Oila jamiyatning birlamchi, asosiy bo‘g‘inidir. Oila hayotning
abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-
odatlarimizni saqlaydigan, kelajak nasllar qanday inson bo‘lib etishi-
shiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir. “Oila – bu
jamiyatning negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushu-
nish mumkin va lozim. Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa,
oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan
ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda
yashash mumkin emas. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida
quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega
bo‘ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-
ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining
shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‘-
lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada
ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”.
Oilaning jamiyatdagi nufuzi, e’tibori nihoyatda katta. Jamiyat oila-
dan tashkil topadi. Oila qancha mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham shuncha
barqaror bo‘ladi.
Jamiyatning ma’naviy qiyofasi ham oilaning qandayligiga, uning
ma’rifatiga, oilada tarbiyalanib, voyaga etkazilgan har tomonlama etuk
va barkamol avlodga bog‘liqligi tarixda o‘z isbotini topgan haqiqatdir.
Chunki, aynan oila zamirida, sog‘lom oila muhitida xalqimiz va
millatimizning buguni va kelajagi bunyod etiladi.