1-mavzu: yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining predmeti, tarixi hamda bolalar o‘sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari reja



Yüklə 65,29 Kb.
səhifə9/14
tarix31.03.2023
ölçüsü65,29 Kb.
#91894
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1 MAVZU-MA\'RUZA

V.M. Lomonosov, L. Paster, R.Kox, I.I. Mechnikov va boshqalar o‘z kashfiyotlari bilan anatomiya, fiziologiya va gigiyena fanning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar.
XIX asrga kelib anatomiya, fiziologiya va gigiyena fani tez rivojlana boshladi. Rus fiziologlaridan I.M. Sechenov, I.P. Pavlov S.P. Botkinlar tomonidan progressiv ta’limot yaratildi. I.M. Sechenov 1862-yili «Bosh miya reflekslari» nomli asarini nashr qilgan va ushbu asarida markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayonini ochib bergan.
Fiziologiya fanining rivojlanishida I.P. Pavlovning hissasi juda katta. U reflekslar nazariyasini rivojlantirdi. 1904- yilda hazm tizimi fiziologiyasiga oid ishlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. I.P. Pavlov shartli reflekslarni kashf etdi, oliy nerv faoliyatining tiplarini yaratdi, ikkinchi signallar tizimini o‘rgandi. Pavlov hayoti davomida 200 dan ortiq shogirdlar tayyorladi.
Jahonga tanilgan buyuk rus fiziolog olimlardan V.P. Babkin, L.A. Orbeli va K.M. Bikovlar shular jumlasidandir.
XX asrga kelib yosh fiziologiyasi jadal rivojlana boshladi. Yosh fiziolgiyasi mustaqil fan sifatida tarkib topishida rus olimlaridan A.A. Leontev, A.R. Luriya, I.N. Marinova, A.A. Markosyan, M.V. Antropova, A.S.Xripkovalarning xizmatlari katta.
1976-yilda A.A. Leontevning «Bolalar organizmining anatomiyasi va fiziologiyasi» nomli kitobi bosilib chiqdi. 1968-yili A.Markosyanning «Bolalar va o‘smirlarning morfologik va fiziologik xususiyatlari» A.G. Xripkovaning 1975-yilda «Yosh fiziologiyasi», 1978-yilda esa «Bolalar anatomiyasi, fiziologiya va gigiyenasi» nomli kitoblari chop etildi. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi mustaqil fan sifatida XIX asrning o‘rtalarida shakllana boshladi.
Rus gigiyenist olimlari A.P. Dobroslavin va F.F. Erismanning uzluksiz tajribalar olib borishlari natijasida gigiyena eksperimental fan bosqichiga ko‘tarildi va tez rivojlana boshladi. Erisman (1842-1915) ko‘plab o'quv qo‘llanmalarini yaratdi, barcha gigiyenik talablarga javob bera oladigan sinf xonalarining modeli, o‘quvchilarning bo‘yiga mos jihozlarning turlarini, o‘quvchilarni partada to‘g‘ri o‘tirish yo‘llarini ishlab chiqdi. N.R. Gundobin sog‘lom o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda gigiyena muhim rol o‘ynaydi deb o‘qitgan va uni pediatriyaning ajralmas bir qismi deb hisoblagan. U yoshlik davrlari tizimini tuzgan.

Yüklə 65,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin