Yevropa va Amerika qit’alari o’rtasida muntazam kema katnovi 1832
yilda
yo’lga qo’yilgan bo’lib, 1866 yilda Kuk AQSh ga turistlarning dastlabki ikki
guruhini junatadi. Turlar uzoq muddatli bo’lib, besh oygacha davom etgan. Tomas
Kukning xizmatlaridan foydalangan amerikalik taniqli turistlardan biri Mark Tven
bo’lib, u oltmish kishidan iborat guruh tarkibida ishtirok etgan va keyinchalik bu
sayohatni kalamga olgan. Tomas Kuk 1872 yilda birinchi bo’lib industriya asosida
jahon bo’ylab sayohat uyushtirishni taklif qilgan. Dastlabki 20 sayohatchi butun
jahon bo’ylab 220 kun davomida sayohat qilganlar. Tomas Kuk 1892 yilda vafot
etib, uning ishini ugillari va sheriklari davom ettirishgan. Kompaniya o’z faoliyat
sohasini
kengaytirib, yirik moliyaviy institutga aylangan va sayohatchilar uchun
yo’l cheklari chiqara boshlagan. Bu esa o’z mohiyatiga ko’ra asr ixtirosi - xavfsiz
pullar edi. Bugungi kunda «Tomas Kuk» kompaniyasi butun dunyoda 12000 dan
ortiq turistik agentliklarga ega bo’lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat
ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: