1-mavzu: tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


-mavzu: Milliy tarbiyani shakllantirshda vorisiylik va qadriyatlar uyg’unligi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə27/78
tarix26.06.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#135207
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78
1 mavzu tarbiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja

9-mavzu: Milliy tarbiyani shakllantirshda vorisiylik va qadriyatlar uyg’unligi.
Reja:

  1. O‘zbek tarbiyashunosligida vorisiylik va qadriyatlar ustivorligi.

  2. Ajdodlar o‘gitlari va an’analar.

  3. Tarbiyani insonparvarlashtirish. Shaxs erkinligi va tarbiya.

  4. Tarbiyani insonparvarlashtirish. Shaxs erkinligi va tarbiya.

  5. Tarbiyada o‘tmish va zamonaviy transformatsiya.

  6. Milliy tarbiya yo‘nalishlari.



1. O‘zbek tarbiyashunosligida vorisiylik va qadriyatlar ustivorligi. Vorislik-tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti jarayonida hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik; jamiyatda ijtimoiy va madaniy qadriyatlarning avloddan avlodga o‘tishi hamda o‘zlashishi; ananalarning amal qilishi.
Har qanday ijtimoiy tuzumning qudrati undagi kishilar ma’rifati, ma’naviy salohiyati, insonparvarlikka yo‘g‘rilgan ta’lim-tarbiya jarayonining qay darajada rivojlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Albatta, bu rivojlanish avlod tarbiyasiga g‘amxo‘rliksiz amalga oshmaydi.
Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining ilk bosqichidayoq, ta’lim-tarbiya masalasida bir qator axloqiy mo‘ljallarni yangilash muammosi yuzaga keldiki, u milliy tarbiyamizdagi ezgu ishlardan ibrat olish ma’naviyatimiz hamda merosimizga ixlos qo‘yish, xalqimizning ixlosmandlik an’nalarini rivojlantirishni taqozo etadi.
Biz yoshlarimizni ana shu ijodkorlarimiz, fidoiy olimlarimizning ibratli hayotidan namuna olishga o‘rgatishimiz, ularni o‘z maslagi va intilishlariga ixlosmand qilib tarbiyalamog‘imiz lozim.
Xalqimizningtabiatini anglatuvchi milliy-madaniy an’analari qotib qolgan emas. Balki, ular yangi sifatlar bilan boyishi kerak bo‘lgan xalq ma’naviyatiga oziq bo‘ladigan va undan ozuqa oladigan shaxsni shaxsga, elatni elatga, millatni millatga yaqinlashtiruvchi va bog‘lovchi kuchli omildir.
An’analar bir avloddan ikkinchisiga ibrat orqali o‘tib boradi. Ulkan shaxslar ibrati, ajdodlar ibrati, ota-ona ibrati, namunasi bunga misol bo‘la oladi.
Inson tug‘ilib, yorug‘ dunyoni idrok etishni boshlar ekan, dastlab atrofdagilardan, ayniqsa, yoshi ulug‘lardan ibrat olib, ma’naviy kamolot kasb etib boradi. Bu o‘rinda, biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, ota-ona, aka-opalari, keyinroq, bog‘cha va maktabga borganda, ustozlari uning uchun birinchi ibrat maktabi bo‘ladi.
Odamlar jismoniy kuch, iste’dodi jihatidan tent emas va shunga qaramay, biz ularning barchasiga nisbatan ma’naviy qadr- qimmmatni birdek joyiga qo‘yishga intilamiz. SHubhasiz, ma’­naviy egilitarizm, bu - hech qachon etishish mumkin bo‘lmagan orzu, birok, biz unta borgan sari yaqinlashayotirmiz.
Bu yaqinlashish esa ibrat orqali amalga oshadi. Falsafiy pragmatizmning yirik namoyondasi U. Jeyms fikricha, Inson dunyodan ibrat olib, yangi haqiqat yaratadi.
O‘tmish ajdodlarimiz tarixiga nazar tashlasak, ular barcha insoniy fazilatlardan ibrat olib yashaganligini, qiyinchilik, mehnatu zahmatlardan cho‘chimaganligining guvohi bo‘lamiz. Muhammad Muso Al-Xorazmiyning quyidagi fikrlari bunga asos bo‘ladi:
“O‘tmish davrlarda o‘tgan olimlar fanning turli tarmoqlari... sohasida asarlar yozish bilan o‘zlaridan keyingi keladiganlarni nazarda tutardilar... Ulardan biri o‘zidan avvalgilaridan qolgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o‘zib ketardi, uni o‘zidan keyin keluvchilarga meros qoldiradi, boshqasi o‘zidan avvalgilarning asarlarini sharxdaydi, bu bilan qiyinchaliklarni osonlashtiradi... O‘zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo‘ladi, takabburlik qilmaydi va o‘zi qilgan ishidan mag‘rurlanmaydi”.
Inson jamiyatsiz yashay olmaganidek, jamiyat ham insonsiz mavjud bo‘lmaydi. Har qanday jamiyat o‘zini tashkil qilib turgan kishilarning faoliyati, o‘zaro munosabati va umrguzaronligi bilan tirikdir.
SHu ma’noda, inson har qanday jamiyat bor bo‘lishini ta’minlab turadigan asosiy ijtimoiy unsurdir.
Bunday ta’minlanib turish insonning individual shaxsiy ishtiroki, ya’ni biror guruh, qatlam, qavm, elat, xalqyoki millat doirasidagi faoliyati, oila vaturmushdagi xatti-harakati, amalga oshirgan ishlari, yaratgan boyliklari, o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan munosabati, orqali namoyon bo‘ladi. Bu munosabatlarning eng muhimi, inson shaxsining ma’naviy qiyofasini shakllantiradigan jihati ibratdir. SHu o‘rinda, mustaqilligimizning tayanch nuqtasi - kishilarimizdagi imon-e’tiqodni takomillashtirish omili bo‘lgan milliy g‘urur va nafsoniyat, milliy fe’l-atvorni shakllantirish ham ibrat va ixlosni o‘zaro mutanosibligida yuzaga kelishi hech kimga sir emas. Milliy fe’l-atvorni shakllantirishda na ijtimoiy institutlarning, na ota-onaning, na o‘qituvchilarning o‘rni haqidagi gaplarga e’tiroz bildirish qiyin. Lekin bir narsani qat’iy anglab olishimiz kerakki, fe’l-atvorni pand-nasihat, dashnom, ma’ruza shakllantirmaydi; uni munosabat va ibrat shakllantiradi.
Har qanday shaxs hayotda o‘ziga nisbatan qo‘llangan munosabat va o‘nta nisbatan ko‘rsatilgan ibrat asosida o‘zlashtirgan tajribasini qo‘llaydi.
Har narsadan yaxshi ibratli, kerakli narsa, sifatni ajratib ola bilish axloqiy kamolotning muhim mezonidir. An’analarda esa xuddi shu tomon juda kuchlidir. An’analar va qadriyatlar har bir millat, xalqning shonli tarixi, ildizlari milliy qiyofasidir.
Bola tarbiyasi sohasidagi milliy urf-odatlarni qunt bilan o‘rganish va uni hayotga tatbiq etish juda zarur. Qush uyasida ko‘rganini qiladi deganlaridek, kattalarning namunali xulqi, mehnat va oilaviy an’analari, xarakter va kayfiyatlari yosh avlodning hayot xaqidagi qarashlari va g‘oyalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, bola taqlidchan bo‘ladi. SHuning uchun ibrat taqliddan iborat bo‘lib qolmasligi kerak. Tarbiya ishida hamma narsa tarbiyachining shaxsiga, ichki dunyosi va tashqi qiyofasiga asoslanishi lozim. SHu bone, ayniqsa, murabbiyning shaxsiy xislatlari tarbiyaga kuchli g‘oyaviy-estetik ta’sir etadi.
Ixlos va ixlosmandlikning ibrat bilan aloqadorligi shundaki, biz barcha yaxshi amallarni, solih ishlarni diniy-axloqiy tarbiya asosida hamda ijtimoiy amaliyotdagi insonparvarlik tamoyillaridan ibrat olish asnosida shakllantirib, o‘zimizning amaliy faoliyatimiz, maqsad hamda muddaolarimizga asos qilib olamiz.
Bu shuning uchun ham zarurki, biz azaliy qadriyatlarimizni urf-odatlarimizni bilmay, undan ibrat olmay turib, go‘zal xulq va muomala madaniyatiga eta bo‘la olmaymiz.
Har bir jamiyat xalqni muayyan maqsadlar va manfaatlar yo‘lida uyushtirib turuvchi, safarbar etuvchi g‘oyalar va ta’limotlarga muqarrar ravishda ehtiyoj sezadi. Bu-qonuniyat. Odamlarning, ijtimoiy guruhdarning, boshini qovishtirib, birlashtirib turadigan mafkuraviy ta’sir bo‘lmasa, parokan- dalik, boshboshdokdik boshlanadi, jamiyatda taraqqiyot bo‘lmaydi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy inqiroz avj olib ketadi. Ko‘rinib turganidek, jamiyat taraqqiyotini mafkurasiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Avvalo, mafkuraning o‘zi nima?
Rus olimlari V.I. Kovalenko va A.I.Konstinning fikrlaricha (mafkura) ideologiya tushunchasi dastlab ilmiy iste’molga fransuz ma’rifatparvari Antuan Destyu de Grasi tomonidan kiritilgan. U o‘zining “Fikriy qobiliyat haqida etyud” nomli asarida “ideologiya” terminini g‘oyalar haqidagi fan, deb baholagan. Keyinchalik, o‘zining ko‘p jildli asarlaridan biri “Ideologiya elementlari” (1805-1815 yillar)da g‘oyalar haqidagi fanni inson tafakkurida qanday paydo bo‘lishi va rivojlanishi haqida batafsil to‘xtalib, bu fan xuddi tabiiy fanlar kabi aniq bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Mazkur termin o‘sha davrdagi boshqa - fransuz olimlari, Kabanis, Gar, Jordano, Lapslin asarlarida ham keng qo‘llanilgan.
O‘sha davrlardayoq mafkuraviy jarayonlar inson ehtiyojlariga bog‘liq holda yuzaga kelishi hamda kishilar o‘z faoliyatlari ko‘lamini ijtimoiy ehtiyojlar doirasida takomillashtirishi asosida mafkuraning o‘zini ham shakllantirish mumkinligini anglab etganlar. Demak, mana shu jihatning o‘zi ham mafkura sohasi inson fe’l-atvori, intilishlari, maqsad-muddaolari asosida takomil topishini bildiradi.
Demak, barcha mafkuraviy jihatlar inson, uning tafakkuri, ehtiyoji asosida shakllanar ekan, avvalo jamiyatning o‘zini ham insoniylik fazilatlari bilan bezamoqzarur. Insonni olijanob ishlarga ixlosmand qilib tarbiyalash joiz. Ammo bu unchalik oson ish emas. Fikrimizning dalili sifatida Ahmad Donishning inson haqidagi quyidagi fikrlarini keltiramiz: “Inson zuvalasi-shaytoniy, hayvoniy va malokoniy xislatlardan iborat qorilgan xamirdan uzilgandir”. SHu bois u doimo hato qilishga moyildir. CHunki, uning ruhida ijobiylikdan ko‘ra, salbiylikka yaqin bo‘lgan ikkita - shaytoniy hamda hayvoniy xislat ustundir. SHaxsda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ayni shu holatga alohida e’tibor qaratish lozim.
Inson tabiatdagi qusurlardan forig‘ bo‘lish, milliy istikdol g‘oyasiga ixlos qo‘yish va uni e’tiqot darajasiga ko‘tarish kishilarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning birlamchi asosidir. Lekin, ijtimoiy hayotda shunday g‘ayri-mantiqiy holatlar mavjudki, bular, ko‘pincha jamiyat tanasidagi nuqson, zararli o‘simta sifatida uzoq vaqt saqlanib, davrdan davrlarga ham o‘tib boradi.
Ilm-fan, ma’rifatga, shuningdek, tashkiliy uyushqokdikka rag‘batning yuksalishi, shaxe va uning faoliyati orqali, jamiyatdagi muammolarning echimini topish kalitini beradi. Odam ma’rifat va bilimga qanchalik intilsa, jamiyat hayotining ma’naviy qiyofasi shunchalik ko‘rkam bo‘ladi.
Ikkinchi tomondan, kishilar xafsalasini pir qiladigan, ularni muayyan ijobiy jarayonga nisbatan ixlosini qaytaradigan boshqa sabablar ham mavjud. “SHunga ko‘ra, inson voqelikni doim ham ijobiy tarafga o‘zgartiradi, deb bo‘lmaydi. Ajoyib qasrlar bunyod etgan, vohalarni obod etgan ham inson, shaharlarni to‘pga tutib kulini ko‘kka sovurgan, o‘rmonlarga o‘t qo‘ygan ham odam bolasi (zero, hayvonning qo‘lidan bu ishlar kelmaydi). Dunyoni hayratga solgan kashfiyotlar, ko‘ngillarni zabt etuvchi g‘azallar, dostonlar inson aqli-zakovati, iste’dodi mahsuli, ammo kitoblarni gulxan qilib yoqtirgan, onatuproqni zaharlab, zilol suvni og‘uga aylantirganlar ham jo\il sarbozu savodsiz dehqon emas, o‘zini tabiat, jamiyat ustidan hukmron bilgan ulamoyu kubarolardir”. Adabiyotshunos olim, professor I.Imomnazarovning ushbu mulohazalarida ibrat, tarbiya va ixlosga doir masalalar yuzasidan mushohada yuritishga chorlovchi asos bor. Xo‘sh, nima uchun oddiy sarboz yoki dehqon emas, ayni ma’lum iqtidorga, bilimga ega bo‘lgan ayrim kishilar buzg‘unchi g‘oyalarga rahnamolik qiladi?!
Buning boisi o‘z maslagi hamda bilimiga nisbatan e’tiqodining sustligi, ixlosining haminqadarligida emasmi? YOki ilmning sayozligi-yu, unga amal qilishga rag‘batning yo‘qligida emasmi? Xalqimizda: “Ilmga amal qilmagan mulladan....” - deya boshlanadigan maqol bor. Til bilan dil birligi, ish bilan amal birligini ta’minlovchi omil esa kishilardagi bilim, e’tiqod va ixlos yaxlitligidan iboratdir.
Ahmad YUgnakiy o‘zining “Hibbat-ul haqoyiq” (“Haqiqatlar arg‘umoni”) nomli asarida yozganidek: “Bilim bilan baxt-saodat yo‘llari o‘rganiladi, bilim egallab saodat yo‘lini top. Bilimli kishi qimmatli oltindir. Johil, bilimsiz kishilar arzimas qalbaki (aqcha)”dir. Demak, kishi qalbini nurafshon qiladigan, uni yaxshi amallarga chorlaydigan, ajdodlar merosini e’zozlashga o‘rgatadigan rahbari najot ham bilimdir. SHu bois, kishilarimizda mustahkam e’tiqodni, yuksak axloqiy fazilatlarni kamol toptirish, milliy g‘oyamizga ishonch va ixlosni takomil- lashtirish uchun avvalo ularni bilimli qilish, o‘z xalqi o‘tmishini, ma’naviyatini chuqur bilish asosida o‘zligini anglashlari zarurligini o‘rgatmoq zarur.
Buning yo‘li - odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning imon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning tafakkurida o‘zligini unutmaslik, ota-bobolarining muqaddas qadriyatlarini asrab avaylash va hurmat qilish fazilatini qaror toptirish. Ularni men o‘zbek farzandiman, deb g‘urur va iftixor bilan yashashga eri- shishdir”.
Avvalo, shuni qayl etish lozimki mafkura bir muddatda namoyon bo‘lib, so‘ngra so‘nib qoladigan tasodifiy hodisa emas, balki ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarning tarkibiy qismi, ularning maqsad yo‘nalishlarini ifodalaydigan g‘oyalar majmuasidir.
Demak, jamiyatning ma’naviy hayotida mafkuraviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Ayni mana shu zaruriyat mafkuraviy immunitetni takomillashtirishning muhim shartidir. Har qanday targ‘ibot esa insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgandir. Ayniqsa, bu ishda yoshlarimiz o‘qiydigan kitoblarni, adabiyotning ahamiyati katta. Adabiyotshunos Rahmon Qo‘chqor adabiyot kuchli mafkuraviy ta’sir vositasi ekanini, lekin uning ko‘pincha xolis niyatga ega bo‘lmagan namoyondalari g‘arazli maqsadlarda foydalanib kelganligini fransuz yozuvchisi Markiz de-Sad fikrlari asosida isbotlashga harakat qiladi. Markiz De-Sad “Fohishaxonadagi falsafa” kitobida yozgan edi: “biz butun dunyoni egallamog‘imiz uchun bundan buyon katta muhorabalarda qatnashishimiz, jangu-jadallar yuritib dunyoning qariyb uzoqo‘lkalarida farang askari halok bo‘lishi-yu uning jasadi va etiklari chirib bitishi mutlaqo shart emas. Agar biz boshqa mamlakatlarga, sharqqa axloqimizni (to‘g‘rirog‘i axloqsizliklarini — R.Q.) menikiday kitoblar va boshqa yo‘llar bilan tarqata olsak, uni o‘sha xalqlar turmush tarziga aylantira bilsak jumlai jahon oyog‘imiz ostiga yukunib keladi, butun odamzotning qalbiga egalik qilishga muvaffaq bo‘lamiz”.
Milliy mafkuraning tamal toshi, eng avvalo, uyda, bog‘chada, maktabda bolajonlarimiz qo‘liga tushadigan o‘yinchoqlar, kitoblar, o‘quv qurollari bilan qo‘yiladi.
Xalqimizga, vatanimizga sadoqat ruhini tarbiyalash uchun quyidagi muhim dolzarb masalalar hal etib borilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi:
- ta’lim muassasalarida bolalarning yoshiga mos dasturlar asosida milliy mafkurani ularning ongiga singdirish maqsadida dasturlar yaratish;
- o‘quvchi - talabalar ongida milliy g‘oya va milliy mafkurani shakllantirish ishlarini, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida uzluksiz tarzda olib borish;
- o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalarda milliy mafkura g‘oyalarini teran aks ettirish;
- maktab, litsey, institut va universitetlarda mafkuraviy tarbiyani bugungi kun talablari darajasiga ko‘tarish;
- pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish.
Bunday ishlar har bir fuqaro ongida juda katta mafkuraviy boyliklar yaratadi. Muhimi, xalqimizga, vatanimizga, tariximiz va madaniyatimizga bo‘lgan ixlos tuyg‘ulari hayotimizni farovon etadi.
Alloma Sulaymon Boqirg‘oniy “manim hor bo‘lishim - o‘z g‘aflatimdan” degan fikri orqali inson ilmga intilmasa, jaholat qorong‘uligida qolib, dunyo oldida g‘aflatda bo‘lsa, ul qalb hamisha xorlikka mahkumdir, degan umuminsoniy g‘oyani ilgari surgan edi. Bu hikmat tarixiy taraqqiyot jarayonlarida doimo o‘ziga xos e’tirofini topib keldi.
Xo‘sh, ilm olishga ixlos targ‘iboti zaruriyatmidi?
Aslida ma’rifatning, ilmning, unga ixdosning ham ilk yo‘li ibratdir. Ilm-ma’rifatga ixlos qo‘yish, avvalo, oilada ota-ona ibrati hamda tarbiyasi asosida yuzaga keladi.
Ilm insonlarga ularning ahvolini va istiqbolini oynadek ko‘rsatib turadi, odamning zehnini, fikrlarini o‘tkirlaydi. Mashhur yozuvchi Stefan Uvelening fikricha ikki kashfiyot insoniyat taraqqiyotining bemisli tezlashtirib yubordi. Bular- ning birinchisi g‘ildirakni, ikkinchisi esa kitob bosishni kashf qilinishidir. Odamzot g‘ildirak tufayli tovuqday o‘z katagida tuxum bosib o‘tirishdan xalos bo‘lib, dunyo aylanishi, boshqa xalkdarni taraqqiyot darajasi va bu darajani sirlari bilan tanishishi, o‘ziga va o‘z hayotiga chet nigoh bilan qarash, boshqalar ko‘zgusida o‘z hayotini ko‘rish imkoniga ega bo‘lgan bo‘lsa, kitob tufayli shularning barchasini o‘tirgan joyida o‘z tasavvuriga kirita oladi.
Nega bugun kam kitob o‘qilyapti?
Sabab qilib, bozor iqtisodiyoti, turmush tashvishlari, yugur-yugur, ko‘pdan kam bo‘lmaslik g‘ami, texnikaviy taraqqiyot, kompyuter zamoni, vaqt tig‘izligi va boshqalar ko‘rsatiladi. Kechagina muk tushib eng og‘ir damlarda sham bilan kitob o‘qigan, yozganlarning turmush tashvishlari yo‘qmi? Ularning orzu-umidi, qorin g‘ami, bolalar qayg‘usi yo‘qmidi?
Bor edi ammo ertaga nima bo‘lishini bilish, dunyoni anglash, olamni go‘zal ko‘ra olish, kelajakni sog‘inib, ulug‘ niyatlarning ushalishi yo‘llarini topish, e’tiqod va irodasini toblash uchun kitob o‘qirdi. O‘qiy olmagani hikmat tinglardi. Bu kishilar dunyoqarashini, ma’naviyatini yuksaltirishga, o‘z qadr-qimmati, izzat-nafsini yuqori tutishga ichki bir ehtiyojini yuzaga keltirar edi.
Doktor Albert Makob shunday e’tirof etadi: “Ilmiy ishlar bilan shug‘ullanishim xudoga bo‘lgan ishonchimni mustahkamladi. Hattoki, avvalgidan ko‘ra mustahkamroq, asosliroq bo‘lishiga olib keldi. Hech shubha yo‘qki, ilm, albatta, insonga Ollohning qudratini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Inson o‘z ilmiy izlanishlarida yangilik kashf qishani sari uning imoni ham kuchayib boraveradi” (Hamidjon Hamidiy. “Ko‘hna SHarq darg‘alari”. “SHarq” NMK, 1999, 37-bet).
Ilm inson irodasini toblash bilan bir vaqtda hayotda nimadan ibrat olish va nimalardan o‘zini tiyish zarurligini ham kishilarga ko‘rsatib turadi.
Ilmga ixlos kishilarning muayyan narsa va hodisaga qiziqishi, ishonchi, uning biror g‘oyani, ijtimoiy, siyosiy, iq- tisodiy maqsadlarni, axloq-odob normalarini, qadriyatlarini, o‘z faoliyati va ma’naviy kamolotiga asos qilib olishiga zamin bo‘ladi.
YOshlarni ilmga ixlosmand, tafakkur hikmatlaridan ibrat olish ehtiyojini o‘stirish bilan ruhiy olamini kamol toptirishga oila, bog‘cha, maktab va jamoa birdek mas’uldir.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin