elektr manbai bilan ta'minlash bloki),
yumshoq disk qurilmasi
(FDD-Floppy Disk
Driver),
qattiq disk qurilmasi
(HDD - Hard Disk Driver),
faqat o`qish uchun
mo`ljallangan lazer disk qurilmasi
(CD ROM - Compact Disk Read Only
Memory),
shinalar, modem
va boshqa qurilmalar. Sistema
blokiga uning parallel
(LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko`plab tashqi qurilmalarni ulash
mumkin.
Mikroprosessor.
Mikroprosessor kompyuterning
amal bajaradigan qismi
bo`lib,
u
ma'lumotlarni
berilgan
programma
asosida
qayta
ishlaydi.
Xotira.
Xotira kompyuterda programmalar va berilganlarni, amal
natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari ko`p: tezkor, doimiy, tashqi,
kesh,
video
va
boshqalar.
Tezkor xotira
kompyuterning muhim qismi bo`lib,
protsessor undan
amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani
yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor
xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yo`q bo`lib ketadi.
Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu programmalar majmuini ishlata olish
mumkin.
Doimiy
xotira.
Kompyuterlarda
berilganlar
unga
avvaldan
joylashtirilgan
doimiy xotira
(BIOS-Basic Input - Output System - kiritish
chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o`qish mumkin.
Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory-faqat o`qish uchun) deb ataladi.
Kesh xotira
.
Kesh xotira
kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun
ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib,
uning
yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez
bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning ko`proq ishlatiladigan qismi
nusxasini kesh xotirada saqlab turadi.
Videoxotira.
Videoxotira
monitor
ekraniga
video
ma'lumotlarni
(videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi.
Shuni aytish lozimki,
videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko`p joy egallaydi. Shuning
uchun video xotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi albatta.
Videoxotiraning
1
Mbaytdan
kam
bo`lmagani
yaxshi.
Dostları ilə paylaş: