1.1 O’quv mashg’ulotining mavzu va rejasini ma’lum qiladi. Erishadigan natijalar bilan tanishtiradi. Mazkur mashg’ulot no’an’anaviy tarzda o’tishini e’lon qiladi.
2.1 Talabalar e’tiborini rejadagi savollar va ulardagi tushunchalarga qaratiladilar”Klasterlash”.
(1- ilova )
2.2 Mavzuni yanada oson o’zlashtitish uchun Tarqatma materiallar tarqatiladi.”INSERT USULI” qo’llaniladi. (2-ilova)
2.3 Atamalar doskaga yoziladi va atamalar ustida ishlash o’rgatiladi (3-ilova)
2.2Tarqatma materiallar mazmuni bilan tanishib chiqadi.Daftarga yozib oladi.
2.3 Atamalar yozib olinadi va o’qituvchi bilan birgalikda bajarishga xarakat qilinadi
2.4 Tushunmagan jihatlarini so’raydi
III-bosqich
Yakuniy
(10 min)
3.1 Mavzuga hulosa qiladi.
3.2 Faol talabalar rag’batlantiriladi.
3.3 Mustaqil ish uchun bugungi darsda bajarilgan atamalar ustida ishlash, darsni mustaqil ravishda o’qish vazifa qilib beriladi.
REJA:
1.Organizmlarning moslanishi va uning nisbiyligi.
2.Organizmlarda moslanish v uning kelib chiqishi.
3.Xulosa.
Darvin tashqi muhitning muayan sharo'itda organizmlardagi murakkab va turlituman moslanishlar qanday paydo bo'lganligini ilmiy asosda tushuntirib berdi.
Mutatsion o'zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish natijasida himoya rangining paydo bo'lganlik hodisasi oq qayin odimchisi deb nom olgan kapalaklarda 150 yil mobaynida o'rganilgan. Bu kapalak oq qayin po'stlog^ida harakatsiz o'tirganda, uni oq qayin po'stlog'i rangidan farqlash qiyin. Tabiiyki, boshqa tirik organizmlar singari, oq qayin kapalagida ham mutatsion o'zgaruvchanlik yuz berishi va ular orasida qoramtir rangli kapalaklar paydo bo'lishi mumkin. Dastlab shunday qoramtir rangli oq qayin kapalaklar 1848 yilda angliyaning manchester shahri atrofida topilgan. Keyinchalik esa bunday rangli kapalaklar sanoatlashgan rayonlarda ko'paya borgan. Sanoat korxonalaridan ajralgan tutun, chang va qurumlar oq qayin po'stlog'iga o'tirib, uni qoramtir rangga kiritgan. Bunday sharoitda hasharotxo'r qushlar odimchi kapalaklar orasidan oq rangdagi formalarni ko'plab tutib yeganlar, qoramtir ranglilar kamroq qirilgan.
Qishloq joylarda sanoat korxonalari bo'lmagani uchun oq qayinning po'stlog'i rangi o'zgarishsiz qolgan va hasharotxo'r qushlar qoramtir rangli odimchi kapalaklarni ko'proq iste'mol qilganlar. Chunki, ularda himoya rangi bo'lmagan. Oqish rangli odimchi kapalaklarda himoya rangi bo'lgani sababli, ular hasharotxo'r qushlar tomonidan kamroq qirilgan. Pirovard natijada qishloq joylarda oq qayin odimchi kapalagining oq rangdagilari, sanoatlashgan rayonlarda esa qoramtir ranglilari ko'p tarqalgan.