1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


Mavzu:Evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari. Yashash uchun kurash turlarini o’rganish



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə24/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#82598
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   85
Evolyutsion tex xarita

Mavzu:Evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari. Yashash uchun kurash turlarini o’rganish.
Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar, vaqti

O’qituvchi

Talaba

I-bosqich
Kirish
(10 min)

1.1 O’quv mashg’ulotining mavzu va rejasini ma’lum qiladi. Erishadigan natijalar bilan tanishtiradi. Mazkur mashg’ulot no’an’anaviy tarzda o’tishini e’lon qiladi.



1.1 E’shitadilar va yozib oladilar



II-bosqich.
Asosiy
(60 min)

2.1 Talabalar e’tiborini rejadagi savollar va ulardagi tushunchalarga qaratiladilar”Klasterlash”.


(1- ilova )
2.2 Mavzuni yanada oson o’zlashtitish uchun Tarqatma materiallar tarqatiladi.”INSERT USULI” qo’llaniladi. (2-ilova)
2.3 Atamalar doskaga yoziladi va atamalar ustida ishlash o’rgatiladi (3-ilova)

2.1Talabalar javob beradilar, daftarlariga yozadilar.


2.2Tarqatma materiallar mazmuni bilan tanishib chiqadi.Daftarga yozib oladi.
2.3 Atamalar yozib olinadi va o’qituvchi bilan birgalikda bajarishga xarakat qilinadi
2.4 Tushunmagan jihatlarini so’raydi



III-bosqich
Yakuniy
(10 min)

3.1 Mavzuga xulosa qiladi.


3.2 Faol talabalar rag’bat- lantiriladi.
3.3 Mustaqil ish uchun bugungi darsda bajarilgan atamalar ustida ishlash, darsni mustaqil ravishda o’qish vazifa qilib beriladi.

Eshitadilar, o’z javoblarini to’g’rilaydilar



Mavzu: Evolyutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari. Yashash uchun kurash turlarini o’rganish.
REJA:

  1. Tabiiy sharoitda o`simlik va hayvonlardagi shaxsiy o`zgaruvchanlik.

  2. Organizmlarning ko`payish tezligi.

  3. Yashash uchun kurash xillari.

    1. Har xil turlarga mansub organizmlar orasidagi kurash.

    2. 1 turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash.

    3. Organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharotlariga qarshi kurash.

  4. Organizmlarning anorganik tabiatning noqulay sharotlariga qarshi kurashi.

  5. Organizmlar orasidagi munosabatlardan odamning foydalanishi.

1. Tabiiy sharoitda o`simlik va hayvonlardagi shaxsiy o`zgaruvchanlik
Darvin har qanday o'simlik, hayvon nasl qoldirganda yangi avlod ota-onadan, shuningdek, o'zaro ayrim belgi-xossalari bilan farq qilishini kuzatdi va uni shaxsiy o 'zgaruvchanlik deb nomladi. Olim qayd q'ilishicha, o'zgaruvchanlikning asl sababi organizm atrofidagi abiotik va biotik muhitning o'zgarishi bilan chambarchas bog'liq. Odatda harorat, namlik, havo, oziqa va boshqa omillarning o'zgarishi organizmlarning o'zgarishiga olib keladi. Organizmlarga tashqi muhitning ta'siri muayyan va nomuayyan ko'rinishda bo'lishi mumkin. Birinchi holatda tashqi muhit ta'siri barcha organizmlarda ikkinchi holatda esa ayrim organizmlarda namoyon bo'ladi. Boshqacha aytganda birinchi holatda guruhli o'zgaruvchanlik, keyingisida shaxsiy o'zgaruv­chanlik ro'y beradi.
Tashqi muhit omillari organizmlarga bevosita yoki bilvosita ta'sir etishi ham mumkin. Tashqi muhitning bevosita ta'siri nati-jasida organizm, bilvosita ta'sirida esa uning keyingi avlodlar o'zgaradi. Darvin organizmlarda shaxsiy o'zgaruvchanlik borli-gini yana tur bilan tur xilini taqqoslash yo'li bilan ham isbotladi. «Tur xili» deganda Darvin turga xos belgi-xossalar yaxshi ifo-dalanmagan organizmlar guruhini tushungan. Bir tur bilan ikkinchi tur orasida oraliq formalar uchramaydi. Lekin tur bilan tur xili orasida bunday oraliq formalarning uchrashi tabiiy bir hoi. Shu bois tur xillarini Darvin yashagan davrda «shubhali turlar» deb ham ataganlar Tur xillarining tabiatda mavjudligi tufayli olimlar turlar sonini aniqlashda qiyinchilikka duch keladilar. Bunga asosiy sabab ba'zi olimlar belgi-xossalarning ifodalanish darajasiga yetmagan organizmlar guruhini tur, boshqa olimlar esa tur xili deb hisoblaydilar. Darvin yashagan davrda Angliya florasida 182 ta «shubhali turlar» mavjud bo'lgan.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin