Sayohat tushunchasi, odamlarning maqsadlaridan qat’iy nazar zamon va
makonda ko’chib yurishni anglatadi hamda sayyohatchilarning turmush tarzi
bo’lib xizmat qiladi.
Ko’p asrlik tarixdan ma’lumki, insonga savdoni rivojlantirish, yangi yerlarni
ochish va o’zlashtirish, resurslar va yangi transport yo’llarini izlab topish
maqsadida jahon bo’ylab sayohat qilish xos bo’lgan. Sivilizatsiyamizning
rivojlanishiga ajratilgan vaqt unchalik katta bo’lmay, besh ming yilga yaqin davr
bilan belgilanadi, biroq bizgacha faqat yaqin o’tmishdagi sayohatlar haqidagi
hikoya va tasvirlargina saqlanib qolgan. O’tmishdan bizga yangi qit’a va yerlarni,
xalqlar va tabiiy xodisalarni ochgan, o’ziga xos geografik tizimlarni asoslab bergan
buyuk sayohatchilarning nomlari ma’lum.
Dostları ilə paylaş: