-
turizmning barcha turlari va shakllarini rejalashtirish va uning tamoyilli
yondashishlarni, davlatning bu sohadagi siyosat yo’nalishlarini tushunish;
-
uzoq
muddatli, strategik, barqaror va tezkor
rejalashtirish usullarini
o’zlashtirib olish, turizmni rivojlantirish va zamonaviylashtirish rejalari va
dasturlarini
shakllantirish, ularni har tomonlama asoslab berish va bajarilishini
nazorat qilish uslubi bilan tanishish;
-
turizmning milliy,
mintaqaviy, mahalliy iqtisodiyotga qo’shgan hissasisini,
shuningdek uning ijtimoiy-madaniy va ekologik ta’sirini
iqtisodiy baholash va
tahlil qilish ko’nikmalarini egallash.
«Turizmni rejalashtirish» fanining predmeti bo’lib, O’zbekistonda turizmni
rejalashtirishning instituttsional mexanizmlarini takomil-lashtirish hisoblanadi.
Turizmni rejalashtirish masalalariga o’tishdan oldin, turistik biznesni belgilaydigan
asosiy tushunchalarni ko’rib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Bunday
tushunchalar jumlasiga «turizm», «turistik resurslar», «turistik mahsulot», «turistik
xizmatlar» va h.k.lar kiradi.
Ilmiy adabiyotlarda «turizm» tushunchasining shakllanishiga nisbatan turli xil
yondashuvlar mavjud. 1993 yilda BMT ning Statistika qo’mitasi turizmning
quyidagi ta’rifini qabul qildi: «
Turizm
– sayyohlik
qilayotgan va dam olish,
ishbilarmonlik va boshqa maqsadlarda o’zining odatdagi muhitidan tashqarida,
ketma-ket bir yildan ortiq bo’lmagan davr mobaynida
joylashgan shaxslarning
faoliyatidir»
1
.
Turistlarning sayohat va doimiy yashash joyidan tashqarida bo’lishlari vaqtida
ularga mahsulotlar va xizmatlarni harid qilishda turli qulayliklarni ta’minlovchi
barcha faoliyatlarning yig’indisi
Dostları ilə paylaş: