Sinfdoshlar va Albert Popkov. Bu yil eng qadimgi rus tilidagi "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog’ining yaratuvchisi o’zining 45 yilligini nishonlamoqda. U namunali talaba emas edi, maktabni tashlab, ko’plab asarlarni sinab ko’rdi, lekin oxir-oqibat dasturlashga keldi. Moskvadagi texnik maktabda o’qiyotganda, u Sovet o’yin kompyuterlari uchun dasturiy ta’minot yaratdi.
1995 yildan boshlab u saytlarni faol rivojlantira boshladi. Uning martaba ro’yxatida - ma’lumot xizmatida rivojlanish bo’yicha direktor lavozimi. U "Odnoklassniki" loyihasini 2006 yilda boshlagan. Xalqaro Internet figuralari ittifoqiga ko’ra, Albert "Yil odami - 2008" deb nomlangan.
VKontakte, Telegram va Pavel Durov.“VKontakte” ning sobiq bosh direktori va “Telegram” messenjerini yaratuvchisi, 33 yoshli Pavel Durov talabalik yillarida stipendiya va mukofot to’plashdan charchamadi: u Rossiya Federatsiyasi Prezidentining stipendiyasi bilan taqdirlandi, Potaninskiy stipendiyasi va boshqa yuqori mukofotlarning uch karra g’olibi edi.
Qizig’i shundaki, ko’p qirrali Durov Sankt-Peterburg davlat universitetining ingliz filologiyasi va tarjimasi bo’yicha qizil diplomini olgan va bundan oldin u shu o’quv yurtida harbiy mutaxassislikda o’qigan. Shunisi qiziqki, Durovning otasi filologiya fanlari doktori, akasi esa fizika-matematika fanlari nomzodi.
3. Ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy va salbiy tomonlari.Hozirgi davrda Internet tarmog’iga ulangan kompyuter, mobil telefonlari deyarli ko’plab xonadonlarda mavjud. Bundan tashqari, yoshlar internet kafelarda ham tarmoqdan foydalana oladilar. Bugungi kunda axborot texnologiyalari jadal taraqqiy etishi va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga joriy etilishi sababli barcha uchun kompyuter savodxonligi dolzarb masalalardan biridir.
Yoshlar ijtimoiy tarmoqlar kengayib borayotgan davrda o’sib ulg’aymoqda. Bu quvonarli hol albatta. Biroq har narsaning me’yori bo’lmog’i zarur. Yoshlar virtual olamning haqiqiy olam emasligini bilib borishlari shart. Ba’zan bolalar kattalar tomonidan nazoratsiz va ularning ruxsatisiz tarmoqqa tashrif buyurish imkoniga ega bo’lib qoladilar. Bolalar va o’smirlar Internet tarmog’ida sayr qilarkan, ularga umuman kirish mumkin bo’lmagan saytlarga duch kelishlari mumkin.
Tabiiyki, bunday axborotlar qiziquvchan yoshlarni o’ziga ko’proq jalb etadi. Biror harakatni amalga oshirishda bolalarga qanchalik ruxsat etilmasa, ularda shunchalik yuqori darajada qiziqish uyg’onishi barchaga ma’lum. Yoshlar tarmoqdagi nosog’lom turmush tarzidan axborot beruvchi ayrim manbalarga duch kelsalar, yanada qiziqib, mazkur axborotlarga alohida e’tibor qaratishlari ehtimoldan xoli emas. Shu sababdan kattalar farzand tug’ilgan kundan boshlab ulariga issiq choynak, qozonlarga yaqinlashish, pichoq, qaychi kabi o’tkir uchli narsalarga tegish mumkin emasligini onglariga singdirganlari kabi, tarmoqdagi axborotlar ham xavfli ekanligini tushuntirishlari, ularda axborotlardan to’g’ri foydalanish salohiyatlarini shakllantirishlari zarur. Albatta, Internet tarmog’i manbalari zamonamiz o’smirlari bilim doirasini, dunyoqarashini kengaytirishi bilan ayrim jihatlariga ko’ra ularning tarbiyasiga nafaqat salbiy, balki xavfli ta’sir ko’rsatishi ham mumkinligini unutmasligimiz zarur.
Yaqindagina ota-onalar yoshlarning kompyuter o’yinlariga berilib, ularga bog’lanib qolishlari xavfidan cho’chib, oldini olishga harakat qilgan bo’lsalar, hozirgi vaqtda esa bu xavfga yana ijtimoiy tarmoqlar xavfi ham qo’shildi.
Internet — bu deyarli barcha qiziqishlarni qondirish makonidir. Ba’zan tarmoqda ayrim axborotlarni izlab o’tirishning ham hojati bo’lmaydi, ular har yerda o’zlari taqdim etilaverishi sababli osongina erishish mumkin.
Shunday ekan undagi ba'zi bir xavflarning oldini olish maqsadida quyidagi tavsiyalarga e'tibor qaratish zarur:
1. Farzandingiz tarmoqdan foydalanmoqchi bo’lganida uni nazoratdan chetda qoldirmang;
2. Farzandingizning tarmoqqa birinchi qadamlaridanoq, Internetda faqatgina "yaxshi" emas, balki "yomon" axborotlarni ham uchratishi mumkinligini tushuntiring;
3. Internetdan biror manbani saqlab olishda e’tibor qaratish zarur bo’lgan qoidalarni tushuntiring;
4. Farzandingizga tarmoqda ham haqiqiy hayotdagi kabi tartib-intizom qoidalarini unutmaslik zarurligini ta’kidlang;
5. Farzandingizning Internetdan foydalanishida ba'zi hollarda cheklovlarni o’rnating;
6. Har kuni farzandingiz muloqotlarini kuzatib borishni o’zingizga odat qiling;
7. Farzandingiz va o’zingizning kompyuter savodxonligingizni muntazam rivojlantirib boring. O’z bilimlaringiz bilan o’rtoqlashing. Internet xavfsizligi sizning bu boradagi bilim va malakangizga ham bog’liq ekanligini unutmang.