1. Mehnat muhofaasi qonunlarini nazorat qilish


Nazoratning ikkinchi bosqichi



Yüklə 22,93 Kb.
səhifə4/7
tarix24.12.2022
ölçüsü22,93 Kb.
#77738
1   2   3   4   5   6   7
MS mus ish

Nazoratning ikkinchi bosqichi: har haftada javobgar rahbar xodim kasaba uyushmasi xodimi bilan birga nazoratni amalga oshiradi. Ushbu nazorat bo‘lim (sex boshlig‘i) boshlig‘i va mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil boshchiligidagi komissiya oyiga kamida 2 marta o‘tkazadi. Komissiya tarkibiga: sexning texnik xizmat boshliqlari, korxonaning mehnat muhofazasi bo‘limining muhandisi va sexga biriktirilgan tibbiy xodim kiradi.
Nazorat jadvali sex mehnat muhofazasi vakili bilan kelishilgan holda sex boshlig‘i tomonidan o‘rnatiladi va hamma bo‘lim boshliqlarining qo‘liga beriladi. Тekshirish natijalari ikkinchi bosqich nazorati jurnaliga yoziladi va sex boshlig‘ida saqlanishi lozim. Komissiya a’zolari chora-tadbirlar ishlab chiqadi, sex boshlig‘i esa bajarish vaqtini va bajaruvchi shaxslarni belgilaydi.
Nazoratning uchinchi bosqichi: korxonaning rahbari yoki bosh muhandisi va kasaba uyushmasining vakili rahbarligidagi komissiya yordamida har kvartalda amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari, kasaba uyushmasidagi mehnat muhofazasi bo‘yicha komissiyaning raisi, texnik xizmat ko‘rsatish rahbarlari, texnik nazorat rahbarlari va korxonaning gazdan saqlanish xizmatining boshlig‘i kiradi.
Nazoratga mehnat muhofazasi bo‘yicha vakilni jalb qilish tavsiya qilinadi. Тekshirish natijalari bo‘yicha “Dalolatnoma” tuziladi va bir hafta ichida kasaba uyushmasining faol ishtirokidagi yig‘ilishda muhokama qilinadi. Yig‘ilishni bayonnoma yozish bilan olib borish va unda kamchiliklarni yo‘qotish bo‘yicha chora-tadbirlarni kim tomonidan bajarilishi va sanasi belgilanishi lozim. Ko‘zda tutilishi zarur hollarda korxona rahbari tekshirish natijalari bo‘yicha buyruq chiqaradi. Mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan nazorat qilish va tekshiruv o‘tkazish Mehnat kodeksining 223-moddasida, hamda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning IV-bo‘limida keltirilgan.
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari korxonalarda mehnatni muhofaza qilishning me’yor va qoidalari rioya etilishi ustidan jamoat tekshiruvini o‘tqazadilar. Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Korxonada nazoratning natijalari mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat o‘rnatilishini va ularning darajasini mumkin qadar kamaytirishni tashkil etish to‘g‘risida mehnat jamoalarini xabardor qilish ma’muriyat tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonada mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash yuzasidan ma’muriyat bilan xodimlarning o‘zaro majburiyatlari jamoa shartnomasi yoki bitimida ko‘zda tutiladi.

Yüklə 22,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin