1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


-MAVZU: OILA TARBIYASI VA SALOMATLIK



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə45/78
tarix26.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#135207
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

13-MAVZU: OILA TARBIYASI VA SALOMATLIK
Режа:

  1. Oila tarbiyasi. Oila va jamiyat. Tabiat va inson.

  2. Tabiatga munosabat madaniyati.

  3. Xalqimizning ona tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbati.

  4. Tejamkorlik yaxshi fazilat.

  5. Ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik.

Oila jamiyatning birlamchi, asosiy bo‘g‘inidir. Oila hayotning  
abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf- 
odatlarimizni saqlaydigan, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib etishi- 
shiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir. “Oila – bu  
jamiyatning negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushu- 
nish mumkin va lozim. Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa,  
oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan  
ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda  
yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida  
quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega  
bo‘ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab- 
ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining  
shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‘- 
lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida  
g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada  
ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”.  
Oilaning jamiyatdagi nufuzi, e’tibori nihoyatda katta. Jamiyat oila- 
dan tashkil topadi. Oila qancha mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shuncha  
barqaror bo‘ladi.
Jamiyatning ma’naviy qiyofasi ham oilaning qandayligiga, uning  
ma’rifatiga, oilada tarbiyalanib, voyaga etkazilgan har tomonlama etuk  
va barkamol avlodga bog‘liqligi tarixda o‘z isbotini topgan haqiqatdir.  
Chunki, aynan oila zamirida, sog‘lom oila muhitida xalqimiz va  
millatimizning buguni va kelajagi bunyod etiladi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin