1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi


-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlar



Yüklə 58,46 Kb.
səhifə14/19
tarix03.06.2023
ölçüsü58,46 Kb.
#124272
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
2 bob 1 reja

27-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlar
Tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, ruhiy, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlar (bundan buyon matnda maxsus markazlar deb yuritiladi) tashkil etishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-sonli “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 1-bandi.
28-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni maxsus markazlarga joylashtirish
Zo‘ravonlik fakti mavjud bo‘lgan taqdirda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining boshpana berish to‘g‘risidagi talabi bo‘yicha tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning maxsus markazlarga joylashtirilishini ta’minlaydi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini maxsus markazga joylashtirish uning xohishiga ko‘ra o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatga amalga oshiriladi. Zarurat bo‘lgan taqdirda bu muddat maxsus markazning ustavida belgilangan tartibda uzaytiriladi. Maxsus markazga joylashtirish muddati tugagach, agar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga nisbatan xavf mavjud bo‘lsa, maxsus markaz ma’muriyati bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi maxsus markazga joylashtirilgan taqdirda, uning ish joyi saqlab qolinadi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining maxsus markazda bo‘lish vaqti uni ta’lim muassasasidan mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborganligi munosabati bilan chiqarish uchun asos bo‘lmaydi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar tazyiq o‘tkazganlikda va zo‘ravonlik sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsdan undirilishi mumkin.
29-modda. Zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini tuzatishga qaratilgan tadbirlar
Zo‘ravonlik takroran sodir etilishining oldini olish hamda zo‘ravonlikdan jabrlanganning xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaxsning zo‘ravonlikka moyil xulq-atvorini o‘zgartirishda unga ruhiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tadi.
Zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tishi tartibi to‘g‘risida nizom.

Yüklə 58,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin