1-mavzu: Sug’urtaning mohiyati, funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi o’rni


Sug’urta fondidan foydalanish bilan bog’liq atamalarga quyidagilar kiradi:  Bosh polis



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/29
tarix06.10.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#152613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
sugurtaning mohiyati funktsiyalari va bozor munosabatlaridagi orni

2.
Sug’urta fondidan foydalanish bilan bog’liq atamalarga quyidagilar kiradi: 
Bosh polis
- sug’urta kompaniyasi va sug’urtalanuvchi o’rtasidagi yozma 
bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug’urtalanuvchi barcha 
ob’ektlarni sug’urta kompaniyasiga sug’urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida 
bu bitim «ochiq polis» yoki «polis-abonament» deyiladi. Mazkur bosh polis 
asosida sug’urtalash tashqi savdo yuklari sug’urtasida keng tarqalgan. 
Sug’urtalanuvchi sug’urta kompaniyasiga har bir jo’natilgan yuk haqidagi 
ma’lumotlar (yukning vazni, sug’urta summasi, yukni jo’natish va qabul qilib olish 
punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa etarli, yuk avtomatik ravishda 
sug’urtalangan hisoblanadi. 
Kvotali qayta sug’urtalash
- sug’urta kompaniyasi qayta sug’urtalovchi 
kompaniya bilan kelishgan holda unga risklarni bir qismini beradi. Bu operatsiya 
kvota shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Qayta sug’urtalovchi kompaniyaga 
sug’urta mukofotini tegishli qismi beriladi va qayta sug’urtalovchi kompaniya 
mutanosib ravishda ko’rilgan zararni qoplashda ishtirok etadi. 
Vositachilik haqi
- mijozlarni sug’urtaga tortganligi uchun sug’urta 
kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug’urta brokeri, agent) to’lanadigan haq. 
Vositachilik haqining miqdori sug’urtaning turiga va kelib tushgan mukofotning 
hajmiga bog’liq holda sug’urta mukofotiga nisbatan foizlarda to’lanadi. 
Sug’urta polisi
- sug’urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat. 
Sug’urta polisida quyidagi rekvizitlar bo’lishi shart: sug’urta kompaniyasining 
yuridik manzili, sug’urtalanuvchining nomi, sug’urta ob’ekti, sug’urta 
mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug’urta qoplamasini 
to’lashda sug’urtalanuvchi sug’urta polisini sug’urta kompaniyasiga taqdim etishi 
zarur. 
Sug’urta dalolatnomasi
- sug’urta hodisasi ro’y berganda sug’urta 
kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatnomada mol-mulkning 
zararlanish yoxud nobud bo’lish sabablari, ko’rilgan zarar miqdori va boshqa 
ko’rsatkichlar bo’ladi. Dalolatnomaga, zarur hollarda sug’urta hodisasi va mol-
mulkning zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong’inga qarshi 
kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo’jaligi, veterinariya xizmati va 
boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug’urta munosabatlarida sug’urta 


dalolatnomasini adjaster yoki avariya komissari tuzadi va mohiyatan avariya 
sertifikatiga yaqinlashadi. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin