va teleks raqamlari sug’urta kompaniyasi tomonidan beriladigan sug’urta polisida
ko’rsatiladi. Sug’urtalanuvchi sug’urta hodisasi ro’y
berishi zahoti avariya
komissariga
murojaat
qilishi
zarur.
Avariya
komissari
mol-mulkning
zararlanganlik darajasini aniqlaydi va sug’urta kompaniyasining topshirig’iga
asosan, ko’rilgan zararni qisman qoplashi mumkin. Avariya komissari bajarilgan
ishlar to’g’risida sug’urta kompaniyasi uchun avariya sertifikati tuzadi yoki unga
yozma axborot tayyorlaydi.
Avariya sertifikati -
mol-mulk sug’urta hodisasi tufayli zararlanganda,
ko’rilgan zararning miqdori va xarakterini tasdiqlovchi hujjat.
Avariya sertifikati
avariya komissari (adjaster) tomonidan tuziladi va tegishli vositachilik haqi
hisobiga
sug’urtalanuvchiga
taqdim
etiladi.
Avariya
sertifikati
sug’urtalanuvchining sug’urta qoplamasini olish to’g’risidagi arizasiga
ilova etiladi
va qoplamani to’lashda sug’urta kompaniyasiga asos bo’lib xizmat qiladi.
Adjaster -
sug’urta hodisasi ro’y berishi munosabati bilan sug’urtalanuvchi
tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda sug’urta kompaniyasining
manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. U sug’urtalanuvchi
bilan unga to’lanadigan sug’urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi.
Adjaster sug’urta hodisasini ro’y berish sabablarini o’rganadi va tahlil etadi. Ushbu
tahlil natijalari bo’yicha sug’urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi hamda
avariya komissari funktsiyasini bajaradi. Adjaster vazifasini sug’urta
kompaniyasining tarkibiy bo’limi yoki ixtisoslashgan
tashkilot amalga oshirishi
mumkin.
Aktuariy -
lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma’noni bildiradi.
Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o’zlashtirib olgan sug’urta matematikasi
sohasidagi mutaxassis. U sug’urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab
chiqish, uzoq muddatli sug’urta turlari bo’yicha sug’urta zahiralarini shakllantirish
bilan bog’liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Hozirgi paytda
Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko’rsatmoqda.
Aktuariylarning xalqaro
uyushmasi mavjud.
Dostları ilə paylaş: