6. O’zbekistonda mehmonxona xizmatlari
O’zbekiston haqli ravishda xorijiy turistlar uchun jozibali mamlakat xisoblanadi. Xitoyni yevropa mamlakatlari bilan bog’lovchi Buyuk ipak yo’li o’tgan shaharlarda o’rta asrlardan boshlab turli davrlarga taalluqli to’rt mingdan ortiq arxitektura yodgorliklari mavjud. O’zbekiston ko’plab xorijlik turistlarni jalb qilish uchun boshqa resurslarga ega: cho’l va qo’riqxonalar, tog’ cho’qqilari va daryolar, mineral suv buloqlari.
Ammo hozirgi sayyohlar, hatto ekstremal turizm ishqibozlari ham qulayliklarga o’rganib qolishgan. Agar sayyoh O’zbekistonga tog’ daryosi bo’ylab baydarkada suzish uchun kelgan bo’lsa, bu uning shu daryo qig’og’ida yetib qolishga roziligini anglatmaydi. O’zbekistonning tarixiy, madaniy obidalari bilan tanishish yoki mahalliy ishbilarmonlar bilan hamkorlik o’rnatish uchun keladiganlar yanada ko’proq qulayliklarni hohlashadi. Germaniyaning muvaffaqiyatli ishlayotgan turfirmalaridan birining vaqilini aytishicha: «g’arblik turistlar begonalarning hayotini ko’rishni yoqtirishadi, lekin o’zlarining odatiy hayotlari bilan yashashni istashadi». Ko’pgina xorijlik mehmonlar ularning ehtiyojlari to’liq qondirilmaydigan mamlakatga ozgina muddatga bo’lsada borishni istashmaydi. Haqiqatdan ham, nima uchun ular o’z ta’tillarini turli maishiy muammolarni hal qilishga sarflashlari kerak? Mehmondo’stlik sanoatining vazifasi O’zbekistonga keladigan xorijlik mehmonlar maishiy noqulayliklarga duch kelmasligini ta’minlashdan iborat.
Mehmondo’stlikni insoniyatning fundamental tushunchalariga kiritish mumkin. Biologik jonzot bo’lgan insonga sayyoramizda yashash doimo qiyin bo’lgan. YAshash uchun u o’zi doim yashaydigan joyi bo’lgan uyini tark etishi lozim. Ayrim hollarda u bir necha kun, xafta, oy mobaynida uyidan uzoqda yashaydi. Unga «begona» kishilarning qo’llab-quvvatlashi va yordami kerak bo’ladi. Xuddi ana shu mehmondo’stlikdir.
Vebsterning lug’atiga ko’ra mehmondo’stlik sanoati - bu mehmonlarga nisbatan do’stona munosabat bilan ajralib turadigan mehmondo’stlik tamoyillariga asoslangan xizmat ko’rsatish shakllaridan iborat tadbirkorlik sohasidir. Demak, mehmondo’stlik sanoatini mehmonlarni qabul qilish va ularga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar bozorida ixtisoslashuvchi turli shakldagi tadbirkorlik deb tushunish mumkin.
Mehmondo’stlik - bu mehmonda (mijozda) sizning korxonangiz (mehmonxona, turfirma, restoran, kafe va h.k.) haqida shahardagi eng yaxshi degan tushuncha xosil qiluvchi faoliyatdir.
SHuni doimo yodda tutish kerakki, Sizning korxonangiz raqobatchi korxonalar bilan o’xshash xizmatlar ko’rsatadi. Raqobatchilaringizdan nima bilan ajralib turasiz? Mijozlarga xizmat emas, mehmondo’stlik ko’rsatadigan xizmatchilar bilan. Mijozga xizmat ko’rsatilganda, unga faqat u suragan va talab qilgan narsa beriladi. Mijozga mehmondo’stlik ko’rsatilganda esa mehmondan nima kerakligi suraladi va uning istagi bajariladi.
SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, mijoz siz bilan shaxsan gaplashyaptimi, qo’ngiroq qilyaptimi, yoki xat orqali yozishyaptimi qat’iy nazar u sizning tashkilotingizda asosiy rol uynaydi. Xizmat ko’rsatishning ushbu qoidasi qanday bajarilishiga qarab mehmonxonalar tasniflanadi.
Mehmonxonalarni tasniflashning umumiy mezoni mavjud emas. Har bir davlatning o’z tasnifi mavjud. Har qanday holda ham mehmonxonalarning toifasi xonalardagi uskunalar va binoning texnik ta’minoti darajasiga bog’liq bo’lgan ko’rsatilayotgan xizmatlarning turiga ko’ra belgilanadi. Turli davlatlardagi mehmonxona xizmatlari standarlariga qandaydir o’xshashlik kiritish uchun jahon turizm tashkilotining kotibiyati «Mehmonxonalarni tasniflash kriteriyalarini xalqaro moslashtirish bo’yicha maslahatlar» ishlab chiqqan. Unda bino, xonalar, jihozlar, mebellar, energiya va suv ta’minoti, isitish, sanitariya, xavfsizlik, aloqa, oshxona, mehmonxona xizmatlari va xizmat ko’rsatuvchi personal bo’yicha minimal talablar ko’rsatilgan. Mehmonxonalar klassidagi farqni belgilash uchun (*) (yulduz) belgisidan foydalaniladi. Mehmonxonalar uchun bir yulduzdan (eng past) besh yulduzgacha (eng yuqori) toifalar belgilangan. Turli toifadagi mehmonxonalarga qo’yilgan minimal talablar ancha ko’pdir.
1998 yildan boshlab O’zbekistonda kichik va oilaviy korxonalar shaklidagi xususiy mehmonxonalar (B&B - ingliz tilida «krovat va nonushta» so’zini anglatadi) keng tarqala boshladi. Ularning xizmatidan turistlar bilan bir qatorda xalqaro tashkilotlarning vakillari ham foydalanmoqdalar.
Oddiy xususiy mehmonxona ko’pincha milliy shakldagi hovlisi bo’lgan katta bir yoki ikki qavatli uydan iborat. Bunday mehmonxonalarda xonalarning soni 10-20 ta atrofida bo’ladi.
O’zbekiston Markaziy Osiyodagi turistik mintaqa bo’lib, yetarli miqdorda xalqaro standartlarga javob beradigan mehmonxonalarga ega. O’zbekistonda 96 mehmonxona ro’yxatga olingan (2001). Ulardan xalqaro klassdagi 4-5 toifali 7 mehmonxona majmui mavjud. Ular xorijiy investorlar ishtiroki bilan qurilgan va rekonstruktsiya qilingan.
Intercontinental (Toshkent). Besh yulduzli mehmonxona, shaharning markazida joylashgan. Xonalar soni 246 ta. Jumladan prezident apartamenti, 6 ta King Size shaklidagi xonalar. Xizmat ko’rsatish ob’ektlari: 4 restoran, banket zallari, kafe, ikkita bar, sauna, ochik va yopik basseynlar bo’lgan fitness markaz, guzallik saloni, biznes markaz, 500 kishiga mo’ljallangan konferents zal, transport va h.k.
SHeraton (Toshkent) - besh yulduzli mehmonxona. SHaharning markazida joylashgan. Xonalar soni 25 1ta. Standart nomerdan prezident apartamentigacha 6 xildagi xonalarni taklif etadi. Xizmat ko’rsatish ob’ektlari: 3 restoran, banket zallari, kafe, ikkita bar, sauna, basseyn, go’zallik saloni, biznes markaz, kutubxona, sovg’alar do’koni, sport zali, tennis korti, konferents zal transport va h.k.
Afrosiyob (Samarqand) - to’rt yulduzli mehmonxona. Samarqand shaharining markazida joylashgan. Xonalar soni 278 ta. Standart nomerdan prezident apartamentigacha 6 xildagi xonalarni taklif etadi. Xizmat ko’rsatish ob’ektlari: restoranlar, banket zallari, kafe, barlar, basseyn, guzallik saloni, biznes markaz, sovg’alar do’koni, 300 kishiga mo’ljallangan konferents zal, transport.
Bumi International (Toshkent) - to’rt yulduzli mehmonxona. SHaharning markazida joylashgan. Xonalar soni 190 ta. Bir yoki ikki xonali standart lyuks nomerlar. Xizmat ko’rsatish ob’ektlari: restoranlar, banket zallari, kafe, barlar, basseyn, go’zallik saloni, biznes markaz, sovg’alar do’koni, badiiy galereya, 600 kishiga mo’ljallangan konferents zal, ekskursiyalar tashkil etish, transport.
Le Meridian (Termiz) - - to’rt yulduzli mehmonxona. SHahar markazida joylashgan bo’lib, 50 nomerli, 84 o’ringa mo’ljallangan. 16 ta bir kishilik, 28 ta ikki kishilik va 6 ta lyuks nomerli. Mehmonxonada Fitnes markaz, ikkinchi qavatda sauna, basseyn, yuvinish xonalari, fitobar mavjud. Trinajer zali, massaj xonalari, sartoroshxona, pochta, bank, kiosklar, 200 o’rinli restoran mijozlarga xizmat ko’rsatadi. «Meridian-Otel» mexmonxona kompleksida yevropa taomlaridan tashqari an’anaviy sharq taomlaridan bahramand bo’lishi mumkin. Bundan tashqari quyidagi xizmatlar ko’rsatiladi:
gidtarjimon ko’magida ekskursiya xizmati;
aviachiptalarni rasmiylashtirish;
suvenirlar sotish;
maishiy xizmatlar (kir yuvish, dazmollash va h.k.);
folklor shoular, ishbilarmonlik uchrashuvlari, taqdimotlar, bayram tantanalari va boshqa tadbirlarni o’tkazish bo’yicha buyurtmalar qabul qilish va o’tkazish.
Dostları ilə paylaş: |