1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Tarbiyani insonparvarlashtirish. Shaxs erkinligi va tarbiya



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə29/78
tarix26.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#135207
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

3. Tarbiyani insonparvarlashtirish. Shaxs erkinligi va tarbiya. Tarbiyani insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishga imkon yaratadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida uning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va hiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Ya’ni, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlashga yo’naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi.
Tarbiyani insonparvarlashtirish.
Bu printspga qo`yiladigan asosiy talablar:
- tarbiyalanuvchi shaxsiga insoniy munosabat;
- uning xuquqi va erkinligini xurmat qilish;
- tarbiyalanuvchiga kuchi etadigan va oqilona shakllantirilgan talablarni qo`yish;
- tarbiyalanuvchining xolatini xatto u taqdim etilgan talablarni bajarishidan bosh tortgan paytda xam tushunish;
- kishining o`zibilan o`zi bo`lish xuquqini xurmat qilish;
- tarbiyalanuvchilar ongiga tarbiyaning maqsad va vazifalarini etkazish;
- talab etilayotgan sifatlarni majburiy shakllantirmaslik;
- shaxsning or-nomus va qadr-qimmatini kamsituvchi jazoga yo`l qo`ymaslik;
- ma'lum sabablar bilan shaxsning xaqligiga zid keluvchi sifatlarni shakllanishini - uning tomonidan to`liq rad etilish xuquqini tan olish.
Tarbiyaviy jarayonning insonparvarlashtirilishi uning demokratlashtirilishi bilan bevosita bog`langan. Demokratlashtirish, dastavval tarbiyaviy tizimning barcha bosqichlarini uslib va metodlarida ko`rinadi. Shu ma'noda demokratlash avtoritarizmning aksidir.
Milliy tarbiya yo‘nalishlari. Mustaqil respublikamizda o‘quvchi-yoshlarni komil inson etib tarbiyalash oliy maqsadimiz bo‘lgan “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish”ga xizmat qiladi. CHunki komil inson tarbiyasi milliy qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimizning orzu-umidlari va asosiy g‘oyasi bo‘lib kelgan. SHu bois Respublikamizdagi barcha ta’lim tizimida komil insonni tarbiyalash milliy g‘oyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Muhtaram prezidentimiz SHavkat Mnrziyoevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqida ushbu masala haqida shunday ta’kidlandi: “O‘zbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosan maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir. Ayni vaqtda musulmon olami va jahon hamjamiyatidagi munosib o‘rnimizni yanada mustahkamlashdir.
Bu avvalambor, ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo‘naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog‘liq ekanini biz yaxshi anglaymiz. 1997 yilda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishi samarasida mazkur soha tubdan isloh qilindi, zamonaviy uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi yaratildi”.
Bu o‘rinda milliy tarbiyaga milliy rivojlanishimizning asosiy vositasi sifatida qarash va uni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Binobarin, milliy tarbiya e’tiborsiz qoldirilsa, stixiyali tarzda kechsa, xalqning milliy o‘zligini anglash darajasi, milliy g‘ururi, madaniyati, vatanparvarlik darajasi susaya boradi. CHunki har bir individ o‘ziga xos milliy-madaniy an’analar, me’yorlari bo‘lgan jamiyatda shakllanadi. Milliy urf- odat; me’yorlar, an’analar ruhida ijtimoiylashuvi uni ana shu madaniy-tarixiy birlikning a’zosiga aylantiradi.
Quyida turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiyaviy konsepsiyalar va qarashlar, dasturlarning qisqacha tavsiflarini keltiramiz. Zero, bunday qiyosiy pedagogik yondashuv milliy tarbiyaning izchilligini, tamoyillarini, mazmunini, usullarini, vositalarini belgilashning tarixiy pedagogik manbalarini ko‘rsatishga xizmat qiladi:
1. Avesto: axloqiy uchlik tamoyili. Eramizdan oldin- gi IX asrdan IV asrgacha davrda hozirgi O‘zbekiston hududida tuzilgan ijtimoiy-tarbiyaviy majmua. Uning faol ta’siri Markaziy Osiyo xalqlari tarixini eng qadimiy zamonlardan tortib to islom davrigacha davom etdi. Avestoning pedagogik mazmuni Gumata (Gumata — yaxshi fikr), Gukta (Gukta — yaxshi so‘z), Gvarshta (Gvarshta — yaxshi ish) tamoyillarida ifodalanadi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin