1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


III. Boshlang’ich tashkilotning huquq va majburiyatlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə53/78
tarix26.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#135207
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

III. Boshlang’ich tashkilotning huquq va majburiyatlari
11. Boshlang’ich tashkilotning huquqlari quyidagilardan iborat:
- oliy ta’lim muassasasi yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan o’quv, tarbiya va boshqa jarayonlarda ishtirok etish, mas’ul xodimlar va o’qituvchilardan zarur ma’lumotlarni olish hamda nazorat qilish;
- oliy ta’lim muassasasidagi darslar sifati, o’qituvchilar saviyasi va talabalar bilan munosabati, shuningdek, kutubxona, sport ob’ektlari faoliyatini o’rganish, reydlar, ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;
- oliy ta’lim muassasasidagi sharoitlardan to’la foydalanish, yoshlar ishtirokida to’garaklar, klublar tashkil etish, ish rejadagi chora-tadbirlarning oliy ta’lim muassasasi tomonidan moliyalashtirilishini talab etish;
- oliy ta’lim muassasasi yoshlarining muammolari, taklif-tashabbuslari yuzasidan oliy ta’lim muassasasi rektori va yuqori tashkilotlarga takliflar kiritish;
- nizomda belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasida qo’shimcha tuzilmalarini tashkil etish;
- faoliyatiga doir ma’lumotlarni tarqatish va targ’ib etish.
Boshlang’ich tashkilot tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanishi mumkin.
12. Boshlang’ich tashkilotning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Yoshlar ittifoqi hamda oliy ta’lim muassasasi tomonidan qabul qilingan normmativ-huquqiy hujjatlar doirasida faoliyat yuritish, ularda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish;
- yoshlar ittifoqining mahalliy, hududiy va respublika kengashlari, oliy ta’lim muassasasi kengashi hamda rahbariyatining tegishli topshiriqlari va ko’rsatmalarini bajarish;
- yoshlar ittifoqining mahalliy kengashi hamda oliy ta’lim muassasasi rahbariga o’z faoliyati to’g’risida hisobotlarni o’rnatilgan tartibda taqdim etib borish;
- boshlang’ich tashkilot uchun ajratilgan xonalar, moddiy-texnik vositalar va mablag’lardan to’g’ri foydalanish;
- oliy ta’lim muassasasining o’quv, tarbiya va boshqa ishlariga ko’maklashish.
IV. Boshlang’ich tashkilotning tashkiliy tuzilishi
13. Boshlang’ich tashkilotning tashkiliy tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
- yoshlar etakchisi saylovi;
- umumiy yig’ilish;
- yoshlar kengashi (yoshlar etakchisi, yoshlar kengashi etakchilari);
- fakulьtet yoshlar kengashi;
- guruh etakchisi;
- talabalar turar joyi, mehnat jamoasidagi etakchi;
- boshlang’ich tashkilot qoshidagi tuzilmalar (to’garaklar, klublar va boshqalar).
14. Yoshlar etakchisining saylovi har o’quv yili boshi (sentyabrь oyi)da o’tkaziladi.
15. Umumiy yig’ilish faoliyati tartibi:
- ittifoq boshlang’ich tashkilotlarning rahbar organi hisoblanadi;
- umumiy yig’ilish har chorakda bir marta o’tkaziladi;
- umumiy yig’ilishda yoshlar kengashi, fakulьtet kengashi, guruh etakchilari va Ittifoq a’zolari ishtirok etadi.
16. Yoshlar kengashining faoliyati tartibi:
- yoshlar kengashi ijrochi organ bo’lib, boshlang’ich tashkilot maqsad-vazifalari va rejalarining to’liq bajarilishini ta’minlaydi;
- yoshlar kengashi tarkibi yoshlar etakchisi saylangandan keyin o’tkaziladigan dastlabki umumiy yig’ilishda yoshlar etakchisi tomonidan e’ln qilinadi;
- yoshlar kengashi faoliyatiga yoshlar etakchisi rahbarlik qiladi.
17. Yoshlar kengashini shakllantirish tartibi:
- Yoshlar kengashi Yoshlar ittifoqining o’zini o’zi boshqaruvchi organi hisoblanadi;
- yoshlar kengashi fakulьtet, oliy ta’lim muassasasi, hududiy va respublika miqyosida saylanadi hamda faoliyat olib boradi;
- etakchi o’z yo’nalishi bo’yicha oliy ta’lim muassasasi, hududiy hamda respublika yoshlar kengashiga faqat bir yo’nalishda etakchilik qilish huquqiga ega bo’ladi;
- guruhlarda faqat 1 (bir) nafar yoshlar etakchisi faoliyat yuritadi.
18. Yoshlar kengashi a’zolari muassisning Ijroiya qo’mitasi qarori bilan tasdiqlangan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega.
19. Yoshlar etakchisi lavozimiga ko’rilayotgan nomzodlar:
- 35 (o’ttiz besh) yoshdan oshmagan, yoshlar bilan ishlash amaliyotiga ega;
- etakchilik qobiliyati, notiqlik mahorati, tashabbuskorlik va fidoyilik xususiyatlariga;
- boshqaruv qobiliyati, tashkilotchilik, jamoat bilan ishlash va ish yuritish bo’yicha bilim-ko’nikma hamda muayyan ish tajribasiga;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash bo’yicha malakaga;
- yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir qiluvchi buzg’unchi g’oya va mafkuralar, ma’naviy tahdidlar, zararli illatlar haqida etarli tasavvurga;
- mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosati va ta’lim-tarbiya jarayoniga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda Yoshlar ittifoqi faoliyat tartibi to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi lozim.
20. Yoshlar etakchisining faoliyati tartibi:
- yoshlar etakchisi boshlang’ich tashkilot faoliyatining samarali tashkil etilishini muvofiqlashtiradi, fakulьtet yoshlar kengashlari va guruh yoshlar etakchilari faoliyatiga rahbarlik qiladi, tizimdagi barcha etakchilar faoliyatiga uslubiy ko’mak ko’rsatadi, a’zolarning taklif-tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydi;
- yoshlar etakchisi Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasasidagi boshlang’ich tashkiloti faoliyatiga rahbarlik qiladi;
- oliy ta’lim muassasasi yoshlarining huquq va manfaatlarini himoya qiladi;
- yoshlar masalalariga oid davlat qarorlari va dasturlari ijrosini ta’minlaydi;
- boshlang’ich tashkilot faoliyatini tashkil etadi va uning nomidan ish yuritadi;
- boshlang’ich tashkilot tarkibidagi to’garaklar, klublar va boshqa tuzilmalar ishini boshqaradi;
- yuqori tashkilotlar va oliy ta’lim muassasasi rahbariga boshlang’ich tashkilot faoliyati yuzasidan so’ralgan ma’lumot, axborot va hisobotlarni taqdim etib boradi;
- boshlang’ich tashkilot uchun belgilangan nomenklatura asosida ish yuritadi, yuqori tashkilotlar rahbarlari va oliy ta’lim muassasasi rektori topshiriqlarining bajarilishini ta’minlaydi;
- boshlang’ich tashkilot uchun ajratilgan xona, moddiy-texnik vositalar va mablag’lardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi.
21. Yoshlar etakchisi oliy ta’limi muassasasining barcha Kengashlari va yoshlar masalasiga oid boshqa komissiyalarga a’zo sifatida kiritiladi.
22. Yoshlar etakchisi Ittifoqning mahalliy kengashi va oliy ta’lim muassasasi rektoriga to’g’ridan-to’g’ri bo’ysunadi.
23. Boshlang’ich tashkilot faoliyatini tashkil etish uchun guruhlar, talabalar turar joylari va mehnat jamoasida yoshlar etakchisi faoliyat yuritadi.
24. Boshlang’ich tashkilot tizimida yoshlarning qiziqishi va taklif-istaklaridan kelib chiqib, turli to’garaklar va tuzilmalar tashkil etilishi mumkin.
23. Boshlang’ich tashkilot qoshidagi tuzilma (to’garak, klub va boshqa)ga koordinatorlar saylanadi.
24. Boshlang’ich tashkilot qoshidagi tuzilmalar (to’garak, klub va boshqa)ga oliy ta’lim muassasasining tegishli mutaxassislik bo’yicha o’qituvchi-pedagoglari jalb etiladi hamda ularning faoliyati yoshlar etakchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
V. Yoshlar etakchisini saylash
25. Yoshlar etakchisi saylovi oliy ta’lim muassasalari talabalari, yosh xodimlarining umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
26. Yoshlar etakchisi oliy ta’lim muassasasining talabalari va yosh professor-o’qituvchilari orasidan saylanadi.
27. Yoshlar etakchisi lavozimiga nomzod hujjatlarini har o’quv yilining 10 sentyabrь kuniga qadar oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga taqdim etadi.
28. Nomzodlarga saylovoldi tashviqotni olib borish uchun 10 kun (o’n kun) muddat (11 sentyabrdan 20 sentyabrgacha) beriladi. Nomzodlar bu vaqt oralig’ida saylovchilarni o’z dasturlari bilan tanishtiradi.
29. Yoshlar etakchisi sayloviga tayyorgarlik ko’rish hamda uni o’tkazish ochiq va oshkora tarzda amalga oshiriladi.
30. Saylovoldi tashviqoti saylov kunidan bir kun olidn to’xtatiladi.
31. Saylovlar 22 yoki 23 sentyabrь kuni soat 8:00 dan soat 18:00 gacha o’tkaziladi.
32. Saylovda saylovchilarning nisbatan ko’p ovozini to’plagan nomzod yoshlar etakchisi etib saylangan hisoblanadi.
33. Saylovchilarning 33 (o’ttiz uch) foizidan kami qatnashgan saylov o’tmagan deb topiladi.
34. Yoshlar etakchisi saylovi o’tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, shuningdek, agar yoshlar etakchisi saylovida bitta nomzod ishtirok etgan bo’lsa va u zarur miqdorda ovoz to’play olmagan bo’lsa, takroriy saylov o’tkaziladi. Takroriy saylov ushbu Nizomda asosiy saylovni o’tkazish uchun belgilangan tartibda hamda undagi shartlarga rioya etilgan holda o’tkaziladi.
Takroriy saylov asosiy saylov o’tkazilganidan keyin 10 (o’n kun) kun ichida o’tkaziladi.
35. Ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o’tayotganini yoritib borishi mumkin.
36. Saylovga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, saylov kuni ovoz berish joylarida va ovozlarni hisoblash jarayonida matbuot, televidenie va radio vakillari qatnashish huquqiga ega.
37. Yoshlar etakchisi saylovi yakunlari to’g’risidagi axborot saylov kunidan kechiktirmay e’lon qilinadi.
VI. Boshlang’ich tashkilot faoliyatini moddiy qo’llab-quvvatlash
38. Oliy ta’lim muassasasi tomonidan boshlang’ich tashkilot alohida xona, ish stoli va stullar, javonlar, kompьyuter jamlanmasi, printer, proektor, ekran, raqamli fotoapparat, flipchart hamda zaruriy devonxona mollari bilan ta’minlanadi.
39. Boshlang’ich tashkilotning ish rejasida belgilangan chora-tadbirlar oliy ta’lim muassasasining ish rejasiga kiritiladi.
40. Boshlang’ich tashkilot faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, uslubiy qo’llanmalar va tarqatma materiallar bilan Yoshlar ittifoqi tomonidan ta’minlanadi.
VII. Boshlang’ich tashkilot faoliyatini to’xtatish
41. Boshlang’ich tashkilot faoliyatini to’xtatishga asosli sabablar bo’lsa uning faoliyati umumiy yig’ilish qarori bilan o’rnatilgan tartida tugatiladi.
Ushbu islohotlar bugungi kunda ta’lim muassasalaridagi yoshlar boshlang’ich tashkilotlarining rolini kuchaytirish masalasi mazkur nizom asosida amalga oshirilmoqda..

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin