1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


-MAVZU: Tarbiya fanini o’qitishda xalq og’zaki ijodi na’munalari, tarixiy bitiklar, sharq allomalari merosi, diniy va badiiy adabiyotlardan foydalanish



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə15/78
tarix26.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#135207
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

7-MAVZU: Tarbiya fanini o’qitishda xalq og’zaki ijodi na’munalari, tarixiy bitiklar, sharq allomalari merosi, diniy va badiiy adabiyotlardan foydalanish.
Reja:

  1. Xalq og’zaki ijodi turlari.

  2. Tarbiya fanini o’qitishda xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalanish.

  3. Ta’lim va tarbiya jarayonida ulug’ mutafakkirlarning axloq va odobga oid ilmiy merosidan foydalanishning o’ziga xos jihatlari.

  4. Sharq allomalari merosida inson falsafasi masalalari.

  5. Dars jarayonlarida badiiy adabiyotlardan foydalanishning ahamiyati.

1. Xalq og’zaki ijodi turlari. Inson qadimdan atrof muhitda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini bildirgan. Bu munosabat, avvalo, turli xatti-harakadar, ovozlar, ehtiroslar vositasida amalga oshgan. Keyinchalik so‘zlar, so‘z
yig'indisi, raqslar his-tuyg‘ulami ifodalagan. Yana keyinroq odamlar o'zlaricha dunyoning, tabiatning, hayvonlar, o‘simliklar, tog'lar, suvlarning paydo bo‘lishini izohlovchi to'qima hikoyalar o‘ylab topadilar. Yigitlar, qizlar muhabbat qo'shiqlarini to'qiydilar. Qabila-urug‘ning mard va jasur yigitlari haqida, ulaming g‘aroyib qahramonliklari haqida afsona va rivoyatlar paydo bo'ladi. Bulaming hammasi hali yozuv madaniyati vujudga kelmasdan oldin jamoa-jamoa bo‘lib yashayotgan aholi o'rtasida shuhrat topadi. Bugungi kunda biz ulami “xalq og‘zaki
ijodi” deb atashga odatlanganmiz.
Xalq og'zaki ijodida ota-bobolarimizning aytmoqchi bo'lgan pandnasihatlari,
el e’zozlagan odam bo‘lishning talab-qoidalari, Alp Erto‘nga, To‘maris, Shiroq, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik kabi ajoyib yurt farzandlarining botirliklari, xalqimizning urf-odatlari, milliy fazilatlarimiz haqida san’at darajasiga ko‘tarilgan so‘z tizimlaridan iborat maqol, qo‘shiq, ertak, doston, bolalarga bag‘ishlangan asarlar va boshqa janrlardagi namunalarda ifodasini topadi. Shuning uchun ham xalq og'zaki ijodini milliy qadriyatlar deb atash odat bo'lgan. Xalq og‘zaki ijodi ilmda folklor deb yuritiladi. Bu atamani 1846-yilda ingliz olimi Uilyam Toms taklif qilgan bo‘lib, uning ma’nosi “xalq donoligi” degan tushunchadan iborat. Aslini olganda, folklor deganda, xalq tomonidan yaratilgan hamma san’at namunalari tushuniladi. Me’morlik, naqqoshlik, ganchkorlik, zardo‘zlik, musiqa, raqs, og‘zaki adabiyot namunalari - hammasini folklor deb tushunish qabul qilingan. Har bir san’at sohasida ish olib borayotgan mutaxassis o‘zi tanlagan tumi “folklor” deb atayveradi. Masalan, musiqachi xalq kuylarini, xoreograf xalq raqslarini, arxitektor xalq me’morchiligini, folklorshunos olim xalq dostonlari, ertaklarini folklor asari deb hisoblaydi. Biz - so‘z san’ati sirlarini o‘rganuvchi sohada ish yuritganimiz uchun maqol, topishmoq, lof, askiya, latifa, qo‘shiq, ertak,
dostonlami folklor namunasi sifatida yozib olamiz, tahlil qilamiz. “Folklor” atamasini talaffuz qilganimizda xalq og‘zaki ijodini tushunamiz. Xalq og'zaki ijodini o‘rganuvchi olim folklorshunos hisoblanadi. Folklorshunoslik hozirgi paytda adabiyotshunoslikning tarkibiy qismidir. Badiiy adabiyot xalq og‘zaki ijodidan boshlanadi. Binobarin, adabiyot tarixining birinchi qismini folklor tashkil etadi. Shuning uchun filologiya fakulteti talabalari mutaxassis sifatida shakllanish jarayonini xalq og'zaki ijodini o'rganishdan boshlaydilar.
Har bir fan, sohaning muhim nazariy masalalari bo’ladi. Badiiy adabiyotni o’rganuvchi fan аdabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq og’zaki poetik ijodini o’rganish sohasini folklorshunoslik deyiladi. Folklorshunoslik adabiyotshunoslik tarkibidagi mustaqil fan hisoblansa-da, o’rgansh obyekti badiiy adabiyot bo’lgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlari bor. Xususan, janrlar masalasi adabyotshunoslik uchun ham, folklorshunoslik uchun ham muhim hisoblanadi. Faqat adabiyotshunoslikda yozma adabiyot vakillari qalamiga mansub g’azal, ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); she’r, hikoya, roman, drama kabilar (zamonaviy adabiyot)ning janr xususiyatlari o’rganiladi. Folklorshunoslikda esa xalq og’zaki adabiyotidagi maqol, ertak, doston kabi jаnrlarning o’ziga xoslik tomonlaii tadqiq etiladi. Ammo qaysi shaklda yaratilgan adabiyot ekanidan qat’i nazar har bir yo’nalishdagi yutuqlar va kashfiyotlar adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga qo’shilgan hissa sifatida bаholanaveradi. Avvalo, badiiy asarlar yaratilish jinsi yoki turiga ko’ra uch xil bo’lishini esga olaylik.
Umuman olganda, jahon adabiyotida uchta jinsning mavjudligi (epos, lirika, drama) qayd etilgan, tan olingan. Janr deganda, ana shu uchta jinsdagi asorlar tarkibini tashkil qiluvchi kichik turlar tushuniladi. Masalan, yozma adabiyotda epik asarlar turini roman, qissa, hikoya janrlari, og’zaki adabiyotdo ertak, doston, latifalar tashkil etadi. Ya’ni jins nomi saqlanishi, tarkibi esa asar уаratilish usuliga ko’ra (og’zaki yoki yozma) boshqa-boshqа janrlardan iborat bo’lishi mumkin.
Epos - yunoncha “epos” - rivoya, hikoуа, qo’shiq so’zidan iborat bo’lib, badiiy adabiyotda voqea, hodisani bayon qilish, hayotiy lavhaning tafsilotlarini ifodalash mаnosini anglatadi. Ta’rifdagi “qo’shiq” so’ziga ajablanish kerak emas, chunki qadimgi yunonlar nazarda tutgan qo’shiqlar so’zning hozirgi paytda tushunilishidan farqli ravishda voqea-hodisani bayon qilish xususiyatiga ega edi. Badiiy adabiyotdagi epik jinsda biron voqea badiiy so‘z vositasida hikoya qilinadi. Xalq og‘zaki ijodida bunday jinsga mansub janrlar afsona, naql, rivoyat, ertak, doston, ayrim termalar, latifa, loflardan iboratdir. Mazkur nazariy masalani ilmiy asosda o‘rgangan olim Bahodir Sarimsoqov avval qayd etilgan uch jins qatoriga to‘rtinchisini ham qo‘shgan va “maxsus tur” deb atagan. Bu tur tarkibini: “oddiy o’tirish olqishlari, qarg'ish, so‘kish, maqol, matal, topishmoq va boshqa xildagi yumuq iboralar”3, - deb belgilagan. Haqiqatan ham, qayd etilgan janrlarda bir tomondan muayyan vaziyat, voqea-hodisa haqida tasavvur hosil qilish uchun aniq ma’lumot, axborot mavjud bo‘lishiga qaramay, aytilgan matnning hajm jihatdan o‘ta ixchamligi alohida ko‘zga tashlanadi.
Taniqli folklorshunos olimlardan V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov o‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi dostonlarni “qahramonlik eposi” deb ataganlar. 1947 yilda Moskvada e’lon qilingan katta hajmdagi kitobni “O’zbek xalq qahramonlik eposi” deb ataganlar va unda “Alpomish”, Go‘ro‘g‘li turkumiga oid dostonlar, “Kuntug‘mish” kabi ishqiy-romanik dostonlar tahlil etilgan.
Lirika - lira deb atalgan qadimgi yunon musiqa asbobining nomidan olingan bo‘lib, badiiy adabiyotda inson his-tuyg‘usini, ichki kechinmalarini ifodalovchi asarlar nazarda tutiladi. Ma’lumki, hayotda turli voqea-hodisalar ro‘y beradi. Lirik asarlarda ana shu turmush lahzalari ta’sirida shaxs qalbida paydo bo‘lgan kechinmalar ifodalanadi. Ana shu xususiyati bilan lirika eposdan farqlanadi. Chunki bunday asarlarda bosh maqsad sodir bo'lgan hayotiy voqeani emas, balki ana shu voqeaga nisbatan ichki munosabat tarzida ifodalanuvchi ruhiy taassurotlarning namoyon bo‘lishini izohlaydi. Shuning uchun lirik asarlarda aks etgan voqea bayonini aynan emas, nisbiy tushunish lozim. Masalan, “Alpomish” dostoni “Burungi o'tgan zamonda, o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elida Dobonbiy degan o‘tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o‘g‘il farzand paydo bo‘ldi. Alpinbiydan ikki o‘g‘il paydo bo‘ldi: kattakonining otini Boybo'ri qo‘ydi. Kichkinasining otini Boysari qo‘ydi”, - deb boshlanadi. O’z-o‘zidan ma’lumki, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tinglovchiga aytilajak asardagi voqealar qanday boshlangani yuzasidan ma’lumot bermoqchi. Matnda baxshi Qo‘ng‘irot, Dobonbiy, Alpinbiylar bilan tinglovchini tanishtirmoqda. Aslini olganda, dostonning to‘liq mazmuni ana shunday xabarlar tizimidan iborat. Endi lirik qo‘shiqdan bir namuna keltiraylik:
“Tolga chiqib tol bo‘ldim,
Tusholmay behol bo'ldim.
O'z tengimning ichida
Muncha betole bo'ldim”4.
Qo'shiq aytayotgan qizmi, yigitmi tolga chiqqani, tushgani haqida xabar berayotgandek tuyiladi. Vaholanki, uning maqsadi bizga qilgan harakatini aytish emas, balki o‘z tengini topa olmay qalban iztirob chekayotganini izhor qilishdir. Tol esa shunchaki bir vosita, xolos. Odatda, qo‘shiqlarning dastlabki misralari, ko‘pincha, tinglovchini chalg‘itish yoki nimanidir ifodalash maqsadida to‘qiladi. Asosiy maqsad oxirgi misrada, ba’zan 3-4-misralarda ifodalanadi.
Yana bir qo‘shiq matniga murojaat qilaylik:
Dayrani ul yuzidan sel keladi,
Sel bilan ikki o'rdak teng keladi.
O’rdakka o'rdak munosib, g‘ozga g‘oz,
Yigitga qayliq munosib, qizga noz.
Bu qo‘shiqda daryodan toshib kelayotgan sel, sel bilan teng uchayotgan o‘rdak, o‘rdakning o‘rdakka, g‘ozning g‘ozga munosibligi, yigitning orzu qilgan qizda noz, istig‘noni ko‘rish havasi borligini ifodalovchi vosita - bir bahona, xolos. Yigitning asosiy niyati o'ziga munosib deb bilgan yor tavsifi, uning o‘ta andishali qiz ekanini ta’riflashdir. Shunday qilib, inson qaysi vosita bilan bo‘lmasin, o‘zining his-tug‘usini, ichki kechinmalarini, ruhiy holatini izhor qilar ekan, lirik asar namunasi vujudga keladi. Shuning uchun ham ayrim iqtidorsiz shaxslaming ma’nosiz qofiyalar yig‘indisidan iborat she’riy asarlarini lirika namunasi deb bo‘lmaydi. Haqiqiy ma’nodagi lirik asar insonni loqayd qoldirmaydi, unga ma’naviy huzur bag‘ishlaydi, estetik rohat beradi.
Xalq og'zaki ijodidagi har bir lirik qo‘shiq qachonlardir dil so'zlarini aytish bilan ruhiy olamidagi o‘zgarishlami bildirmoqchi bo'lgan yigit-qizlarning qalb daftaridagi muhrlangan misralardan iborat. Hatto bolalar folkloriga mansub allalarni olasizmi, “Boychechak”, “Oftob chiqdi olamga” qo‘shiqlarini olasizmi, lirik asarlar talabiga javob berishi shart deb hisoblash kerak.
Xullas, lirik qo‘shiqlar asrlar davomida xalq og‘zaki ijodidagi qalb izhorini ifodalovchi asosiy janr sifatida yashab kelgan so‘z durdonalaridir.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin