1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə8/41
tarix07.01.2024
ölçüsü0,6 Mb.
#207804
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
1-mavzu. Xufyona iqtisodiyotning nazariy va metodologik asoslari-fayllar.org

Maxsus hisob ko‘rsatkichlari usuli quyidagilarga asoslangan: korxona faoliyatini tahlil qilish jarayonida iqtisodiy jinoyat qilinganda albatta o‘zgaradigan hisob ko‘rsatkichi aniqlanadi. Maxsus hisob nomini olgan bu ko‘rsatkich normal sharoitda faoliyat yuritayotgan korxona uchun hisoblanadi. Amaldagi va etalon hisoblangan maxsus hisob ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farqning mavjud bo‘lishi jinoyat sodir etilganligining isbotidir.
Stereotiplar usuli iqtisodiy faoliyatning oddiy sharoitlarida kam uchraydigan va jinoyatchilik hodisalarini aks ettiruvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi g‘ayrioddiy bog‘liqliklarni izlash uchun mo‘ljallangan. Oddatda, bu usulning 5 ko‘rinishini ajratib ko‘rsatishadi: “qizil bayroq” usuli, sof qiymat tahlili usuli, kassa kamomadini hisoblash usuli, pul aylanishini hisoblash usuli, xarajatlarni qoplashni hisoblash usuli.
Qizil bayroq ” usuli eng ko‘p tarqalgan usul bo‘lib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklardan ogoh etadi. Masalan, kayting kabi jinoyatchilikning belgisi - bu 1) bir kishi yoki kompaniyaga muntazam ravishda tez-tez chek yozib berish; 2) cheklarni bir kishining turli banklardagi hisob raqamlariga yozib berish; 3) omonatchi o‘zining balansini tekshirishni so‘rab tez-tez murojaat qilishi hisoblanadi.
Sof qiymat tahlili usulining mohiyati: ma’lum bir davr davomida soliq to‘lovchining turmush darajasi keskin o‘sib ketishi, birinchidan, soliqqa tortilishi zarur bo‘lgan daromadlar evaziga, ikkinchidan, soliqqa tortilmaydigan daromadlar evaziga, uchinchidan, bir marotabalik pul daromadlari (yutuqlar, sovg‘alar, meros va boshq.) evaziga amalga oshishi mumkin. Agar hisob-kitob qilinganda mol- mulk va shaxsiy iste’mol o‘sishi (qabul qilingan ustama va ajratmalami hisobga olgan holda) soliq to‘langan daromadlar hajmidan katta bo‘lsa, mol-mulkning qo‘shimcha o‘sishi deklaratsiya qilingan daromadlar qatoriga kirmaydi va noqonuniy xususiyatga ega bo‘ladi.
Kassa kamomadini hisoblash usuli. Bu tekshiruv usulidan kassa kitobida hisobga olinadigan naqd pul mablag‘lari kelib tushadigan kichik va o‘rta korxonalarni taftish qilayotganda foydalaniladi. Kassadagi kamomadni hisoblashning mohiyati shundaki, korxona egasi kassada mavjud bo‘lgan puldan oshig‘ini bera olmaydi. Agar ma’lum bir muddat ichida amalga oshirilgan xarajatlar kassadagi dastlabki mavjud summa va shu davr ichida kelib tushgan pul tushumlaridan ortiq bo‘lsa, bu kassa kamomadi mavjudligidan dalolat beradi va korxonani taftish qilishga asos bo‘ladi. Agar kassa kamomadini asoslovchi sabablar ko‘rsatilmasa, daromadlar yashirilayotganligi taxmin qilinadi.
Pul aylanishini hisoblash usuli daromadlar va xarajatlar tahlili bilan bog‘liq. Pul aylanishini hisoblashning 2 turi mavjud:
  • ishlab chiqarish va xususiy sohaga xos umumiy pul aylanishini hisoblash;


  • faqat ishlab chiqarish yoki faqat xususiy pul tushumlari va to‘lovlari hisobga olinadigan pul aylnishini hisoblash.


Pul aylanishini hisoblash usuli quyidagini anglatadi - soliq to‘lovchi ma’lum bir vaqt oralig‘ida daromad sifatida kelib tushayotgan mablag‘dan ko‘proq mablag‘ sarflay olmaydi va to‘play olmaydi.


Xarajatlarni qoplashni hisoblash usuli tekshirilayotgan shaxsda mavjud bo‘lgan summa bilan naqd ko‘rinishda amalga oshirilgan to‘lovlarni taqqoslashga asoslangan. Bu usul pul aylanishini hisoblash usulining soddalashtirilgan ko‘rinishidir. Xarajatlarni qoplashni hisoblashda soliq to‘lovchining boshqa daromad manbalari ham nazarda tutiladi.
Bu usul soliq to‘lovchining mol-mulki to‘g‘risida ma’lumot yetarli bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi.
To‘g‘irlanadigan ko‘rsatkichlar usuli. Ushbu usul korxona iqtisodiy ko‘rsatkichlarini va u faoliyat yuritayotgan tashqi muhitni
tahlil etishdan iboratdir. Misol tariqasida biror-bir korxona tomonidan ma’lum bir tovarni sotish hajmi dinamikasini va ushbu tovar bozori kon’yunkturasi o‘zgarishini tahlil qilishni keltirish mumkin. Talab pasayib borayotgan sharoitda mahsulot sotilishining hajmi sezilarli o‘sishi yashirin iqtisodiy faoliyat mavjudligidan dalolat beradi.
  1. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullari


Yashirin iqtisodiyotni makrodarajada o‘lchash uchun bilvosita usullardan foydalaniladi. Ular ko‘pincha rasmiy statistikaning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga, soliq va moliya organlarining ma’lumotlariga asoslanadi. Makrousullarga quyidagilar kiradi: tafovut usuli, bandlik ko‘rsatkichlari usuli (“italyancha” usul), monetar usul, texnologik koeffitsiyentlar usuli, ekspert usuli, tarkibiy usul, mayin modellashtirish (determinantlarni baholash) usuli.


MAKROUSULLAR


Bandlik ko‘rsatkichlari


Tafovut usuli


usullari






Monetar usul










Ekspert usuli






Mayin modellashtirish (determinantlarni baholash usuli)


  1. rasm. Xufyona iqtisodiyotni o‘lchashning makrousullar


Xufyona iqtisodiyot ko‘lamlarini o‘lchashning makro usullarini ko‘rib chiqamiz.





  1. Yüklə 0,6 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin