urta kompaniyasining
mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinishi mumkin.
Sug’urta shartnomasi - ikki yoki undan ortiq tomonlar o’rtasida
tuziladigan yozma ravishdagi bitim bo’lib, bunda sug’urta kompaniyasi sug’urta
hodisasi tufayli zarar ko’rilganda sug’urtalanuvchiga sug’urta qoplamasi yoki
sug’urta summasini to’lash majburiyatini, sug’urtalanuvchi esa belgilangan
muddatlarda sug’urta mukofotini to’lash majburiyatini oladi. Sug’urta shartnomasi
tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun sug’urtalovchi sug’urtalanuvchiga sug’urta
polisi beradi. Sug’urta shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo’shimcha
shartlar sug’urta shartnomasining mazmunini tashkil etadi.