1. Mehnat muhofaasi qonunlarini nazorat qilish


Kasaba uyushmalarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va vazifalari



Yüklə 22,93 Kb.
səhifə5/7
tarix24.12.2022
ölçüsü22,93 Kb.
#77738
1   2   3   4   5   6   7
MS mus ish

Kasaba uyushmalarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va vazifalari. Mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo‘lish va bu manfaatlarni himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning saylab qo‘yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar amalga oshirishi mumkin, bu organlarni saylash tartibini, ularning vakolatlari muddati va miqdor tarkibini mehnat jamoasining yig‘ilishi belgilaydi. Хodimlar vakillik qilishni hamda o‘z manfaatlarini himoya etishni ishonib topshiradigan organni o‘zlari belgilaydilar. Korxonada vakillik organlari korxonadagi kasaba uyushmalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi lozim.
Kasaba uyushmalarining va ulardagi saylab qo‘yiladigan organlarning davlat, ishlab chiqarish organlari, korxona bilan o‘zaro munosabatlaridagi huquqlari qonuniy hujjatlar asosida shartnomalarda ko‘rsatiladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan o‘zaro munosabatlarda korxonalar manfaatlarini ifoda etish yo‘li bilan xo‘jalik va mehnatga oid munosabatlar sohasida ularning huquqlari himoya qilinadi.
Kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organi, o‘zlarini vakil qilgan xodimlar nomidan muzokaralar olib borish, jamoa shartnomasiga, jamoa kelishuviga o‘zlarini vakil qilgan xodimlarning manfaatlarini himoya qiluvchi hujjatlarni imzolash huquqiga haqlidir.
Jamoa shartnomasi kelishuvini tuzish, o‘zgartirish va to‘ldirish uchun ish beruvchi, ish beruvchilar birlashmasi (ularning vakillari) bilan kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o‘rtasida muzokaralar olib boriladi. Korxona, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatga oid takliflar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borishlari ko‘zda tutiladi.
Kasaba uyushmalari “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasiga binoan, korxonadagi xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini himoya etish bo‘yicha quyidagilarni amalga oshirishlari belgilab qo‘yilgan:
− kasaba uyushmalari xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini qonun hujjatlariga muvofiq himoya qiladilar;
− kasaba uyushmalari mehnatni muhofaza qilishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va kelishib olishda belgilangan tartibda ishtirok etadilar;
− kasaba uyushmalari ishlab chiqarish vositalarini sinash va foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (ТMEK) majlislarida ishtirok etadilar;
− xodimlarning sog‘lig‘iga mehnatda mayib bo‘lish oqibatida yoki o‘z mehnat vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zarar qoplanishi uchun hamda ularning sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlari kamsitilgan boshqa hollarda kasaba uyushmalari o‘z tashabbusi bilan yoki xodimlarning arizalariga binoan ularning huquqlarini himoya qilib, da’vo arizalari bilan sudga murojaat etishlari mumkin.
Korxonada mehnat muhofazasining me’yoriy hujjatlari qoidalari talablari buzilish holatlari nazorat organlari tomonidan aniqlansa, aybdor ishchi xodimlar turli javobgarlikka tortiladilar.



  1. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunlarni, me’yor va qoidalar talablarini buzganlik uchun javobgarliklar

Respublikamizda mehnat muhofazasiga oid qonunlar, me’yoriy hujjatlar korxona ishchi-xizmatchilarining mehnat vazifalarini bajarishlarida huquq va majburiyatlarini belgilagan holda ularning sog‘lig‘iga, hayotiga ziyon yetmasligini ta’minlashga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi “Mehnat kodeksi” (ХI, XII bob) va “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun (V bo‘lim) talablariga binoan korxonalar rahbar va ma’muriy texnik xodimlari, ishchi-xizmatchilari mehnat muhofazasiga doir qonunlarni buzganlarida turli javobgarlikka tortiladilar. Javobgarlik korxonada ish beruvchining va ishchi xodimlarning qanaqa mehnat intizomi, mehnat shartnomalari, mehnat muhofazasi bo‘yicha qonun-qoidalarni buzganliklariga qarab belgilanadi. Хavfsizlik qoidalari buzilganda tortiladigan javobgarliklarning quyidagicha turlari mavjud: intizomiy; ma’muriy; jinoiy; moddiy.

Yüklə 22,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin