Maqsad: Bolalarga ota-ona eng qadrli inson ekanini tushuntirish. Ota-ona biz uchun eng aziz, eng yaqin kishilar ular farzandni dunyoga keltiradilar. Umr bo‘yi farzand deb yashaydilar. SHunday ekan xar bir bola o‘z ota-onasini xurmatini joyiga quyish, ularning ko‘nglini og‘ritmasligi kerak. Ular chaqirganda labbay, xo‘p bo‘ladi deyish, ularga salom berishni kanda qilmaslik, nasixatlariga quloq solish, ularni hurmat bilan o‘rindan turib qarshi olish, ota-onaning suhbatini buzmaslik, qilayotgan ishlariga ko‘maklashish, ularga to‘rdan joy berish, qo‘llariga suv quyish, sochiq tutish, yo‘l berish, yo‘llarini kesib o‘tmaslik, ota-ona ruxsatisiz uzoq joylarga ketmaslik, ularga yolg‘on gapirmaslik lozimligi, farzand o‘zini yaxshi odobi bilan ota-onasiga raxmat keltirishini tushuntirish.
Kutilayotgan natija: Bolalar muloyimlik bilan gapirishga, ota-onalarining iltimoslarini, topshiriqlarini bajarishga, ko‘rsatmalariga quloq solishga o‘rganadilar.
Kerakli jixoz: Mavzo‘ bo‘yicha rasmlar, tarqatmali materiallar, sochiq , suv.
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi: Assalomu alaykum mening jajji zumradoy qizlarim. Bugun sizlar bilan ota-onaga xurmat mavzusida suhbatlashamiz.
Tarbiyachi: Bolalar dunyoda eng yaqin kishingiz kim?
Bolalar: Dunyoda eng yaqin kishimiz ota-onamiz.
Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri , ota-ona dunyodagi eng aziz va eng yaqin kishimiz. Ota-onalar o‘z farzandlarini juda yaxshi ko‘radilar. Siz xam ota-onangizni yaxshi kurasizmi?
Bolalar: Xa yaxshi ko‘ramiz. Ularni hurmat qilamiz.
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlarim biz ota-onalarimizga salomni kanda qilmasligimiz, so‘zlarini qunt bilan tinglashimiz, nasixatlariga quloq solishimiz, ularga injiqlik qilmasligimiz kerak. Ota-onasini yaxshi ko‘radigan bolalar ota-onalariga muloyimlik bilan gapiradilar. Ota-onalarining iltimoslarini va topshiriqlarini bajaradilar. Aytgan gaplariga quloq soladilar. Ota-onalari chaqirganda labbay , xo‘p bo‘ladi deb javob beradilar. Ularni hurmat bilan o‘rindan turib qarshi oladilar. Qilayotgan ishlariga ko‘maklashadilar. Mana bu ko‘rib turgan so‘ratingizdagi qizaloq ham mana shu xislatlarga ega. Qani qizaloqlarim ota-ona xaqida yod olgan she’rlarimizdan kim aytib beradi?
Lola: Ota-ona ikki so‘z
Biri qoshu biri ko‘z
Bir-biridan qimmatli
Mehri daryo ximmatli
Ular o‘zin o‘ylamas
Farzandi sog‘ bo‘lsa bas
Malika: Goh yiqilib tursa ham
Gohi yig‘lab kulsa ham
Hammasiga chidarlar
Bular qo‘shsha chinorlar
Tarbiyachi: Bolalar endi diqatingizni kompyuterga qarating. Sizlarga hozir bir qizaloq xaqida xikoyani tomosha qilamiz. Qani bolajonlar qizaloq nima uchun ko‘chadan kech keldi?, Qizaloq nima uchun oyisidan kechirim so‘radi? Siz ko‘chada qanday o‘ynaysiz? Siz ham ko‘chadan kech kelganingizda siz oyingizdan kechirim so‘raysizmi?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Keling bolalar odob bilan kattalar qo‘liga suv qo‘yishni o‘rganamiz .
Bolalar berilgan topshiriqni bajaradilar.
Tarbiyachi: Barakala bolajonlar, mana bugungi faoliyatimizda barchangiz yaxshi qatnashdingiz.