Qо‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim., munozara, о‘z-о‘zini nazorat..
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Encyclopedia of time: science, philosophy, theology, and culture / H. James Birx, editor. 2009 by SAGE Publications, Inc.
Roger Beck. A brief history of ancient astrology. 2007. BLACKWELL PUBLISHING 9600 Garsington Road, Oxford OX4 2DQ, UK.Theodossiou E. Th. The christian chronologies ofthe creation andtheview of modernastrophysics. //Astronomical and Astrophysical Transactions. Vol. 23, No. 1, February 2004, pp. 75-80.
Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: Voris, 2013.
Раҳмонқулова З. Хронология. - Т.: А. Навоий номидаги давлат нашриёти, 2006.
Иофе В.Г.,Чориев З.У. Хронология ва метрология. - Т., 2003.
6. A.Do’stov. Xronologiya va metrologiya. O’quv qo’llanma. Qarshi- Nasaf-2020.
4-Mavzu: Sharq mamlakatlari kalendarlari. Qadimgi Eron, Misr, Hind, Arab, Mesopotamiya, Xitoy kalendarlari.
Reja:
1. Qadimgi Eron kalendari.
Eroniy taqvim yoki Quyoshli hijra (forscha: تقویم هجری شمسی؛ سالنمای هجری خورشیدی) — astronomik quyoshli taqvim (kalendar). Rasmiy taqvim sifatida Eron va Afgʻonistonda qoʻllaniladi. Ushbu taqvim mashhur fors faylasufi, matematiki, astronomi va shoiri Umar Xayyom ishtirokida tuzilgan boʻlib, hozirgi vaqtga qadar bir necha marotaba aniqlashtirilgan. Taqvim hijradan yilboshi sifatida andoza olgan boʻlib, biroq klassik islomiy taqvimdan farqli oʻlaroq quyoshli (yoki tropik) yil bilan butunlay toʻgʻri keladi. Shu sababli eroniy taqvim oylari islomiy taqvimdan farqlanib, faqat yilning oʻsha-oʻsha oylariga toʻgʻri keladi. Eroniy taqvimning boshlanishi, kun va tunning tenglashishi kuni — yaʼni Navroʻz bayramidan (21-mart) boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: |