Abu Bakr ar-Roziy(865-925) «Organlar funksiyalari» nomli kitobida odam tanasidagi barcha organlarni bayon etadi. U ning fikricha, odamning kasallanishiga asosiy sabab havo, muhit, turmush sharoiti, yil fasllarining o‘zgarishi, sabab bo‘ladi. Ar-Roziy birinchi bo‘lib bemorga tashxis qo‘yishni taklif etdi. U birinchi bo‘lib chechakni oldini olish uchun emlash kerakligini va uni qanday ijro etish yo‘llarini to‘liq ko‘rsatib bergan.
Jahon ilmiy tafakkuri rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino (980-1037)juda katta ilmiy meros qoldirgan. U o‘zidan oldin o‘tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tibbiy-ilmiy va falsafiy merosini, xususan, Aristotel, Evklit, Ptolomey, Galen, Gippokrat kabilarning asarlarini qunt bilan o‘rgandi.
Ibn Sinoning «Kitob al-qonun fittib» (Tib qonunlari) kitobi beshta katta kitobdan iborat bo‘lib, 1956- va 1962-yillarda rus va o‘zbek tillarida qayta nashr etilgan. Bu kitoblarda odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyena kabi tibbiyotning nazariy fanlariga hamda ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga taalluqli bilimlar bayon etilgan. Bu kitob 600 yil davomida butun jahondagi shifokorlar uchun asosiy qo'llanma bo‘lib keldi, undagi ko‘pgina ma’lumotlar hozir ham ahamiyatini saqlab kelmoqda. U 36 m arta qayta nashr etilgan. Ibn Sino turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanini uqtirib, suvni qaynatib yoki filtrlab iste’mol qilishni tavsiya etgan. U tashqi muhitdagi turli tabiiy narsalar suv, havo orqali kassallik tarqatuvchi ko‘zga ko‘rinmaydigan «mayda hayvonlar» ya’ni mikroblar (makruhlar) haqida L.Pasterdan 800 yil ilgari o‘z fikrini bildirgan. Kasalliklarning oldini olishda tashqi muhitni muhofaza qilish, shaxsiy va ijtimoiy gigiyena qoidalariga amal qilish zarurligi haqidagi flkrlarni bundan 100 yil ilgari bayon etgan. Ibn Sinoning bolani tarbiyalash va o‘stirish to‘g‘risidagi fikrlari diqqatga sazovordir.
XII asrda yashab ijod qilgan Ismoil Jurjoniy, Najibuddin Samarqandiy, XVI asrda yashagan Sulton Ali Tabib Xurosoniyanatomiya, fiziologiya va gigiyena fanining rivojiga katta hissa qo‘shganlar.
Fiziologiya fanida eksperimental usulni qollash ingliz flziologi Vilyam Garveydan boshlanadi. U 1628-yilda tajribalariga asoslanib qon aylanishning katta va kichik doiralari haqida, yurakning qonni harakatga keltiruvchi organ ekanligi haqida to‘g‘ri tasavvur berdi.
XVII asrning birinchi yarmida fransuz fiziologi R. Dekart refleksni kashf etdi. Lekin «refleks» iborasini XVIII asr oxirida chex olimi G. Proxaski joriy qilgan. XVII-XVIII asrlarda S. Gels qon bosimini o‘lchadi.