1-Mavzu: Zamonaviy ta'lim texnologiyalari Reja



Yüklə 22,95 Kb.
səhifə3/4
tarix15.06.2023
ölçüsü22,95 Kb.
#130515
1   2   3   4
1-ma\'ruza.Zamonaviy ta\'lim texnologiyalari

3. Dasturlangan dars- asosan maxsus dars asosida kompyuter yordamida amalga oshiriladi. Dasturlangan darslar oldindan tuzilgan loyihalar asosida amalga oshiriladi. U o’quv jarayoni boshqaruvini qulylashtiradi. Bunday turdagi darslarda pirovard natijalar oldindan rejalashtiriladi. Dasturlangan darsning qulayligi shundaki, unda o’quvchining o’qitish materiallarini o’zlashtirib olayotganligini doimiy, ketma-ket kuzatib, nazorat etib borishga imkon yaraladi.Natijada uning qiziqish, intilishlari so’nmaydi, o’quvchida
bo’lgan intilish saqlanib qoladi.
4. Kompyuterli darslar – o’quv jarayoni yangi zamonaviy, yuqori darajadagi yutuqlarga suyangan holda didktikaning so’nggi texnologiyalari asosida tashkil etiladigan darslardir. Bunday darslar o’quv materiallarini tez, soz o’zlashtirish imkonini beradi. Agar kompyuter maxsus dasturlar bilan ta’min etilsa, o’quv jarayoni samarali kechadi. O’quv jarayonini olib borish, nazorat etish, natijalarini korreksiya qilish, boshqarish, kerakli ma’lumotlarni to’plab borish oson kechadi.
5. Nostandart darslar. Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda nostandart darslar va ulardan foydalanish haqida tez-tez fikr yuritilmoqda. Nostandart darslarning bosh maqsadi o’quvchilarning bilish jarayoniga, o’quv mehnariga qiziqish, hohish-istaklarini ko’zlash orqali o’quvni tshkil etishdir. Bunday darslarni maqsadi, vazifasi, o’tish meto’dikalariga ko’ra nomlash mumkin.
Masalan:
1. “G’arq bo’lish”
2. Musovboqa darslar
3. Teatrlashtirilgan darslar
4. O’zaro bir birini o’qitish darslari
5. Sud darslari
6.Ko’rik tanlov darslari v. h. k
Hozirgi kunda Ta’limda zamonaviy texnologiyalar ko’payib bormoqda. Bu o’z navbatida o’qituvchlarning ishlarini osonlashtirib, faqatgina zamonaviy texnologiyalarni farqini ajratib olishlari lozim bo’ladi. XX asrning oxirlarida O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida 4 xil zamonaviy texnologiyalar mavjud bo’lib, jarayonga qarab almashib turishi bilan farq qiladi. Ta’limda zamonaviy texnologiyalarga ta’rif berishdan oldin texnologiyaning o’ziga ta’rif berishimiz lozim
Texnologiya- grekcha so’zdan olingan bo’lib, texnos so’zidan olingan bo’lib, mahorat, san’at degan ma’nolarni beradi.
Ta’limda zamonaviy texnologiyalarning birinchi shakli pedagogik
texnologiyalarda namoyon bo’ladi
Pedagogik texnologiya birinchi bo’lib, Kembirdj universitetida XX
asrning 30 yillarida paydo bo’lgan. Pedagogik texnologiya har bir qilanadigan
jarayonni o’quvchiga qaratilgan kichik bir usullarni (Ko’rgazmali, savoljavob, bahs-munozara) ko’rinishidagi usullarni nazorat qilgan.
Zamonaviy pedagogik texnologiya- Usullar va texnik vositalar majmuasidir. XX asrning 50-yillarida fan texnikaning rivojlanishi hamda kompyuter asri boshlanishi bilan bog’liq bo’lib, Tensilvaniya universitetida amalga oshirilgan. Pedagogik texnologiyadagi usullarga olimlar tomonidan qo’llanishiga qarab nomlashgan.
Innovatsion texnologiya-Innovatsiya inglizcha so’zdan olingan bo’lib, innovasion yangilik, yangilik kiritish ma’nosini bildiradi va bu texnologiyada
o’quvchilar o’z bilimlarini yaqqol namoyon qiladilar.
O’qituvchining vazifasi
1. Kuzatish
2. Nazorat qilish
3. Baholash
Innovatsion texnologiyalar XX asrning 70-80 yillariga to’g’ri keladi va Vashington universitetida qo’llanilgan.
“Innovatsion ta’lim texnologiyalari” tushunchasining mazmuni.
Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda(“innovation”) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa
tushuncha negizida “innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o’zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi. Innovatsiyalarning asosiy ko’rinishlari quyidagilar sanaladi:
- yangi g’oyalar;
- tizim yoki faoliyat yo’nalishini o’zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan’anaviy yondashuvlar;
- odatiy bo’lmagan tashabbuslar;
- ilg’or ish uslublari.
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki o’quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar. Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979 yilda “Rim klubi”da qo’llanilgan.
Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular:
1.
Faoliyat yo’nalishiga ko’ra: pedagogik jarayonda yoki ta’lim tizimini boshqarishda qo’llaniladigan innovatsiyalar.
2.
Kiritilgan o’zgarishlarning tavsifiga ko’ra: radikal,
modifikatsiyalangan hamda kombinatsiyalangan innovatsiyalar.
3.
O’zgarishlarning ko’lamiga ko’ra: tarmoq (lokalь), modul va
tizim innovatsiyalari.
4.
Kelib chiqish manbaiga ko’ra: jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o’zlashtirilgan innovatsiyalar. Ta’lim tizimida yoki o’quv faoliyatida innovatsiyalarni qo’llashda
sarflangan mablag’ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko’zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o’zgaruvchan mexanizmga ega bo’lishi zarur.
Barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to’g’risida so’z yuritiladi.
Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo’lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o’zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma’lum kontseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o’zgartirishga xizmat qilsa, u holda u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi. Ta’lim innovatsionlari quyidagi
o’zgarishlarga olib keladi
(I.P.Podlasыy):
- pedagogik tizimning tamomila o’zgarishi;
- o’quv jarayonining o’zgarishi;
- pedagogik nazariyaning o’zgarishi;
- o’qituvchi faoliyatining o’zgarishi;
- o’quvchi (talaba) faoliyatining yangilanishi;
- pedagogik texnologiyaning o’zgarishi;
- ta’lim mazmunining yangilanishi;
- o’qitish shakl, metod va vositalarining o’zgarishi;
- ta’lim tizimi boshqaruvning o’zgarishi; ta’lim maqsadi va natijalarning o’zgarishi.
Pedagogning innovatsion faoliyati. Innovatsion faoliyat – yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g’oyalarning mavjud g’oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat. Innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi
texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat.
Pedagogning innovatsion faoliyati:
-

Yüklə 22,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin