1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


-MAVZU: O’ZBEKISTON “YOSHLAR ITTIFOQI” NING TA’LIM MUASASALARI BILAN OLIB BORADIGAN ISHLARINING MAZMUNI



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə51/78
tarix26.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#135207
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

17-MAVZU: O’ZBEKISTON “YOSHLAR ITTIFOQI” NING TA’LIM MUASASALARI BILAN OLIB BORADIGAN ISHLARINING MAZMUNI
Reja:

  1. “Yoshlar ittifoqi” va “Yoshlar ishlari agentligi”ning faoliyati, maqsad va vazifalari.

  2. Ularning ta’lim muasssasalaridagi tarbiyaviy jarayonlar bilan bog’liq hamkorligi.

  3. Ta’lim muassasalaridagi yoshlar boshlang’ich tashkilotlarining rolini kuchaytirish.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog’lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga, sohadagi vaziyat va amalga oshirilgan tadbirlar tahlili yoshlarning keng qatlamlariga daxldor bo’lgan dolzarb masalalar, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning hayotda o’z o’rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, kasbga yo’naltirish va bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag’batlantirish borasidagi ishlar talab darajasida tashkil etilmaganidan dalolat bermoqda.
Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ko’p sonli yoshlarning o’z iqtidor va iste’dodini ro’yobga chiqarishlari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot g’oyalar ta’siridan himoya qilish, yoshlar o’rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish kabi muhim vazifalarni hal etishda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati O’zbekiston yoshlarini buyuk maqsadlar sari birlashtiradigan va safarbar etadigan ommaviy harakatga aylana olmaganini hayotning o’zi ko’rsatmoqda.
Shu sababli, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni bugungi davr talablariga mos ravishda har tomonlama barkamol, mustaqil fikrlaydigan, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, xalq manfaati yo’lida bor salohiyatini safarbar qiladigan, shijoatli yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratdi.
2017 — 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog’liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 30 iyun kuni “Kamolot” YoIH ning IV- Qurultoyida ishtirok etdi. Bu Qurultoyda davlat tomonidan yoshlarga qaratilayotgan e’tibori va yoshlarning davlat kelajagiga ma’sulyat bilan yondashayotganligi yana bir bor o’z aksini topdi. Prezidentimiz yoshlarning erishayotgan yutuqlari bilan o’zbek xalqi faxrlanishini ta’kidlab, yoshlarni qiynayotgan muammolarga to’xtalib o’tdi.
Qurultoyda yoshlarning madaniyatini boyitish, intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashini yanada kengaytirish, o’sib kelayotgan yoshlarni o’z mutaxassisligi bo’yicha tayyorlash, ularni rahbar sifatida shakllantirib borish va eng asosiysi yoshlarda vatanga bo’lgan muhabbatini yanada kuchaytirish masalalari dolzarb mavzu sifatida qo’yildi. 
Qurultoyda “Kamolot” YoIH ni tubdan isloh etish, uning faoliyatini yanada kengaytirish, yoshlarni keng miqyosda jalb etish, yoshlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoit yaratib berishga ko’maklashish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har tomonlama barkamol shaxslar bo’lib yetishishiga munosib hissa qo’shish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan “Kamolot” YoIH negizida “Yoshlar Ittifoqi” yoshlar tashkiloti ta’sis etildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kunini “Yoshlar kuni” deb e’lon qildi. “Xo’sh, Yoshlar Ittifoqi vatanimiz ravnaqi yo’lida yoshlar uchun qanday imkoniyatlarni bera oladi va qanday vazifalarni bajaradi?” degan savol har bir yurtdoshimiz ko’nglidan o’tgan bo’lsa ajab emas.
Hozirda Yoshlar Ittifoqiga yoshlar o’z qobiliyatidan kelib chiqqan holda va o’z xohishlari bilan yoshlar tashkilotiga ilk qadamlarini qo’ymoqda. Bunda yoshlar qamrovi cheklanmagan holda, O’zbekistonning barcha yoshlarini jalb qilish, yoshlarga o’z yo’lini tanlashda ko’maklashish, ularga moddiy va ma’naviy yordamlashishni o’zining asosiy vazifalaridan biri qilib qo’ydi. Yurtimizdagi har bir yosh ularga berilayotgan imkoniyatlardan chetda qolmasligi shart.
O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatining ustuvor yo’nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
birinchidan, O’zbekiston yoshlar ittifoqini respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlovchi, “Yoshlar — kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylantirish;
ikkinchidan, yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g’oyalariga sodiqlik, milliy o’zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy tahdidlardan asrash;
uchinchidan, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yo’lida bor kuch-g’ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish;
to’rtinchidan, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag’batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarishiga ko’maklashish;
beshinchidan, yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni o’qishga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish, huquqiy, ekologik, tibbiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafkuraviy tahdidlarga, xususan, diniy ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g’oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish;
oltinchidan, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi va oila muqaddasligi g’oyalarini keng targ’ib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish;
yettinchidan, yoshlarni, ayniqsa, ular uyushmagan qismining bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishga, ijodiy to’garaklar va turli, jumladan, xorijiy tillarni o’rgatish o’quv kurslariga keng jalb etish;
sakkizinchidan, yosh oilalar, xususan, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish;
to’qqizinchidan, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish;
o’ninchidan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, zaxirasini yaratish va ularni davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining mas’ul lavozimlariga tavsiya etish;
o’n birinchidan, yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
o’n ikkinchidan, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga yoshlarga oid faoliyatni tashkil etishda g’oyaviy-uslubiy jihatdan ko’mak berish.
O’zbekiston yoshlar ittifoqi respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlovchi, “Yoshlar — kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tuzilmaga aylanadi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini tashkil etish, natijasi bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqining huquqiy va amaliy vakolatlari kengaytirildi, tegishli imkoniyat va imtiyozlar berildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Yoshlar siyosati masalalari xizmati tashkil etilib, unga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo’yicha Davlat maslahatchisi — O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.
Yoshlar siyosati masalalari xizmati O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish, O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonunida belgilangan vazifalarning to’laqonli ijrosini tashkil etish va nazorat qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining bu boradagi faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish, ularga g’oyaviy-uslubiy yordam ko’rsatishni tashkil etish, sohaga oid qonun hujjatlari va huquqni qo’llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish kabi vazifalarni amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo’yicha Davlat maslahatchisi — O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o’z lavozimiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zosi hisoblanadi.
Farmonda O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish vazifasi belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan ko’maklashish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi vakolatli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, O’zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni talablarini hayotga to’laqonli joriy etish va nazorat o’rnatish maqsadida Yoshlar masalalari bo’yicha respublika idoralararo kengashi tashkil etildi.
Ayni paytda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlari raisligida Yoshlar masalalari bo’yicha hududiy idoralararo kengashlar faoliyat yuritadi.
Buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o’rnak bo’lib xizmat qilishini inobatga olib, respublikaning barcha harbiy akademik litseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi beriladi.
Yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyat natijalarini, ilm-fan va adabiyotga bo’lgan qiziqishlarini hamda yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni keng yoritish maqsadida O’zbekiston yoshlar ittifoqining nashrlarini chop etishga ixtisoslashgan “Yoshlar nashriyoti uyi” tashkil etiladi. Qizlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iste’dod va qobiliyatini yuzaga chiqarish, ular orasida haqiqiy yetakchilarni tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida “Qizlarjon” jurnali ta’sis etiladi.
Farmonga ko’ra, yoshlarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan “Men sevib o’qigan kitob” va “Eng yaxshi kitobxon” respublika tanlovlari, “Kitob bayrami” va “Bolalar kitoblari” an’anaviy respublika festivallari, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik hissini qaror toptirishga qaratilgan aksiyalar, yozuvchilar, shoirlar, san’atkorlar, adabiyotshunos olimlar bilan ijodiy uchrashuvlar va master-klasslar tizimli tashkil etilishi belgilandi.
Shu bilan birga, 2017-2018 o’quv yilidan boshlab umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “katta yetakchi” va “to’garak rahbari” shtat birliklarini tugatish hisobiga lavozim maoshi yuqori sinf o’qituvchisiga tenglashtirilgan “yoshlar yetakchisi” shtat birligi joriy etildi.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “yoshlar yetakchisi” vazifasi yuklatilgan xodimga o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining direktor jamg’armasi mablag’lari hisobidan oliy ma’lumotli o’qituvchi bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida har oylik ustama belgilanadi.
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida yoshlarning xohish va intilishlaridan kelib chiqib, yoshlar uyushmalari hamda yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatish markazlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tashkil etilishi Farmonda belgilab berilgan.
Yurtimizda turli soha va tarmoqlarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan yigitlarni taqdirlash maqsadida “Mard o’g’lon” davlat mukofoti, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, o’qish, mehnat va jamoat ishlarida har tomonlama faol ishtirok etayotgan yoshlarni taqdirlash maqsadida “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etiladi.
Farmonda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab kichik biznes korxonalari tomonidan to’lanadigan yagona soliq to’lovi uchun hisoblangan summaning 8 foizi O’zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilishi belgilandi.
Ta’lim muassasasini tamomlaganiga uch yil bo’lmagan, birinchi marta ishga qabul qilingan yoshlarga daromad solig’ini birinchi yil uchun 50 foiz, ikkinchi va uchinchi yillar uchun esa 25 foizga kamaytirish, shuningdek, O’zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida turli fanlar, jumladan, chet tillarni o’rgatish, kompyuter dasturlarini tuzish va tadbirkorlik asoslarini o’qitish maqsadida tashkil etiladigan sho’ba korxonalarini 2027-yil 1-avgustga qadar barcha soliqlardan ozod etish, bunda korxona ixtiyorida qoladigan summaning 20 foizini O’zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazish amaliyoti joriy etiladi.
O’zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kengashlari raislari tegishliligi bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi bo’yicha ularning birinchi o’rinbosarlariga tenglashtirildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo’limlari) boshlig’ining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’limi (bo’linmasi) boshlig’i O’zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tavsiyasi asosida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi.
O’zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida 3 yil va undan ko’p muddat davomida faol ishlab kelayotgan xodimlarga uy-joy sotib olish uchun ipoteka kreditining boshlang’ich to’lovi, shuningdek, tashkilotning faol a’zosi bo’lgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalariga o’rtacha o’zlashtirish ko’rsatkichi 86 foiz va undan yuqori bo’lgan taqdirda ta’lim bo’yicha to’lov kontrakti miqdorining 35 foizi O’zbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan to’lanadi.
Muhim jihati shundaki, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni yanada qo’llab-quvvatlash, ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2018 — 2021-yillarga mo’ljallangan Yoshlar uylarini barpo etish dasturi ishlab chiqiladi. Mazkur dasturda barcha yirik shaharlarda – ko’p qavatli, qishloq tumanlarida — 1-2 qavatli namunaviy loyihalar asosida arzon uylar yoshlarning uy-joyga bo’lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib qurilishi nazarda tutiladi.
O’zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat, shahar va tuman kengashlari raislarini rag’batlantirish maqsadida ularga “Matiz” va “Damas” avtomashinalarini xarid qilish uchun 10 yil muddatgacha mo’ljallangan, boshlang’ich to’lovi 15 foizlik imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Respublikamizning tuman markazlari va shaharlarda Yoshlar tadbirkorlik klastyerlari tashkil etiladi.
Foydalanilmayotgan davlat obyektlarini, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi obyektlarni O’zbekiston yoshlar ittifoqining a’zosi bo’lgan yosh tadbirkorlarga to’lovsiz ijaraga berish tartibi joriy etiladi.
“Yoshlar” teleradiokanali” AJ faoliyatini kuchaytirish maqsadida uning 50 foiz aksiyalari O’zbekiston yoshlar ittifoqiga beriladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari har oyda kamida bir marta yoshlar bilan ochiq muloqotlarni o’tkazib borish amaliyoti joriy etiladi.
O’zbekiston “Yoshlar ittifoqi” ning ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o’zining hayotiy pozitsiyasi va qatʼiy eʼtiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o’rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo’lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
- yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g’urur va o’zlikni anglash, ro’y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’ularini shakllantirish;
- yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo’lgan intilishini qo’llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
- isteʼdodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ular o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
- yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb qilish;
- yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg’unchi tashkilotlar taʼsiridan, chetdan „ommaviy madaniyat“ niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy taʼsir va tahdidlardan asrash, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko’maklashish va boshqalar.
Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar Ustavda belgilangan tartibga asosan aʼzo bo’lish mumkin. Yaʼni, Ittifoqning maqsadini qo’llab-quvvatlash istagini bildirgan,14 yoshga to’lgan va 30 yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasining fuqarolari va O’zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo’lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning aʼzosi bo’lishi mumkin.
Shu bilan birga yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda taʼsis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bo’lmagan boshqa yuridik shaxslar ham Ittifoqqa aʼzo bo’lishi mumkin.
Ittifoqning rahbar organlariga quyidagilar kiradi
- Qurultoy;
- Markaziy Kengash;
- Markaziy Kengash Ijroiya qo’mitasi;
- Markaziy nazorat-taftish komissiyasi.
Ittifoqning tuzilmasiga quyidagilar kiradi
- Ittifoqning Markaziy apparati;
- Ittifoqning hududiy tuzilmalari;
- Ittifoqning mahalliy tuzilmalari;
- Ittifoqning boshlang’ich tashkilotlari;
- Ittifoqning to’liq muassisligidagi yoki qoshidagi korxona, tashkilot va muassasalar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari.
Shuningdek, Ittifoq va uning alohida bo’linmalari qoshida tegishli ravishda bolalar yo’nalishi bo’yicha faoliyat olib boruvchi “Kamalak” shoʻbalari tashkil qilinadi. Ular Ittifoq va uning alohida bo’linmalarining sho’basi hisoblanadi.
Yoshlar Ittifoqoning ta’lim muassasalaridagi tarbiyaviy jarayonlar bilan bog’liq hamkorligini yo’lga qo’yish va ta’lim muassasalaridagi yoshlar boshlang’ich tashkilotlarining rolini kuchaytirish maqsadida maxsus nizom ishlab chiqildi. Nizom quyidagicha ko’rinishga ega:

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin