1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə31/78
tarix26.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#135207
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

7. Afrikancha tarbiya. Maqsadi: yosh avlodni Afrika jamiyatida va Afrika sharoitida yashashga tayyorlash. Xalq donishmandligi, ma’naviy, madaniy tajribasini avloddan-avlodga etkazib, afrikaliklarning (mustamlakalik davrida) xo‘rlangan qadr-qimmatini, milliy g‘ururini tiklashga xizmat qildi va mustaqillik uchun kurashga tayyorladi. Afrikalik har bir bola - o‘z qishlog‘ining umumiy ma’naviy farzandi, deb idrok qilinadi. Bola 6-7 yoshga kirguncha uning tarbiyasi bilan ona, 7 yoshdan osh- gach, o‘g‘il bolani otasi yoki tog‘asi tarbiyalaydi, 10-11 yoshdan o‘g‘il-qizlar kasbga, 15-16 yoshdan oila qurishga tayyorlay boshlanadi.
8. Madaniyatga mos tarbiyalash. Adolf Disterverg (1790-1866). Tarbiya bilan muhit, o‘lka, milliy madaniyat, jamiyat hayoti o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘lash zarurligi ta’kidlanadi. Tarbiya chog‘ida bolaning tug‘ilgan va yashashi kerak bo‘lgan joy, Vatanning sharoitiga, zamonaviy, milliy madaniyatga tayanish talab qilinadi.
9. Javonmardlik (futuvvatchilik) tariqati. Javonmardlik dastur va qoida talablari orqali umrini do‘stga bag‘ishlash, faqat yaxshilikni o‘ylab, borini o‘zgalar bi- lan baham ko‘rish, muhtojlarga yordam berish, piru ustoz, do‘st-birodarlar nomusi, sharafini himoya etish, zohiran va botinan pok, pokiza insonlar suhbatini qozonishga intiluvchi, muayyan qonun-qoidaga rioya etuvchi, ma’naviy va jismoniy etuklikka intiluvchi, mardlik va olijanoblikning namunasini ko‘rsatuvchi, zulm va haqsizlikka qarshi kurashuvchi, boylikdan insonni ustun qo‘yuvchi yosh yigit (farzand)larning ustoz (ota) tomonidan tarbiyalanishiga qaratilgan ma’naviy-tarbiyaviy harakat X asrdan boshlab Movarounnahrda amalda bo‘lgan.
10. «Vatan tarbiyasi». Rus dekabristlari. XIX asr oxiri - XX asr boshi. YOsh avlod rus xalqi urf-odatlariga, umuman rus xalqiga bepisand qarash va G‘arb madaniyatiga ko‘r-ko‘rona sig‘inishga qarshi chiqdilar. Tarbiya rus tilida, rus urf-odatlariga hurmat ruhida olib borilishi kerakligi talab qilindi.
11. Jadidchilik (Usuli savtiya). SHarq xalqlari ma’naviy hayotida, maorifida taraqqiyparvar oqim. Islom dinining rolini saqlab qolgan holda, musulmon maktablarida dunyoviy fanlarni ham ona tilida o‘qitishga, turkiy xalqdarni ilm-ma’rifatda, haq-huquqda dunyoning taraqqiy qilgan millatlari bilan tenglashtirishga ilk harakatlar qilindi. Bu harakatlarning shiori: yangi usulda ta’lim va tarbiyani Ovrupo sivilizatsiyasiga moslashtirish emas, balki Ovrupo sivilizatsiyasini o‘rganib, milliy madaniyatga xizmat ettirish edi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin