Oqimli printerlar . Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni
purkash yo`li bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli
ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo`lib, ularning-kamchiligi siyohining
tez tamom bo`lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez,
grafik
tasvirlarni
esa
sekinroq
chop
etadi.
Lazer printerlar . Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi
printer
hisoblanadi.
Ular
rangli
va
rangsiz
bo`ladi.
Bunday printerlarning andozasi sifatida HEWLETT-PACKARD (HP) firmasi
chiqaradigan HP LaserJet rusumli printerlar qabul qilingan. Lazer printerlarda
chop etish juda qulay bo`lib, u tez (minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) chop etishi
mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan balandroqdir.
Uning bir kamchiligi - unda ishlatiladigan toner rang va kartridjning tez
almashtirib turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi.
Albatta bu raqam tejab ishlatishga bog`liq albatta. Shuning uchun lazer printerda
chiqarilgan nusxani kseroks orqali ko`paytirish maqsadga muvofiqdir.
Modem . Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib,
uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma'lumotlarni uzluksiz
(demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi
kompyuterlararo
aloqani
o`rnatishdir.
U
o`zining
kommunikatsion
programmalariga ega bo`lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga
ma'lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi
mumkin.
Skaner : Skaner-matn,
grafika,
tasvirlarni
kompyuterga
kiritishni
avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. U hozir asosan rangli ko`rinishda
chiqarilayapti. Uning andozasi sifatida HP (Hewlett Packard) firmasi ishlab
chiqaradigan
HP
Scanjet
rusumli
skanerlar
qabul
qilingan.
Uning asosiy xarakteristikasi ma'lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo`lgan rangda
(xususan qora rangli) va ko`rinishda chiqarish qobiliyatidir. Ushbu tasvirlash
qobiliyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni orqali
belgilanadi.