1-Mavzu: Zamonaviy ta'lim texnologiyalari Reja


yangilikni qo’llashga tayyorgarligi



Yüklə 22,95 Kb.
səhifə4/4
tarix15.06.2023
ölçüsü22,95 Kb.
#130515
1   2   3   4
1-ma\'ruza.Zamonaviy ta\'lim texnologiyalari

yangilikni qo’llashga tayyorgarligi;
-
pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
-
novatorlik darajasi;
-
kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
-
ijodkorligi bilan belgilanadi.
Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yo’naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to’ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi.
V.Slasteninning fikriga ko’ra innovatsion yondashuv:
- ijodiy faollik;
- faoliyatga yangilik (o’zgartirish) kiritishga texnologik va metodologik
jihatdan tayyorgarlik;
- yangicha fikrlash;
- yuksak muomala madaniyatiga ega bo’lishni ifodalaydi. M.Jumaniyozovaning e’tirof etishicha, pedagogik innovatsion faoliyati quyidagi belgilar asosida namoyon bo’ladi:

- ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;


- pedagogik tadqiqot metodlarini egallash;
- mualliflik kontseptsiyalarini yaratish qobiliyati;
- tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;
- o’zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo’llay olish;
- hamkasblar bilan hamkorlik;
- fikr almashish va metodik yordam ko’rsata olishlik;
- ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish;
- yangiliklarni izlab topish va ularni o’z sharoitiga moslashtirib borish.
Ta’lim innovatsiyalarini pedagogik jarayonga tatbiq etish bir necha bosqichlarda kechadi. Ular quyidagilardir:
1. Muammoni tahlil asosida aniqlash.
2. Mo’ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash.
3. O’zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish.
4. O’zgarishlarni amalga oshirish.
Bugungi kunda pedagoglarning innovatsion faoliyat ko’nikma, malakalariga ega bo’lishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagoglar tomonidan innofatsion faoliyat ko’nikma, malakalarini o’zlashtira olishlarida ularning innovatsion yondashuvga ega bo’lishlari talab etiladi. O’z mohiyatiga ko’ra pedagoglar tomonidan innovatsion faoliyat ko’nikma, malakalarining o’zlashtirilishi ularda innovatsion yondashuvni qaror topishi asosida kechadi. Pedagoglarda innovatsion yondashuvning qaror topishi ham murakab jarayon bo’lib, u bir necha bosqichda kechadi. Ya’ni:
1-bosqich: tayyor metodik tavsiyanoma (mavjud innovatsiya)lardan
foydalaniladi.
2-bosqich: mavjud tizimga yangi g’oyalarni, metodlarni kiritadi.
3-bosqi: yangi g’oyani amalga oshirish mazmuni, shakl va metodlarini tizimlashtiradi.
4-bosqich: pedagog o’qitish va tarbiyalashga oid o’z kontseptsiyasi yoki metodikasini yaratadi.
Yüklə 22,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin