Mexatronika bo`yicha birlamchi ilmiy maqolalar 1970-yillar oxirlarida Yaponiyada chop qilina boshlandi. Bu maqolalar asosan kompyuter yordamida boshqariladigan avtomatikaning aniq ishlaydigan sistemalari haqida edi. 1983 yildan xalqaro “Mexatronika” jurnali chop etila boshlandi.
Dunyoda boshqariladigan va aniq ishlaydigan elektrdvigatellar ishlab chiqarish rivojlanib borgani sabab, 1982 yilda “Yaskawa Electric” kompaniyasi “Mexatronika” savdo belgisidan voz kechadi va bu atama cheklovlarsiz qo`llanavera boshladi.
1984 yilda Yaponiyaning muhandis-mexaniklari jamiyati (Nixon Kikay akkay) tomonidan “Gixodo” nashriyotida etti tomlik mexatronikaga bag’ishlangan nashr chiqardi. (Мехатроника: Пер. с япон. / Исин Т., Симояма И., Иноуэ Х. и др. – М.:Мир, 1988. – 318 с.). Shundan keyin “Mexatronika” ilmiy hamjamiyatda fan sohasi sifatida tan olindi.
1985 yilda AQSHda Kaliforniya Universitetida mexatronika ilmiy markazi ochildi. Bu markazga 20 taga yaqin istiqbolli ilmiy ishlanmalar bilan shug’ullanayotgan kompaniyalar a`zo bo`ldi.
Rossiyada va hozirgi hamdo`stlik mamlakatlarida mexatronika bo`yicha ishlar 1980-yillardan boshlab, asosan, kosmos va harbiy maqsadlarda olib borildi.
Mexatronika yaratilish bosqichida, bugungi kunda uning bazaviy terminologiyasi hali oxirigacha yaratilmagan. Shuning uchun mexatronika fanining maqsadini keng va tor (maxsus ) ma’noda ko`rib chiqish maqsadiga muvofiq.
• “The word, mechatronics is composed of ”mecha” from mechanics and “tronics” from electronics. In other words, technologies and developed products will be incorporating electronics more and more into mechanisms, intimately and organically, and making it impossible to tell where one ends and the other begins.”
“Mexatronika” so`zi “Mexa” mexanikadan va “Tronika” elektronika so`zlari yig’masidan iborat. Boshqacha qilib, aytganda, ishlab chiqiladigan texnoligiyalar va mahsulotlarda elektronika mexanizmlarda organik ravishda mukammal qo`llaniladi va qaysi biri qayerda tugashi va boshqasi boshlanishini aniqlash mumkin bo`lmay qoladi. – T. Mori, “Mechatronics,” Yaskawa Internal Trademark Application Memo, 21.131.01, July 12, 1969.
• “Integration of electronics, control engineering, and mechanical engineering.”
Elektronika, o`lchov-nazorat texnikasi va mashinasozlikning integratsiyasi. – W. Bolton, Mechatronics: Electronic Control Systems in Mechanical Engineering, Longman, 1995.
• “Application of complex decision making to the operation of physical systems.”
Fizik tizimlari ishlashi uchun kompleks qaror qabul usulini qo`llash – D. M. Auslander and C. J. Kempf. Mechatronics: Mechanical System Interfacing, Prentice-Hall, 1996.
• “Synergistic integration of mechanical engineering with electronics and intelligent computer control in the design and manufacturing of industrial products and processes.”
Sanoat jarayonlari va mahsulotlarini loyihalash va ishlab chiqarishda mashinosozlikni elektronika va intellektual komp’yuter nazorati bilan sinergetik integratsiyalash. – F. Harshama, M. Tomizuka, and T. Fukuda, “Mechatronics-what is it, why, and how?-and editorial,” IEEE/ASME Trans. on Mechatronics, 1(1), 1-4, 1996.