Glazerfeld kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan tamoyillar qo‘yilgan. Bu
tamoyillar asosida Martin Dujiamas (Martin Dougiamas) (Moodle ta’limni
boshqarish tizimini yaratish bo‘yicha loyiha muallifi va boshlig‘i) umumiy “ijtimoiy
konstruktivizm” (inson faoliyatida ijtimoiy voqelikning ijtimoiy-psixologik qurilishi
jarayonlarini o‘rganadigan sotsiologik va psixologik nazariya)
nomi ostida tizim
asosiga yotqizilgan besh tamoyilni shakllantirdi. Bu tamoyillarni hisobga olib,
elektron ta’limning ta’lim sub’ektlari, ular orasidagi aloqa tizimlari va ta’lim
jarayoni amalga oshadigan soha kabi asosiy komponentalarini ko‘rib chiqish
mumkin. Elektron ta’lim modeli asosiy komponent sifatida axborotni maxsus
axborot va ta’lim muhitida (virtual) uzatishni nazarda tutadi. Sohaning o‘ziga xosligi
o‘quv faoliyatining barcha tarkibiy qismlariga tubdan ta’sir qiladi: o‘quv
motivatsiyasi, o‘quv holati, talabalar bilimini nazorat qilish va baholash.
O‘quv faoliyatining barcha tarkibiy qismlari
birinchi navbatda Moodle
platformasi orqali o‘qituvchi-talaba munosabatlarining ko‘rinishi hisoblanadi.
Elektron ta’limda masofali kursning muvaffaqiyati ko‘p hollarda o‘quv
materialini to‘g‘ri tashkillashtirishga bog‘liq bo‘ladi. Agar masofali kurs o‘qitishga
yo‘naltirilgan bo‘lsa, u holda kurs uchun zarur bo‘lgan materiallarni to‘plash,
saralash va joylashtirish ko‘p hollarda o‘qituvchi va talaba hamkorligi asosida
tashkillashtiriladi va bu kurs tarkibiy qismining didaktik xususiyatlari bilan
belgilanadi. Masofali kursni yaratish talabalarda mustaqil ravishda bilim olish
qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilishi kerak.
Bunday holda, o‘qituvchi o‘quv
jarayonini boshqarishi va olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilishi
kerak.
Masofali kurs uchun o‘quv materialini tayyorlash vositalari o‘quv rejaga
muvofiq ravishda tanlanadi.
Moodle platformasi uchun kurs strukturasi quyidagi
elementlardan iborat
bo‘lishi kerak:
1.
Motivatsiya bloki samarali kognitiv faoliyatga, asosiy tarkibni faol
o‘zlashtirishga qiziqishni rag‘batlantiradi. Motivatsiya – masofali kursning zarur
qismi bo‘lib, butun ta’lim jarayoni davomida saqlanib turishi kerak. Bu yerda katta
e’tibor talabalarga qo‘yilgan aniq maqsadga qaratiladi. Agar qo‘yilgan
masala
darajasi talaba tayyorgarligi darajasiga mos kelmasa, motivatsiya yo‘qoladi.
2.
Yo‘riqnoma bloki o‘quv jarayoni qatnashchilari uchun muhim bo‘lgan
yo‘riqnomalar va uslubiy ko‘rsatmalar, normativ hujjatlar, anketa natijalari,
masofali kurs jadvalidan (kurs bo‘limlari, topshiriqlar, testlar, mustaqil ishlar) iborat
bo‘lib, aniq, tushunarli tarzda berilishi kerak.
3.
Axborot bloki o‘z ichiga bosma darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, elektron
darsliklar va uslubiy ko‘rsatmalar, laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish uchun
topshiriqlar, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati, kurs bo‘yicha qo‘shimcha
materiallarni oladi. Moodle platformasida bu blokda ma’lumotlarni
joylashtirish
uchun ma’ruza, glossariy, Flash Video, Scorm paketi kabi elementlar va veb-sahifa,
giperhavola kabi resurslar mavjud.
4.
Nazorat bloki o‘quv jarayonini nazorat qiluvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga
oladi: joriy, oraliq va yakuniy nazorat testlari, mustaqil ishlash uchun savollar,
mavzular yuzasidan nazorat topshiriqlari. Bunda nazorat ishlari talabaning masofali
kursdagi ta’lim resurslarini o‘zlashtirishini nazorat qilish,
mustaqil ishlash
ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim omil hisoblanadi.
5.
Kommunikativ va konsultatsiya bloki o‘zida masofali kurs talabalarining
o‘qituvchi bilan interaktiv muloqotini tasvirlaydi. Moodle platformasida
o‘qituvchi va talaba o‘rtasida interaktiv aloqani amalga oshirish uchun ma’ruza,
forum, chat kabi vositalar mavjud. Konsultatsiya individual yoki guruh tarzida
amalga oshirilishi mumkin (bir vaqtning o‘zida 5-7 kishi). Ular real tarzda (chat,
ICQ, Skype, vebinar) va asinxron tarzda (elektron pochta, forum, e’lonlar) bo‘lishi
mumkin.
Yuqoridagilarga ko‘ra, masofali kursni tushunarli va tizimli tarzda shakllanishi
birinchi navbatda, o‘qituvchining pedagogik va kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
Masofali kurs uchun o‘quv materialini tayyorlash vositalari o‘quv rejaga muvofiq
ravishda tanlanadi. Buni quyidagi sxemada ko‘rish mumkin: