1-Mavzu: Zamonaviy ta'lim texnologiyalari Reja


Illyustrativ va tushuntiruvchi darslar



Yüklə 22,95 Kb.
səhifə2/4
tarix15.06.2023
ölçüsü22,95 Kb.
#130515
1   2   3   4
1-ma\'ruza.Zamonaviy ta\'lim texnologiyalari

1.Illyustrativ va tushuntiruvchi darslar. Bunday darslarda o’quм jarayoni asosan ko’rgazmali metodlar asosida olib boriladi. Bu darslarda asosan o’quvchilarning eshitish va esda saqlab qolish qobiliyatlariga tayaniladi.
O’quvchilarning eshitgan va esda saqlaganlari asosida bexato javob berishlari dars samaradorligini belgilaydi. Tushuntiruv darslari boshqa tur darslariga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Bu turdagi darslar vaqtni tejash, o’qituvchi va o’quvchining kuchini saqlash hamda dars jarayonini samarali boshqarish imkonini beradi.
Shu bilan birga bu darslarning o’ziga yarasha kamchiliklari ham mavjud. Bu darslarda o’quv materiallari tayyor holda beriladi, o’quvchining mustaqil ishlashi, fikrlashi tshkil etilmaydi. O’zlashtirish jarayonida shaxsga individual yondashilmaydi.
2.Muammoli darslar -o’z xarakteriga ko’ra muammoli vaziyatni vujudga keltirib, uning yechimini yakka yoki guruhlar ishtirokida hal etishga qaratiladi. Bunday darslar bilimlarni mustaqil ravishda o’zlashtirishga qaratilib, unda o’quvchining fikr yuritishi, qiziqishlariga suyaniladi. O’quv jarayoni texnologiyasi variativlik, ketma-ketlik, kompleks yondashuvlar bilan hal etiladi.
Muammoni yechish jarayonida qiyinchiliklar ham kelib chiqadi. O’quv materiali, muammoning qo’yilishi o’quvchining tayyorgarligiga, yoshiga mos bo’lishi va ular yecha oladigan masalalar bo’lishi kerak. Darsning birinchi bosqichdaida muammoning mohiyati, yechimining zarurligigina tushunib yetishlariga erishish muxim.
Darsning ikkinchi bosqichi muammoni yechish yo’lidir, uni mohiyatiga yetish orqali hal etiladi. Darsning so’nggi bosqichida yechim asosida o’quvchi “men buni o’zlashtirib, yechimini o’rganib oldim” degan xulosaga keladi.
Muammoli dars o’quvchilarning ijodiy mustaqil xarakati o’rqali o’z yechimini topadi. O’quv jarayoniga qiziqish ortadi. O’qituvchining asosiy e’tibori muammoni qo’ya olish, yechimi ustida fikr yuritish, o’quvchilarning xulosa chiqara bilishini shakillantirishdan iborat.

Yüklə 22,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin