1-mavzu. «Turizmni rejalashtirish» fanining



Yüklə 109,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix16.12.2023
ölçüsü109,06 Kb.
#181823
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-amaliy mashgulot.Turizmni rejalashtirish (2)



1-MAVZU. «TURIZMNI
 
REJALASHTIRISH»

FANINING
 
PREDMETI

VA
 
VAZIFALARI. 
AMALIY MASHG’ULOT REJASI: 
1.1.Turizm sohasining milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni. 
1.2.O’zbekistonda turizmni rivojlantirishning istiqbollari.
1.3.«Turizmni rejalashtirish» kursining maqsadi va vazifalari. 
1.4.Sayohat va turizm tushunchalarning farqi 
1.5.Turizm tushunchasi va uning shakllanish tarixi 
1.6.Turizm sohasining tasniflanishi 
1.7.Turistik xizmatlarning xususiyatlari
Tayanch so’z va iboralar:
Turizm, milliy iqtisodiyot, turist,
 
sayohat, turistik 
xizmatlar, Butunjaxon turizm tashkiloti, Gaaga deklaratsiyasi, turistik aloqalar
turistik biznes, xalqaro turizm, Buyuk Ipak yo’li, turistik industriya

turistik oqim, 
ichki turizm, xalqaro turizm, kiruvchi turizm, chiquvchi turizm, rekreatsion 
turizm, ilmiy turizm, shop-turlar, sarguzashtli turizm, diniy turizm, ekoturizm
ijtimoiy turizm, sezilmaslik, saqlanmaslik, sifatning doimiy emasligi. 
1.1.
 
Turizmning milliy iqtisodiyotda tutgan o’rni 
Ekspertlarning baholashicha, XXI asrda jahon iqtisodiyotini harakatga 
keltiruvchi kuch turizm bo’ladi. 2030 yilga borib dunyoda turistik sayohatlar soni 
ikki marta ko’payishi bashorat qilinmoqda. Bugungi kundayoq foydaliligi bo’yicha 
turistik xizmatlar eksporti va importi jahon mahsulot oborotida uchinchi o’rinni 
egallamoqda va dunyo ichki yalpi mahsulotida o’ndan bir qismni tashkil qilmoqda. 
Iqtisodiy faoliyatning ko’plab sohalari uchun turistik biznesni rivojlantirishning 
ahamiyati naqadar kattaligini baholash qiyin. Turizm tashqi iqtisodiy aloqalarda 
alohida o’rin tutadi. Undan olinadigan daromadlar xorijga mahsulot va mehnat 
chiqarmay turib chet el valyutasini olishning muhim usullaridan biri hisoblanadi. 
Turistik biznesni «valyutaning ko’rinmas eksportchisi» deb atalishi bejiz emas. 
Turizmdan olinadigan mablag’ tushumlari daromadga aylanadi va iqtisodiyotning 
turli sohalarida aylanishda davom etadi. 
Eng yirik yuqori daromadli va eng dinamik tarmoqlardan biri bo’lmish, 
daromadliligi bo’yicha faqat neft qazib olish va qayta ishlashdan keyin turadigan 
turizm, Butunjahon turistik tashkilotining(BTT) taxliliga ko’ra sayyoramiz ishlab 
chiqarish-servis bozorining 10 % ini ta’minlaydi. Dunyo ichki milliy 
mahsulotining 6%, jahondagi investitsiyalarning 7%, dunyo iste’mol 
xarajatlarining 11 %, butun soliq tushumlarining 5–6%, har 16- ishchi o’rni mana 
shu mehmondo’stlik sohasiga to’g’ri keladi. Keltirilgan raqamlar turizm sohasi 
faoliyat ko’rsatishning bevosita samarasini tavsiflaydi.
Sof iqtisodiy samara bilan birga, bu soha inson hayotiy kuchining qayta 
tiklanishi va o’z bo’sh vaqtidan oqilona foydalanishini ta’minlaydi. Ilmiy-texnik 
taraqqiyot bir tomondan jismoniy charchashning kamayishiga olib kelgan bo’lsa, 
ikkinchi tomondan asabiy zo’riqishlarga olib kelmoqda. Shu munosabat bilan dam 
olishni rejalashtirish va tashkillashtirishning roli oshib bormoqda. 


Butunjaxon turizm tashkiloti (BTT) bo’yicha Gaaga deklaratsiyasi 1989-yilda 
birinchi marotaba turizmni qishloq xo’jaligi, sanoat, ta’lim, ijtimoiy ta’minot 
singari ustuvor yo’nalishlar kabi mamlakatni kompleks rivojlantirish rejasining 
tarkibiy qismi sifatida chora-tadbirlar qabul qilish zarurligini belgiladi. Shunday 
qilib boshqa ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat kabi turizm rasmiy ravishda tarmoq sifatida 
tan olindi va davlat tamonidan e’tibor qilinishi ta’kidlandi. 

Yüklə 109,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin