1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja
Oila tarbiyasi . Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlariнинг hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin kamol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang , serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega.
Ota-onalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xa-bardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. Ўz navbatida oʻqituvchi va sinf rahbari ham bolaning oʻqishi, odobi, xulqi, maktabda oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan muam-molarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam hamkorlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.
Инсон истайдими, йўқми – табиат билан бир тану вужуд ҳисобланади. Инсон табиат билан ҳам қалбан, ҳам жисман боғланган. Ҳатто, чирмаб, чандиб боғланган.
Табиатдаги ўзгаришлар, турли ҳодисалар инсоннинг ақлига, ҳиссиётига ва танасига кучли таъсир қилади. Масалан, чақмоқ чақса қўрқиб кетасиз; илиқ ёмғир ёғса қалбингизда романтик кайфият уйғонади; зизила, сув тошқини ёхуд бўрон бўлса, даҳшат ичида қоласиз; осмондаги булут тарқамай тураверса, юрак сиқилиб кетади. Табиат ва руҳият бунчалик бир-бирига сирдош бўлмаса!
Аслини олиб қараганда, инсон жисми табиат тилини тушунмайди.
Келинг, таҳлил қиламиз.
Инсон фаровон яшашни истади. Тоғларни портлатди – тилла олди. Ерни ўйди – нефтни ичди. Океанга кирди – уни заҳарлади. Ўрмонни кесди – ҳавони “ўлдирди”. Ҳайвонларни қирди, қушларни отди, балиқларни қовурди – хуллас, вужуди ором олиши учун табиатнинг доду фарёдини эшитмади.
Аммо инсон қалби табиат тилини тушунади. Табиатнинг жони оғриганини ҳис қилади. Инсон қалби ва руҳи билан ёлғиз қолганида табиат бағрига чиқиб кетгиси келади.
Қизиқ ҳақиқат: инсон нафсига қул бўлгани сайин табиатни ҳалок қилади. Инсон руҳоний жиҳатдан юксалгани сайин табиатни асраб-авайлайди. Жисм истаги билан табиатга зарба берган инсоннинг жисми бугун озурда. Энди у тоза қалб билангина табиатни қутқариши мумкин.
Иnson o‘z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy narsalarning barchasini tabiatdan oladi. U tabiat bilan o‘zaro chambarchas bog‘langan. Fan-texnika rivojlangani sari insonning mehnat qurollari takomillashib boradi. Natijada u o‘zini o‘rab turgan tabiatning xususiyatlarini o‘zgartirib, o‘ziga xos "muhit” yaratadi. Shuning uchun, jamiyat va tabiat munosabatlari haqida gapirganda tabiiy muhit, geografik muhit, atrof-muhit, texnogen muhit kabi tushunchalar qo‘llaniladi.
Tabiat – bizni o‘rab olgan borliq, olam. Tabiat vaqt va fazoda cheksizdir, to‘xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda va o‘zgarishda bo‘ladi. Jamiyat ham tabiatning, moddiy olamning o‘ziga xos bir bo‘lagidir.
Tabiiy muhit – tabiiy jism va moddalarning, nimanidir yoki kimnidir o‘rab turuvchi, uning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoit yoki tabiiy sharoitlar mujassamligi. Geografik adabiyotlarda mazkur tushuncha, ko‘pincha, geografik qobiqning inson va uning xo‘jalik faoliyatini o‘rab turgan qismiga nisbatan ishlatiladi.
Ekologik madaniyat nima? Bu atrof-muhit to’g`risid chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg`usiga ega bo’lish, o’simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g`amxo’rlik ko’rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko’paytirish borasida qayg`urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko’rsatkichidir. Iste’moldan ortiqcha suv jo’mraklardan oqishiga yo’l qo’ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to’kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, hayvonlarga g`amxo’rlik qilish, qushlarni parvarishlash kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatning eng oddiy ko’rinishlari sanaladi. Bu muammolar bir qaraganda juda jo’n bo’lib ko’rinishi mumkin, aslida esa muammolarning boshlanishi ana shunday biz e’tibor qaratmaydigan "mayda” muammolardan kelib chiqadi.
Tabiat va inson o’rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi. Ularga rioya qilmaslik ertami, kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Bu muammo o’zining insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo’lgan fojiali oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Inson tabiatning bir bo’lagi bo’lgan holda, u bilan munosabat orqali ekologik madaniyat shakllana borishi tufayli tabiatni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solishda uni boshqarish uchun tabiat qonunlarini kashf qilib kelgan. Ammo inson o’zining tabiatga ta’siri orqali undagi muvozanatni buzdi va tabiat hodisalarining davriy ketma-ketligini izdan chiqardi.
Xalqimizda "Buloq suvi qurimaguncha inson uning qadriga yetmaydi” degan ibratli maqol bor. Darhaqiqat, necha asrlar davomida inson o’zining taraqqiyoti jarayoni bilan birga ekologiya inqirozi jarayonini tezlashtirdi.
Qadim davrlarda ham ajdodlarimiz inson salomatligi, kayfiyati va barcha hayotiy jarayonlarning ob-havo va boshqa tabiiy hodislarga bog`liqligini yaxshi bilganlar. Inson salomatligiga tabiiy iqlim sofligining ta’siri haqida dastlabki yozma manbalar eramizdan avval paydo bo’lgan. Masalan, Hindistonda bundan 4000 yil avval quyosh nuri, momaqaldiroq va yomg`irlar tufayli o’simliklar shifobaxsh xususiyatga ega bo’lishi haqida yozib qoldirilgan. Qadimgi Yunon tib olimi Gippokrat o’zining "Aforizmlar” asarida odam organizmi yil mavsumlariga qarab turlicha bo’lishini yozib qoldirgan. Shu jumladan sharq allomalaridan Abu Ali Ibn Sino "Agar chang va g`ubor bo’lmaganida edi, inson ming yil yashagan bo’lar edi” degan edi.
Zardushtiylarning "Avesto” kitobida, sharq mutafakkirlari Farobiy, Beruniy asarlarida va umuman sharq falsafasida to’rt unsur-suv, havo, tuproq va olov muqaddas hisoblanganligi haqida aytib o’tilgan.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, tabiat insonlarning barcha moddiy va ma’naviy, ruhiy ehtiyojlarini qondiruvchi asosiy manbadir. Shunday ekan, tabiat bizga emas, biz tabiatga muhtojmiz! Tabiatni asrash va undan oqilona foydalanish barchamizning muqaddas va konstitutsiyaviy burchimizdir. Zero, ona tabiat ajdodlardan qolgan meros emas, balki avlodlardan olingan va kelajak uchun qoldirishimiz zarur bo’lgan boylikdir!
Халқимиз тежамкорлик – инсоннинг маънавиятини бойитади, оиласида қут-барака олиб келади, деб бежиз айтмаган. Тежам – бу нарсаларни исроф қилмаслик, уни қадрлаш, ҳар бир буюмни ўз меъёрида ишлата билиш керак. Аждодларимиз тежамли оилаларнинг баракали, тўкис, дастурхони тўкин бўлишини башорат қилишган. Тежамкорлик – аввало, халқнинг ва ўзининг меҳнатини қадрлаш, қаноатли бўлиш, фақат бугунни эмас, эртани ҳам уйлаш, тадбиркор бўлишдир.
Тежамкорлик – яхши, исрофгарчилик – ёмондир. Давлатимиз, оиламиз бой бўлсин, десангиз ҳар бир нарсани оқилона, исроф қилмай фойдаланишга одатланинг. Тежамкорлик топган даромадидан режа асосида фойдаланишлиги учун бойиб, мол-у мулкка эга бўлади. Оз бўлса-да, берилган неъматнинг шукрини адо қилиб юрган киши, шукр қилмагандан афзалдир. Биз исроф қилаётган нарсаларни оқибати ёмон бўлишини ҳамиша хис қилиб яшашимиз керак.
Сувсиз, овқатсиз, чироқсиз ҳаётни бир тасаввур қилиб курайлик-а. Йўқ, биз бу нарсаларни абадий деб ўйлаймиз. Бизга берилган неъматларни ўз вақтида қадрига етиб исрофгарчиликни олдини олишимиз керак. Бойлик албатта ҳаракатнинг мевасидир. Лекин кимлардир ота-онасини пешона териси билан топган пулини кўкка совуришади. Ундай инсонлар учун пулни тежаб ишлат деган сўз бегонадир.
Иnson ongli mavjudot. U har doim yaxshi yashashga intilib kelga. Ayiqning qorni to’ysa, iniga kirib uxlaydi. Inson esa erishgan narsasi va mavqei bilan qanoatlanmaydi. U yaxshiroq ovqatlanishga, yaxshiroq kiyishga, yaxshiroq turmush sharoitiga ega bo’lishga, yuqoridagi martabaga ega bo’lishga, tabiat va jamiyatda kechayotgan hodisa va jarayonlarni yaxshiroq tushunishga, yaxshiroq bilim olishga intiladi. Unga har doim nimadir yetishmaydi.
Shu bois “Inson ehtiyojlarining poyoni, cheki yo’q!”, deb aytamiz. Inson ehtiyojlarini qondirish uchun unga turli xil ne’matlar (resurslar) zarur bo’ladi. Bu ne’matlarning ba’zilarini (havo, suv, quyosh yorug’ligi va issiqligi va hokazolarni) insonga tabiat tekin in’om etadi. Qolganlarini esa insonning o’zi yaratishi lozim. Inson mehnatining iqtisodiy faoliyatining natijasi o’laroq, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun kerakli mahsulotlarni ishlab chiqarishi lozim bo’ladi. Mahsulotlar moddiy narsa yoki biror-bir xizmat ko’rinishida bo’lishi mumkin. Inson ehtiyojlari biror bir moddiy narsani iste’mol qilish yoki biror bir xizmatdan foydalanish evaziga qondirilishi mumkin. Biror mahsulotni ishlab chiqarish uchun tabiatdan xom-ashyo, insonning jismoniy kuchi, bilimi, turli xil mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, zavod va fabrikalar, xullas bir so’z bilan aytganda iqtisodiy resurslar zarur bo’ladi. Iqtisodiy resurslar miqdori esa afsuski chegaralangan. Shu bois insonning hamma yetishmovchiliklari ehtiyojlarini to’la qondirishning iloji yo’q.
Shuning uchun inson hayotda hamma mavqeida tejamkor bo’lishi kerak. Masalan: elektr quvvatini quyoshli kunda yoqib qo’yish, kerak bo’lmagan paytda gazni yondirib qo’yish, bu isrofga kiradi. Hatto uyimizda biror bir bazm bo’lgan paytda hamma mehmonlar soniga qarab dasturxon tuzishimiz kerak. O’zimizning kundalik ehtiyojimiz uchun ham bilib, o’ylab ovqat pishirish, non xarid qilish kerak.
Исрофгарчилик – пул, мол ва неъматларини керагидан ортиқча ишлатиш, нобуд қилиш, ўринсиз ёки ортиқча сарфлашдир. Исрофгарчиликка йўл қўймаслик, режалилик ҳар бир оилага қут-барака, тўкинлик олиб келади. Исрофгарчиликнинг охири эса ночорлик хорликдир. Оилада ҳар бир нарсанинг ўз ўрни бор. Топган-тутган нарсаларни ўз ўрнида ишлатиши лозим. Уларни исроф қилишга йўл қўймаслик керак. Ота-онанинг меҳнати билан оила учун келтирилган озиқ-овқатлар, кийим-бошларни асраш керак. Ота-онанинг маблағига олинган мактаб ўқув қуроллари (дафтар, қалам, китоб, ручка ва бошқаларни) эҳтиёт қилиш, кераклигини ишлатиш, озгина ишлатиб ташламаслик лозим. Чунки бу ҳам исроф. Овқатнинг охиригача емасдан қолдириш, кўчама-кўча юриб, вақтни беҳуда сарф қилиш одобдан эмас. Вақтни тежаш, уни фойдали ўтказиш лозим. Емоқ, ичмоққа, кийинмоққа уй-рўзғорга керакли нарсаларни исроф қилмасликка одатланмоқ яхшидир.